Topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ata- ladi



Yüklə 399,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.10.2023
ölçüsü399,64 Kb.
#127470
1   2   3   4   5
14511 1 E2B9DB3D56C46DBF8CB296A14A7080A519916BB4

“Singlim, ko‘zguni olib keling”
, degan misolda 
“ko‘zgu” so‘zi o‘zining dastlabki, real (leksik) ma’nosida 
qo‘llanib, oyna haqidagi tushunchani ifodalamoqda.
So‘zning leksik ma’nosi so‘zning to‘g‘ri ma’no
-
si sanaladi. Masalan, quyosh, yulduz ‒ planeta, bu 
ma’nolar quyosh, yulduz, xazina so‘zlarining leksik, 
to‘g‘ri ma’nolari. So‘zning leksik/bosh ma’nosi va uning 
o‘z ma’nosidagi bir (yoki bir necha) semalar semantik 
kengaytmaning asosini tashkil etadi. Semantik kengayt-
mada, birinchi navbatda, so‘zning o‘z ma’nosi keltiriladi. 
Shundan so‘ng, agar mavjud bo‘lsa, ko‘chma ma’nolari 
keltiriladi, ma’lumotlar bazasida buni ifodalovchi teglar 
qo‘yiladi.
Kishilar ishlab chiqarish jarayonidagi, turmush va 
boshqa sohalardagi o‘z tajribalariga tayanib, so‘zlar-
ni o‘xshatish, kinoya, mubolag‘a, sifatlash va boshqa 
usullar bilan xilma­xil ko‘chma ma’nolarda foydalanadi
-
lar. Demak, so‘zning o‘z real, leksik, to‘g‘ri ma’nosidan 
tashqari, o‘xshatish, mubolag‘a yo kinoya kabi usullar 
bilan boshqa ma’nolarda qo‘llanishi so‘zning ko‘chma 
ma’nosi deyiladi. 
Hosila ma’no bir necha yo‘l bilan vujudga kela
-
di: metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik 
kabi. Hosila ma’no to‘g‘ri, bosh ma’nolar asosida paydo 
bo‘ladi. 
Metafora, avvalo, nutq mexanizmi, biror leksema 
denotatining tashqi, zohiriy o‘xshashligi asosida bosh-
qa ma’noni ifodalash uchun ishlatilishi. Metaforik ma’no 
hosil bo‘lishi uchun quyidagilardan biri sabab bo‘ladi: 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
31
2022-yil 10-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Tilshunoslik
1) bir so‘z boshqa so‘zga nisbatan so‘zlovchining 
ifoda maqsadiga ko‘proq mos va muvofiq bo‘ladi, shu­
ning uchun birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llaniladi; 
2) biror denotatning ifodalovchisi bo‘lmaydi va 
ma’lum bir so‘z boshqa denotatni ham ifodalash uchun 
qo‘llanadi. 
Demak, birinchi holda ko‘chirilayotgan so‘z deno-
tatning ikkinchi atamasi bo‘lsa, ikkinchi holda birinchi 
atamasidir. Masalan, “quyi” so‘zi anglatadigan ma’noni 
“etak” so‘zi qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois 
tog‘ning quyi tomoniga nisbatan “etak” so‘zi ishlatilgan. 
O‘zbek tilida dengizdagi o‘ziga xos jo‘g‘rofiy o‘rinning 
nomi bo‘lmaganligi bois “qo‘ltiq” so‘zi unga nisbatan 
ham qo‘llanadi.
Agar bu kabi ma’nolar (O‘TIL) lug‘atda aks ettirilgan 
bo‘lsa, uni semantik kengaytmada belgilab ko‘rsatish 
zarur. Bu kabi ma’nolar O‘TILda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
u holda semantik kengaytmani kengaytirish imkoni 
yo‘q. Odatda, O‘TILda metaforik ma’nolar keltiriladi. 
Buni quyidagi so‘z misolida tahlil qilamiz:

Yüklə 399,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə