Topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ata- ladi



Yüklə 399,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.10.2023
ölçüsü399,64 Kb.
#127470
1   2   3   4   5
14511 1 E2B9DB3D56C46DBF8CB296A14A7080A519916BB4

Dildora AXMEDOVA,
Buxoro davlat universiteti doktoranti (DSc), 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
SEMANTIK KENGAYTMADA SEMEMA VA UNING TARKIBIY 
QISMLARINI IFODALASH
nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi so‘z qaysi lekse-
ma haqida ketayotganligini ravshan anglaydi”. Demak, 
bu fikrdan shunday xulosa qilamizki, leksemalarning 
sememalarini berishda nihoyatda diqqatli bo‘lish talab 
etiladi. Izohli lug‘atlarda berilgan izohlarni qisqartirish, 
ixchamlashtirish yo‘lidan borib, semalarning izoh si-
fatiga putur yetkazmaslik lozim. Shuningdek, sinonim 
leksemalarning semantik kengaytmasini tuzishda faqat 
havola berish yo‘lidan borish yaxshi natija beravermay-
di; sinonimlarga o‘zaro havola berish bilan cheklanilsa, 
semalar ochilmay qolishi mumkin. Shu sababli seman-
tik kengaytmalarni giperhavola bilan boyitishning aniq 
tamoyillari ishlab chiqilishi kerak.
Yuqorida tilga olingan manbada semalarni izohlash 
masalasiga quyidagicha munosabat bildiriladi: 
“Tilshunoslikda sememani tashkil etuvchi unsur sifati-
da sema ajratiladi. Masalan, [kitob] leksemasi ikki se-
memali bo‘lib, uning bir sememasi “varaqdan tashkil 
topgan, muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holda-
gi davriy bo‘lmagan o‘quv vositasi” bo‘lib, u quyidagi 
tarkibiy qismlardan iborat: 1) varaqlardan tashkil top
-
gan; 2) o‘quv vositasi; 3) davriy bo‘lmagan; 4) bosma 
yoki qo‘lyozma holdagi; 5) muqovalangan. Sememada 
bir sema almashtirilishi bilan u butunlay boshqa se-
memaga aylanib ketishi mumkin. Masalan, yuqoridagi 
“davriy bo‘lmagan” semasini “davriy bo‘lgan” semasiga 
almashtirsak, u o‘z-o‘zidan [jurnal] leksemasining se-
memasi bo‘lib qoladi”. Ushbu fikrlar asoslangan, ularni 
tahlil qilishga ehtiyoj yo‘q. Semantik kengaytmada lek-
semalarning semalarini buzmay, to‘g‘ri aks ettirishda 
aynan ushbu sitatada keltirilgan fikrlarga mutlaqo amal 
qilish lozim. Masalan, (e’tiborsizlik tufayli) semani al
-
mashtirish yoki qisqartirish semantik kengaytmaning 
bosh so‘zi leksemaning barcha semalarini izohlamaslik 
yoki boshqa leksema kabi tasavvur paydo bo‘lishiga 
olib keladi.
Olimlar tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki 
yo‘nalishni farqlashadi: 
a) ichdan yondashuv (ya’ni, sememadan leksema
-
ga); 
b) sirtdan yondashuv (ya’ni, leksemadan semema
-
ga). 
O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha mu-
nosabati turlicha talqin qilinadi. Ayrim mutaxassislar 
semema, ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushun
-
cha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha 


30
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2022-yil 10-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Tilshunoslik
ong, mantiq birligi, semema esa tilga, leksemaga xos 
birlik. Ko‘p holda bir semema bir necha tushunchani 
o‘z ichiga oladi. Jumladan, [o‘rik] leksemasining seme-
masi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi: a) ho‘l 
mevaning bir turi; b) shu mevaning quritilgani; d) shu 
mevani beradigan daraxt. Shunga ko‘ra tushuncha va 
semema o‘zaro hamma vaqt ham mos kelavermaydi. 
Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Ko‘rinadiki, lingvistik belgilardagi 
asimmetriya hodisasi semema va tushuncha muno-
sabatida ham ko‘rinadi. Semantik kengaytma tuzishda 
O‘TILdagi izohlarga tayanamiz. Shu sababli semalar-
ni berishda O‘TILdagi kamchiliklar takrorlanishi tabiiy. 
Ammo mavjud semalarni tashlab ketish, izohlarni ka-
maytirishga yo‘l qo‘yishdan saqlanamiz. Masalan, 
O‘TILda [o‘rik] leksemasining uchta semasi keltirilgan 
bo‘lsa, shu semalarning barchasi alohida sema sifatida 
kiritiladi va ko‘rsatiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, semantik kengaytmaning 
interfeysdagi ko‘rinishi va uni tashkil etuvchi ma’lumot
-
lar bazasi ko‘rinishi farq qiladi. 
Tilshunos Sh.Rahmatullayev faqat sememaga ega 
birlikni leksema sifatida baholaydi: “Biz analiz yo‘liga, 
ya’ni nutqdan tilga borish yo‘liga o‘rganib ketganmiz. 
Albatta, konkret birlikdan (so‘zformadan) abstrakt bir
-
liklarga (so‘zformani tarkib toptiruvchi birliklarga) borish 
oson ko‘chadi. Shu yo‘l bilan borib, so‘zforma tarkibida 
leksik ma’no anglatuvchi qismni ajratamiz va uni lekse
-
ma deb nomlaymiz. Asli leksik ma’no anglatuvchi til bir­
ligiga leksema deyiladi”. Demak, olim leksema talqiniga 
ichdan (ma’nodan) kelib chiqqan holda munosabatda 
bo‘lganligi tufayli nomustaqil birlikni leksema sifatida 
qarashni ma’qul ko‘rmaydi. Bu kabi masalalar korpus 
lingvistikasi uchun nazariy muammo bo‘la olmaydi. 
Zero, korpus lingvistikasi nazariy tilshunoslik yutuqla-
riga tayanadi, umumlashmalardan foydalanadi. Korpus 
lingvistikasi bu – amaliy tilshunoslikdir. Ammo shun-
day muammolar bo‘ladiki, nazariy tilshunoslikda ularni 
yech may turib, korpusga qo‘llab bo‘lmaydi.
Semema tarkibidagi sema bir xil emas. Sema mohi-
yatiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 
1) atash semasi (denotativ sema); 
2) ifoda semasi (konnotativ sema); 
3) vazifa semasi (funksional sema). 
Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi so‘zlovchin-
ing munosabati bilan, vazifa semasi esa leksemaning 
lison va nutqdagi roli bilan belgilanadi. Atash semasi 
leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-pred-
metlik, miqdorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlov-
chi semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-bi-
riga bog‘lab turadi. Masalan, yuqorida keltirilgan [kitob] 
leksemasining barcha semasi – atash semasi. Ushbu 
sema, tabiiyki, semantik kengaytmada aks etadi hamda 
semantik kengaytmaning birinchi qismi bo‘ladi.
Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli 
qo‘shimcha ma’no (uslubiy bo‘yoq, shaxsiy munosabat, 
qo‘llanish doirasi va davri)ni atovchi sema tushuniladi. 
Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema seme-
masini farqlash quvvatiga ega bo‘lgan sema bo‘lib, ular 
ham leksik paradigmada aniqlanadi. Masalan, [aero-
plan] leksemasidagi “arxaik”, [kompyuter] leksemasida
-
gi “neologizm”, [xarseb] leksemasidagi “shevaga xos” 
semasi qo‘llanish davri va doirasini ko‘rsatuvchi ifoda 
semasi. Ifoda semasi kengaytmada maxsus belgi bilan 
ajratib ko‘rsatiladi. Masalan, qo‘llanilish davrini ko‘rsa-
tuvchi pometa, shevaga xosligini ko‘rsatuvchi teglar 
shular jumlasidandir.
Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‘lmagan 
turga ajratiladi. Shu boisdan farqlovchi, muhim ifoda 
semalari ingerent konnotativ sema va muhim bo‘lma-
gan ifoda semalari adgerent konnotativ sema deyiladi. 
Vazifa semasi leksemaning birikuv­biriktiruv (valentlik) 
imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‘rinni egallashini 
bildiruvchi semadir. Masalan, [kitob], [daftar], [maktab], 
[bormoq] kabi leksemalarning valentlik imkoniyati o‘ta 
keng va shu boisdan gapda turli gap bo‘laklari vazifasi-
da keladi. [Qat’iy], [keskin], [moviy], [qizg‘ish] lekse
-
malarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular 
ayrim so‘zlar bilan birika oladi xolos. Yuqoridagilardan 
ma’lum bo‘ladiki, leksemalarning valentlik xususiya
-
ti ham semantik kengaytmadan o‘rin olishi maqsadga 
muvofiq.
So‘z ma’lum predmet yo voqea­hodisa to‘g‘risidagi 
tushunchani ifodalab, real ‒ leksik ma’noni anglatishi 
bilan birga ayni zamonda shu so‘z boshqa kontekst-
da boshqa xil ma’noni bildirib kelishi ham mumkin. 
Masalan, 

Yüklə 399,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə