Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37

 42
ko‘rinadi. Kollenxima hujayralarining po‘sti tsellyulozadan tashkil topgan, xlor, 
rux, yod ta'sirida moviy tusga kiradi. Kollenxima hujayralarini mikroskopda ko‘rib 
rasmi chizib olinadi. 
 
SKLЕRЕNХIMA 
Umumiy tushunicha. Sklerenxima - qalin po‘stli o‘lik prozenxima hujay-
ralaridan iborat mexanik to‘qimadir. Sklerenxima hujayralari prozenximali bo‘lib, 
tolasimon tuzilishda bir necha santimetrga etib ingichka bo‘ladi. Hujayra po‘sti 
yog‘ochlashgan. Hosil bo‘lishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi sklerenximaga 
ajratiladi. 
Birlamchi sklerenxima prokambiy va peretsikldan, ikkilamchi sklerenxima 
kambiydan hosil bo‘ladi. Poyaning po‘stloq qismida joylashgan sklerenxima lub 
tolalari deyiladi. Bu tolalar ko‘pincha peretsikldan hosil bo‘lib, ularning hujayra 
po‘sti ancha vaqtgacha tsellyulozaligicha qoladi, ba'zida yog‘ochlanishi mumkin. 
Kambiydan hosil bo‘lgan yog‘ochlik (ksilema) qismida joylashgan sklerenxima 
yog‘ochlik sklerenximasi yoki libriform deyiladi. Bu sklerenxima hujayralari lub 
tolalariga qaraganda kaltaroq va hujayra po‘sti esa doimo yog‘ochlangan bo‘ladi. 
Zig‘irning ingichka poyasi po‘stlog‘ida bo‘ladigan sklerenximani lub tolalari deb 
ataladi. 
Makkajo‘xori poyasining sklerenxima to‘qimasini o‘rganish. 
ISh TARTIBI. Makkajo‘xori poyasining bo‘g‘im oralig‘idan sirtiga yaqin 
joydan olib, yupqa kesiklar tayyorlanadi. Mikroskopda ko‘rilsa, kesmaning sirt 
tomonida epiderma undan ichkariroqda dastlabki po‘stloq hujayralari hamda bir 
muncha zich joylashgan sklerenxima tolalarini ko‘rish mumkin. Bu tolalar ko‘p 
qirrali yoki dumaloq shaklli qalin po‘stli yog‘ochlangan hujayradan iborat. Mexan-
ik to‘qima xalqasining tagida ko‘p hujayrali yupqa po‘stli parenxima joylashadi. 
Parenxima hujayralari orasida mayda periferik (chetki) o‘tkazuvchi bog‘lamlar 
joylashgan. U sklerenxima bilan o‘ralgan bo‘ladi. Sklerenxima hujayra po‘sti xlor-
tsink ta'siridan ko‘ng‘ir sariq tusga, safranin ta'sirida esa qizil tusga kiradi. 
Sklerenxima to‘qimasini mikroskopda ko‘rib, rasmi chizib olinadi. 
Sklereid hujayralari. Har xil shaklga ega bo‘lgan o‘lik hujayralardan 
tashkil topgan, po‘sti ancha tekis suratda qalinlashgan (kollenximaga xos 
bo‘lmagan ravishda) armatura hujayralari sklereidlar deb ataladi. Sklereidlar 
toshsimon to‘qimalar deb ataladi. Mexanik to‘qima yog‘ochlangan po‘stli paren-
xima hujayralaridan iborat bo‘lib, teshikli naylar ko‘ndalangiga o‘tadi yonma yon 
joylashgan hujayralarning naylari o‘zaro bir-biriga ro‘para keladi. Shuning uchun 
bu hujayralar o‘rtasida yupqa o‘rta to‘siq parda orqali modda almashinish hodisasi 
ancha vaqtgacha davom etib turadi. Keyinchalik bu hujayralar ham o‘lib, bularning 
ichi butunlay bo‘shab qoladi yoki qo‘ng‘ir jonsiz massa bilan to‘lgan bo‘ladi. 
Sklereidlar nok va behi etida, o‘rik, shaftoli, olcha, olxo‘ri danaklarida hamda 
yong‘oq, pista po‘choqlarida uchraydi. Mexanik to‘qima asosan poya sirtida 
(bug‘doy poyasi, qovoq poyalarida)joylashgan bo‘lib, sinishiga eng ko‘p qarshilik 
ko‘rsatadi. Burchakli poyalarda labguldoshlar va boshoqdoshlar oila vakillarida 
mexanik to‘qima qirra bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Mexanik to‘qima ildiz 


 43
markazida joylashgan bo‘lib, ildizni uzilishiga qarshilik ko‘rsatadi va mustahkam-
ligini ta'minlaydi. 
Nokning hujayrasini o‘rganish. Ish tartibi. Nok mevasining yumshoq 
etida qattiq sarg‘ish rangli dumaloq donachalar bo‘ladi, ana shu tuzilmalar bir 
necha qattiq holga kelgan toshsimon hujayralardir. Tekshirish uchun nok mevasi 
etidan lantsetda ozgina olib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi va 
qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Biroz bosib toshsimon hujayra eziladi. Bunga 
floroglyutsin bilan xlorid kislota tomizilsa, toshsimon hujayralar biroz vaqt 
o‘tgach, qizil tusga kiradi. Nok mevasining eti esa rangsizligicha qoladi. Bu hol 
totshsimon hujayra po‘sti yog‘ochlanganligini ko‘rsatadi. Mikroskopda dastlab 
kichik ob'ektivda, keyin katta ob'ektivda ko‘riladi va rasmi chiziladi. 
 
O‘TKAZUVShI TO‘QIMALAR. 
 
Umumiy tushuncha; O‘tkazuvchi to‘qimalar suvda erigan mineral modda-
larni  va bargda hosil bo‘lgan organik moddalarni o‘simlik tanasi bo‘ylab o‘tkazish 
vazifasini bajaradi. Suvda erigan mineral moddalar ildiz orqali shimib olinib poya 
va bargga uzatiladi. Bu yuqoriga ko‘tariluvchi oqim deyiladi. Fotosintez na-
tijasida barglarda hosil bo‘lgan organik moddalar poya orqali ildizga tomon hara-
kat qiladi, boshqa organlarga tarqaladi, bir qismi zahira modda sifatida meva, 
urug‘, tuganakda, ildizda to‘planadi. Bu pastga tushuvchi oqim deyiladi. Poyadagi 
yog‘ochlikni –ksilema, lubni- floema deb ham yuritiladi. Yog‘ochlik to‘qimasi suv 
va unda erigan mineral tuzlarni poya orqali bargga o‘tkazadi, lub esa organik 
moddalarni bargdan poya orqali pastga ildizga o‘tkazadi. Suvni o‘tkazadigan 
yog‘ochlik elementlari ochiq urug‘li o‘simliklarda traxeya va traxeidlar deb ata-
ladi. 
Traxeya –o‘simlikning butun bo‘yi bo‘ylab o‘tgkan ichi bo‘sh yaxlit 
naydan iborat. Bular bo‘yiga cho‘zilib ketgan va ichidagi moddalari yo‘qola 
boshlagan qator vertikal hujayralardan tashkil topgan. Gorizontal to‘siqlar esa erib 
ketgan bo‘ladi. Hujayralardagi vertikal devorchalarning po‘sti to‘r, xalqa, spiral', 
narvonsimon shaklida qalinlashadi, mayda teshikchali yaxlit uzun nay hosil qiladi. 
Traxeidlar-parenximali hujayralarning cho‘zilishi hamda ularning in-
gichkalashgan uchlarining hujayralar orasiga kirishi natijasida paydo bo‘lgan pro-
zenxima hujayralaridan iboratdir. Traxeid hujayralarning devorchasi ham qalin-
lashgan. Bu qalinlashish spiral', xalqasimon, narvonsimon va teshikchali bo‘ladi. 
Traxeidlar traxeya naylar orasida uchraydi. Nina bargli o‘simlikning yog‘ochligi 
traxeiddan iboratdir, bu hujayralarning radial devorchalarida juda ko‘p hoshiyali 
teshikchalar bo‘ladi. 
Organik moddalarni pastga o‘tkazadigan yupqa devorli lub (floema) 
qismida elaksimon nay va uning yo‘ldosh hujayrasi joylashgan bo‘ladi. Bularning 
hujayrasining po‘sti yog‘ochlanmaydi, tsellyuloza holida qoladi. Yo‘ldosh hujayra 
elaksimon naychadan bo‘yiga bo‘linish yo‘li bilan paydo bo‘ladi. Hujayrasida 
tsitoplazma va yadro hamma vaqt mavjud bo‘ladi. Elaksimon naychalar orasida lub 
parenximasi va lub tolalari sochilgan holda uchraydi. Bular yopiq urug‘li 
o‘simliklarda tushuvchi oqimga xizmat  qiladi. Ko‘tariluvchi oqimga  esa, narvon-


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə