Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37

 56
 
 
 
 
 
22-rasm: Ildiz tiplari: 
              A-ipsimon ildiz,Б-urchiqsimon ildiz,B- ildiz meva 
              Г-oq ildiz, D- popuk ildiz 
 
 


 57
   
 
23-rasm.Piyoz ildizining uzunasiga kesimi:A-ildiz tukchalari(shimuvchi 
zona),Б-o'suvchi zona,B-bo'linuvchi zona,Г-ildiz gilofi,a-epiblema 
 


 58
 
 
 
 
 
24-rasm-Gulsapsar ildizning kondalang kesimi: 
1-epiderma,2-ekzoderma,3-postloq parenximasi,4-endoderma,5-otkazuvchi 
xujayra, 
6-pericikl,7  -yogochlik,8-lub 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1.Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi deganda nimani tushunasiz? 
2.Ildiz qanday zonalardan tuzilgan? 
3.Ildizning birlamchi anatomik tuzilishida qanday to‘qimalar ishtirok etadi? 
4.Yon ildizlar qaysi to‘qimadan hosil bo‘ladi? 
 


 59
9-MAVZU: ILDIZNING IKKILAMShI ANATOMIK TUZILIShI. ILDIZ 
MЕTAMORFOZI. (SABZI, TURP, LAVLAGI MISOLIDA). 
 
MAVZUNING MAQSADI: Ikki pallali o‘simliklar ildizning ko‘ndalang 
kesmalari asosida ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishini, sabzi, turp, lavlagi ild-
izmevasi tuzilishi misolida ildiz metamorfozini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: rasmlar, jadvallar, mikroskop, mayda asboblar, 
floroglyutsin, xlorid kislota, qovoq ildiz, sabzi, turp, lavlagi ildizmevasi va doimiy 
preparatlar. 
UMUMIY TUShUNShA: Bir pallali o‘simliklar ildizining dastlabki 
(birlamchi) anatomik tuzilishi o‘suv davrining oxirigacha saqlanib qoladi. Ochiq 
urug‘li va ikki pallali o‘simliklar ildizlarida esa ikkilamchi anatomik tuzilishga 
o‘tish kuzatiladi. Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishiga o‘tish kambiy 
to‘qimasining hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. 
ISh TARTIBI: Oldindan fiksatsiyalab qo‘yilgan ildizdan yupqa  ko‘ndalang 
kesmalar kesib, floroglyutsin va xlorid kislotada ishlov beriladi. Tayyor bo‘lgan 
preparatni, mikroskopda ko‘rsak quyidagilar ko‘rinadi. Ildiz markazini birlamchi 
ksilema elementlari egallaydi. Ksilema nurlari orasidagi parenximatik hujayralar-
dan tuzilgan radial nurlar, ular orasida esa ikkilamchi ksilema joylashgan bo‘ladi. 
Ikkilamchi ksilema atrofida o‘zaro zich joylashgan hujayralar ko‘rinadi. Bu hujay-
ralar kambiy bo‘lib, tashqi tomondan ksilemani o‘rab turadi. 
Dastlab kambiy ksilema va floema orasidagi parenxima hujayralardan, 
keyinchalik ksilema nurlari to‘g‘risida joylashgan, peritsikl hujayralaridan shaklla-
na boshlaydi. Natijada ko‘ndalang kesmada kambiy halqasi ko‘rinadi. Kambiy hu-
jayralari tangental bo‘linishi hisobiga tashqi tomonga ikkilamchi floemani, ichkari 
tomonga esa ikkilamchi ksilemani hosil qiladi. Kambiy xalqasi hujayralari 
ikkilamchi floemaga nisbatan ikkilamchi ksilemani ancha ko‘p hosil qiladi. Shu 
bilan birga ikkilamchi ksilema orasida joylashgan radial nurlar deb ataluvchi 
parenxima hujayralari ham vujudga keladi. Bu hujayralar oziq moddalarni ildiz 
chetidan markazga yoki aksincha markazdan chetki qismlarga o‘tishini ta'minlaydi. 
Kambiydan tashqari, qolgan peritsikl va po‘stloq parenximasidan po‘kak 
kambiysi – fellogen qavati hosil bo‘ladi. Fellogenning ichki qavati fellodermani, 
tashqi qavatdagi hujayralar esa po‘kakni hosil qiladi. Po‘kak, fellogen, felloderma 
birgalikda ikkilamchi qoplovchi to‘qima – peridermani tashkil qiladi. Fellogen 
(po‘kak kambiysi) hosil bo‘lishi bilan birlamchi po‘stloqning tashqi hujayralari 
nobud bo‘ladi va keyinchalik to‘kilib ketadi. Periderma esa to‘liq ximoya vazifasi-
ni bajaradi.Rasm daftarga ildizning ko‘ndalang kesmasini umumiy ko‘rinishi sxe-
matik tarzda chiziladi va to‘qima nomlari yoziladi. 
Ildiz metamorfozi. Bir qancha o‘simliklarning ildizida zahira oziqqa 
moddalar to‘planadi. Shu sababli o‘simliklar ildizi shakli o‘zgarib yo‘g‘onlashadi. 
Bunday shaklo‘zgarishni ildiz metamorfozi deyiladi. 
(Metamorfoz grekcha “meta” - oraliq, “morfoz”-shakl so‘zidan olingan). 
Bunday ildizlar jumlasiga: ildizmevalar, ildiz tuganaklar va boshqalar kiradi. Met-
amorfozlanish asosiy ildiz, yon ildiz va qo‘shimcha ildizlarda kuzatiladi. Ildizlarn-
ing yo‘g‘on tortishi parenxima hujayralariga bog‘liq bo‘ladi. 


 60
Ikki pallali o‘simliklarning ayrimlarida hayotining birinchi yili asosiy ildiz 
ayrimlarida, esa yon ildizlari yo‘g‘onlashadi va ildiz tuganaklari hosil bo‘lib, za-
hira oziq moddalar to‘playdi. Bu to‘plangan zahira oziq moddalar o‘simlik hayo-
tining ikkinchi yilida gul va meva hosil bo‘lishiga sarf bo‘ladi. 
Ildizmevalar morfologik uch qismdan: bosh, bo‘yin va xaqiqiy ildizdan 
iborat. Ildizmevaning eng yuqori qismi bosh qismi bo‘lib, shakli o‘zgargan qis-
qargan novda hisoblanadi. Unda barg va kurtaklar joylashadi. Ildiz mevaning o‘rta 
ya'ni bo‘yin qismi asosiy ildizdan (masalan, sabzida) yoki gipokotildan (lavlagi, 
turpda) hosil bo‘ladi. Uchki qismi yon ildizdan hosil bo‘lgan qismi xaqiqiy ildiz 
hisoblanadi. 
Sabzi ildizmevasidan tayyorlab qo‘yilgan doimiy mikropre-paratni mikros-
kopda ko‘rilganda, ildiz markaziy qismi nur shaklida birlamchi ksilema va radial 
nurlar parenxima hujayralaridan tashkil topganligi ko‘rinadi. Ular orasida 
elpig‘ichsimon ikkilamchi ksilema joylashgan. Ular parenxima va naylardan ibo-
rat. Undan keyin kambiy xalqasi o‘rnashib, undan tashqari lub parenxima hujay-
ralari bo‘ladi. Kambiy yog‘ochlikka nisbatan lub parenxima hujayralarini ko‘proq 
hosil qiladi. Zahira oziq moddalar mana shu lub parenxima hujayralarida 
to‘planadi. Demak, oziq moddalar sabzi ildizining floema qismida to‘planadi. 
Turp ildizmevasidan tayyorlangan doimiy preparat mikroskopda 
ko‘rilganda, markaziy tsilindr, po‘stloq qismiga nisbatan yaxshi rivojlanganligi 
ko‘rinadi. Shunki kambiy asosan markaziy tsilindr to‘qimalarini hosil qiladi. Turp 
ildizidagi zahira oziq moddalar ikkilamchi ksilemadagi parenxima hujayralarida 
to‘planadi. Shu sababli ksilema turp ildizmevasining asosiy qismini tashkil qiladi 
va sersuv bo‘ladi. 
Turp ildiz mevasining ichki tuzilishi sabzi ildiz mevasinikiga o‘xshashdir. 
Lavlagi ildizmevasi boshqa o‘simlik ildizmevalaridan farq qiladi va 
quyidagicha tuzilgan bo‘ladi. Ildiz markazida ikkita nursimon birlamchi ksilema 
bo‘ladi. Radial nurlar, parenxima hujayralari orasida ikkilamchi ksilema joy-
lashadi. Undan keyin kambiy hujayralarini tashqi qismida ikkilamchi floema 
o‘rnashadi. Ikkilamchi floemaning parenxima hujayralaridan va qisman peritsikl 
hujayralaridan qo‘shimcha kambiy xalqasi paydo bo‘ladi. Uning ichki tomonidagi 
hujayralari bo‘linib, doimiy to‘qimalarni hosil qila boshlaydi, tashqi qavati esa 
ikkinchi qo‘shimcha kambiy bo‘lib qoladi. Shu tariqa bir nechta qo‘shimcha 
kambiy xalqasi hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha kambiylar ildiz chekkasi tomon paren-
ximaga boy floemani hosil qilsa, markaz tomonga to‘rsimon suv naylari bor ksi-
lemani hosil qiladi. 
Rasm daftariga sabzi, turp va lavlagi ildizmevasi ko‘ndalang kesmasining 
sxematik rasmi chiziladi. Rasmda birlamchi va ikkilamchi ksilema va floema, 
kambiy xalqalar (lavlagida) hamda ular hosil qilgan ksilema va floema qavatlari 
ko‘rsatiladi. 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə