Topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ata- ladi



Yüklə 399,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix13.10.2023
ölçüsü399,64 Kb.
#127470
  1   2   3   4   5
14511 1 E2B9DB3D56C46DBF8CB296A14A7080A519916BB4



veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
29
2022-yil 10-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Tilshunoslik
Ma’lumki, leksema tashqi va ichki jihatdan tashkil 
topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ata-
ladi. Nomema deganda leksemaning moddiy tomoni-
ni tashkil etgan fonemalar hosilasi ‒ nutq tovushlari 
nazarda tutiladi. Masalan, [vatan] leksemasining tashqi 
tomoni v+a+t+a+n tovushlarining yig‘indisidan iborat. 
Manbalarda ta’kidlanishicha, lisoniy birlik moddiylikdan 
xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra leksema ham 
boshqa lisoniy birlik kabi moddiylikka ega bo‘lmasli-
gi lozim. R.Sayfullayeva va boshqa mualliflar tomoni
-
dan nashr etilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi
-
da ushbu masala quyidagicha izohlanadi: “Moddiylik 
so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga ta’sir qiladi
-
gan deya jo‘nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl degan-
da moddiy ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror 
narsa haqida o‘ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi 
qiyofasini tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajra-
tamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi. 
Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ich-
ki nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi 
nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb eta-
di. Demak, ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi 
a’zolaridan tashqarida, unga ta’sir qilmaydigan holatda 
bo‘lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‘zga aylanadi, 
moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema moddiylik kasb 
etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi”.
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema de-
yiladi. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, 
harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlash-
gan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema ‒ lekse
-
maning ichki jihati. Birorta leksemaning sememasi ikkin-
chi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmay-
di. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita 
leksema yo‘q. Yuqorida ta’kidlangan darslikda bu fikr 
quyidagicha asoslanadi: “Bunga ikkita sinonim lekse
-
maning sememasini qiyoslash asosida amin bo‘lishimiz 
mumkin: [Yuz] ‒ inson boshi old tomoni peshanadan 
iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi. 
[Bet] ‒ inson boshi old tomoni peshanadan iyakka
-
cha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi. 
Ko‘rinadiki, birinchi sememadagi “uslubiy betaraf” unsu
-
ri ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi “so‘zlashuv 
uslubiga xos” unsuri birinchi sememada yo‘q. Agar 
semema aynan bo‘lib qolsa, demak, bu ular tavsifida 
noqislik mavjud deyishga asos bo‘ladi. Semema mu-
kammal tavsiflanganda, bu tavsifdanoq ushbu tilni eng 

Yüklə 399,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə