Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37

 66
poyaning mikroskopda ko‘rinishi, o‘tkazuvchi bog‘lamlar va undagi barcha 
to‘qimalarni rasmlari chizib oling. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
28-rasm:Terak novdasi: 


 67
A-a-qoltiq kurtak,б-barg orni,в-barg izi,г-chechevichka, 
B-olmaning osuvchi vegetativ va generativ xosil novdasi 
 
 
 
 
 
 
29-rasm: Er usti ozgargan novdalar: a-kurtak, 
Б-tikan ,в-gajak,г-jingalak 
 
 
 
 
 
 


 68
 
30-rasm: Er osti ozgargan novdalar: a-ildizpoya 
б-kartoshka tuganagi ,в-piyozbosh 
 
 
 
 
 
 


 69
 
 
31-rasm:Novdalarning shoxlanishi: 
1-monopodial shoxlanish, 2-simpodial shoxlanish, 
3- soxta  dixaziy shoxlanish,4-dixotomok shoxlanish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 70
 
 
32-rasm:Makkajoxori poyasining tuzilishi: 
A-poyaning katta ob'ektivdadi korinishi, 
Б-poyaning kondalang kesimi va sxemasi: 
1-epiderma,2-sklerenxima, 3-asosiy parenxima
4-yopiq kollateral boglam 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 71
 
33-rasm:Bugdoy poyasining kondalang kesimi: 
A-katta ob'ektivdagi korinishi,Б-poya kondalang kesimi sxemasi: 
1-epiderma,2-mexanik tuqima,3-xlorenxima,4-otkazuvchi  boglam 
5-asosiy parenxima,6-markaziy boshli 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
1.Necha xil poya tiplari bor? 
2.Poyaning birlamchi anatomik tuzilishi deganda nimani tushunasiz? 
3.Bir pallali o‘simliklar poyasida necha xil to‘qimalar uchraydi? 
4.Sklerenxima poyaning qaysi qismida joylashgan bo‘ladi? 
 
11-MAVZU: POYaNING IKKILAMShI ANATOMIK TUZILIShI. G‘O‘ZA 
VA TUT DARAXTINING POYa ANATOMIYaSI. KAMBIY IShI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: G‘o‘za poyasining ko‘ndalang kesmasi aso-
sida ikki pallali o‘simliklar poyasining ikilamchi anatomik tuzilishini va ko‘p yillik 
tut o‘simligi poyasining tuzilishi misolida yillik xalqalarni o‘rganish. 


 72
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, lupa, mayda asboblar, floroglyutsin, 
xlorid kislota, safanin, fiksatsiyalangan g‘o‘za poyasi, glitserin, tut daraxtining 3-4 
yillik poyasini ko‘ndalang kesmasi, doimiy preparatlar, rasm va jadvallar. 
UMUMIY TUShUNShA. Ikki pallali o‘simliklar poyasi yoshlik vaqtda 
birlamchi anatomik tuzilishga ega bo‘lib, keyinchalik ikkilamchi anatomik 
tuzilishga o‘ta boshlaydi. Buning uchun dastlab ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima-
kambiy hosil bo‘ladi. Kambiydan hosil bo‘lgan to‘qimalar ikkilamchi to‘qimalar 
deyiladi. Kambiyning ko‘p yillik faoliyati natijasida ikki pallali va ochiq urug‘li 
o‘simliklar poyasi yo‘g‘onlashadi. 
ISh TARTIBI: G‘o‘za poyasidan ko‘ndalangiga kesib tayyorlangan kesma 
floroglyutsin va xlorid kislotada bo‘yaladi. Poyaning ko‘ndalang kesmasida 
po‘stloq va markaziy tsilindr aniq ko‘rinadi. 
Po‘sti yog‘ochlangan hujayralar qizil rangga bo‘yaladi, yog‘ochlanmagan 
hujayralar esa bo‘yalmaydi. Poya markazini yirik, yupqa po‘stli parenxima hujay-
ralardan iborat bo‘lgan o‘zak egallaydi. O‘zak va yog‘ochlik qismi poyaning 
markaziy tsilindrini tashkil qiladi. 
O‘zak atrofini dastlabki yog‘ochlik o‘rab turadi. Yog‘ochlik (ksilema) 
naylari ingichka cho‘ziluvchan va spiral' shaklida qalinlashadi. Uning diametri 
o‘zakdan uzoqlashgan sari kattalashadi. Birlamchi yog‘ochlikdan keyin kambiy va 
undan hosil bo‘lgan ikkilamchi ksilema joylashib, ular yo‘g‘on, kalta bo‘g‘imli 
bo‘lib, hujayrasining po‘sti to‘rsimon shaklda qalinlashadi. Yog‘ochlik naylari tart-
ibsiz joylashgan bo‘ladi. Ksilemadagi to‘qimalar orasini asosiy parenxima hujay-
ralari to‘ldirib turadi. Ular zahira oziq moddalar to‘playdi. 
Qizil tusga bo‘yalgan ikkilamchi yog‘ochlik chegarasida hujayralari po‘sti 
yupqa kambiy to‘qimasi joylashadi. 
Kambiydan tashqarida ikkilamchi lub, undan keyin birlamchi lub (floema) 
joylashganini ko‘ramiz. Floemada elaksimon nay va yo‘ldosh hujayralar, parenxi-
ma, lub tolalari va skleridlar joylashadi. Bargda hosil bo‘lgan organik moddalar 
elaksimon naylardan pastga harakat qiladi. Elaksimon naylar juda ingichka bo‘lib, 
uning diametri 30 mkm dan oshmaydi. Unda moddalarning harakat tezligi 20-100 
sm maksimall tezligi esa 600 m\saotdan oshmaydi. 
Dastlabki lubdan keyin po‘stloq parenximasi undan keyin kollenxima joy-
lashadi. Poya sirti periderma bilan qoplangan bo‘ladi. Po‘kakning ostki qismida 
po‘kak kambiysi fellogen joylashgan. Bu to‘qima epidermisning eng ostki 
qismidagi hujayralardan hosil bo‘ladi. Fellogen hujayralari tirik bo‘lib, tangental 
bo‘linishi natijasida, po‘kak va fellodermani hosil qiladi. Fellogen tashqariga 
po‘kakni, ichkariga fellodermani hosil qiladi. 
Felloderma tirik bir yoki ikki qavat hujayralardan iborat. U peridermaning 
ichki qavatini tashkil qiladi. Demak, felloderma, fellogen, po‘kak birgalikda peri-
dermani tashkil qiladi. Katta yoshdagi daraxtlarda po‘kak to‘qimasining tashqi 
tomonida ko‘chma qobiq joylashadi. U dastlabki lub, kollenximadan tuzilgan. 
Parenximaning o‘lik hujayralaridan iborat. Po‘kak bilan qoplangan ko‘p yillik 
daraxt o‘simliklarida po‘kak hujayralari orasida yasmiqchalar bo‘ladi. Bular 
o‘simlikni havo almashishini ta'minlaydi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə