Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya


Barglarning novdada joylashishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37

 77
Barglarning novdada joylashishi. Barglar joylanishi ma'lum bir qonuni-
yat asosida ya'ni bir-biriga soya qilmaydigan holda quyidagicha joylashadi. 
1.Ketma-ket joylanish. Novda bo‘g‘imida barglar navbat bilan joylashadi, 
ya'ni spiral holda. Masalan, olma, o‘rik, olcha barglari. 
2.Qarama-qarshi. Bo‘g‘imda ikkita barg bir-biriga qarama-qarshi turgan 
bo‘lsa, bunga barglarning qarama-qarshi joylashishi deyiladi. Rayhon, yalpiz bar-
glari bunga misol bo‘ladi. 
3.Xalqasimon joylanish. Novda bo‘g‘imidan uchta va undan ziyod barg 
chiqqan bo‘lsa, xalqasimon joylashish deyiladi. Bunga elodeya, ruyan, qirqbo‘g‘im 
barglari joylashishini misol qilishimiz mumkin. 
Barg metamorfozi. Ko‘pgina o‘simlik barglari o‘z shaklini turlicha 
o‘zgartirishi mumkin. Ko‘pgina oila vakillarining barglari tikanga aylangan. Masa-
lan kaktus, zirk kabi o‘simlik barglari tikanga aylanib, himoya vazifani bajaradi. 
Ilashib o‘suvchi talaygina o‘simliklarda ko‘pgina barglar jingalaklarga aylangan. 
Jingalagi bor (no‘xot, loviya) o‘simliklar boshqa o‘simliklarga ilashib bargga 
yorug‘ tushishini va poyani tutib turishni ta'minlaydi. Piyozbosh, karam, aloe bar-
glari etli bo‘lib, o‘zida zahira oziqqa moddalarni saqlaydi. Har xil tipdagi 
oddiy,murakkab barglarning joylashishi va shakli o‘zgargan barglarni rasmi chizib 
olinadi. 
BARG ANATOMIYaSI: 
Umumiy tushincha: Barglarning ichki tuzilishi, ular bajaradigan 
funktsiyaga mos keladi. Barglar o‘simlik yashash sharoitiga, moslashuvchi organ 
ekanligini uning gistologik tuzilishidan aniq bilib olishimiz mumkin. Bargning 
ichki tuzilishi ko‘p jihatdan barg plastinkasi shakliga bog‘liq. Ikki pallali 
o‘simliklarning barg plastinkasi keng bo‘lib, ikki qismdan iborat. Barg eti va to-
miri. 
Barg etini tashqi tomondan bir qavatli epidermis hujayrasi o‘rab turadi. 
Bargning ustki epidermis hujayralarining po‘sti ancha tekis, kam tukli, barg 
og‘izchalar soni ham ancha kam bo‘ladi. Epidermis usti kutikula bilan qoplangan 
bo‘lib, bargni quyosh nuridan qizib ketishidan saqlaydi. Ostki epidermis hujayrala-
ri po‘sti notekis qalinlashgan. Barg og‘izchalar soni ancha ko‘p bo‘ladi. Barg 
og‘izchalarning soni o‘simlik turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Masalan: 
g‘o‘za bargining 1 sm
2
 da ostki epidermisida 226000 ta, ustki epidermisida 400ta, 
olmada esa ustki epidermisida barg og‘izchalari uchramaydi, ostki epidermisida 1 
sm
2
 da 29400 tagacha og‘izcha bo‘ladi. Og‘izchalar orqali transpratsiya ( suv 
bug‘lanish) jarayoni amalga oshadi. 
Barg epidermisida ikki xil tuklar uchraydi, oddiy va bezli. Bezli tuklardan 
har xil efir moylari ajralib turadi. Epidermis bargni tashqi muhitdan, suvni 
bug‘latishdan va har xil pato-genlardan himoya qiladi. 
Ostki va ustki epidermis orasida bargning mezofill qavati joylashadi. Me-
zofill ustunsimon va bulutsimon to‘qimalardan iborat bo‘ladi. Ustunsimon to‘qima 
ustki epidermisning ostida unga perpendikulyar joylashadi. Hujayralari zich, xlo-
roplastga boy bo‘ladi. Shu sababdan ular asosan fotosintez vazifasini bajardi. 
Bulutsimon to‘qimalarda dissimilyatsiya (gazlar almashuvi)jarayoni o‘taydi. 


 78
Bir pallali o‘simliklar barglarining mikrokopik tuzilishi ikki pallalilar bar-
glaridan bir muncha farq qiladi. Ularning barglarida ustunsimon to‘qima 
bo‘lmaydi. Hamma hujayralari bulutsimon bo‘ladi. Barg og‘izchalari ustki va ostki 
epidermisda ham nisbatan bir xil miqdorda bo‘ladi. Ustki epidermisda yirik, yupqa 
po‘stli hujayralar joylashib, ularda asosan suv to‘planib turadi. Bu suv o‘simlik su-
vsirab qolgan vaqtda boshqa hujayralarga o‘tib ketadi. Bunda barglar buralib 
trubka hosil qiladi. Bu yirik hujayralaning vazifasi bargni harakatga keltirishdir. 
Shu sababli ham ularni motor hujayralar deb ataladi. Ular bargni quyosh nurida 
qizib ketishdan saqlaydi. Makkajo‘xori bargida mezofill  o‘tkazuvchi bog‘lam 
atrofida ikki qavat bo‘lib joylashadi. 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
G‘o‘za  bargidan bir bo‘lak olib uni marjon daraxti poyasi orasiga olib, un-
dan bir nechta yupqa kesmalar tayyorlanadi. Ulardan birini glitseringa solib va uni 
buyum oynasiga qo‘yib mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘rilsa, bargning 
markaziy tomiri va uning ikki tomonida barg eti ko‘rinib turadi.   
Mikroskopning katta ob'ektivida ko‘rib epidermis hujayralari va ular 
orasidagi barg og‘izchalari soniga  e'tibor bering. Epidermis ostidagi mezofill hu-
jayralari ikki shaklda ekanligini ko‘ring. 
Bargdagi o‘tkazuvchi naylar to‘plamini yaxshiroq ko‘rish uchun kesiklar-
dan birini floroglyutsin va HCl bo‘yab bilan preparat tayyorlang.  
Rasm daftaringizga barg tuzilishi rasmini chizib oling. 
 
 
 
 
 
 


 79
 
 
36-rasm:Barg qirralarining tuzilishi va barg tomirlari: 
1-tekis qirrali,2- oddiy tishchali,3- qosh tishchali, 
4- tosiqsimon,5-arra tishli,6-oyiqsimon,7-parralel tomirlanish, 
9- patsimon tomirlanish,10-panjasimon tomirlanish, 
11- torsimon tomirlanish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 80
 
 
 
 
 
 
37-rasm: Oddiy qiyyilgan barglarning xar xil shakllari: 
1-3-qiyilgan barglar,A-qaychi barg,Б-qiyilgan barg,B-toliq qiyilgan barg 
 
 
 
 
 


 81
 
 
 
38-rasm:Murakkab barglar: 
A-panjasimon,Б-uchtalik,B-juft patli,Г-toq patli, 
Д-ikki marta  patsimon murrakab barg 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə