Kimyoviy termodinamika va termokimyo asoslari



Yüklə 62,8 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü62,8 Kb.
#139824
  1   2   3   4   5   6   7
kimyoviy termodinamika tushunchalari.termodinamika qonunlari


KIMYOVIY TERMODINAMIKA TUSHUNCHALARI.TERMODINAMIKA QONUNLARI
Reja:


1. Kimyoviy termodinamika va termokimyoning asosiy tushunchalari
2. Тermodinamikaning birinchi qonuni. Ichki energiya
3. Entalpiya
4. Тermokimyo. Gess qonuni
5. Moddalarning yonish issiqliklari
6. Тermodinamikaning ikkinchi qonuni
7. Тermodinamik potensiallar
8. Gibbs va Gelmgols energiyalari
9. Тermodinamikaning uchinchi qonuni

Тermodinamika («termo» grekcha issiqlik, «dinamic» -kuch so’zlaridan kelib chiqqan)-turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga, sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tishini, jarayonlarning o’z-o’zicha borish yo’nalishini va uning chegarasini o’rganuvchi fandir. Тermodinamika asosida uch qonun yotadi. Uning har bir qonuni insoniyatning ko’p yillik kuzatish tajribalariga asoslangan.


Birinchi qonun 1824 yilda S. Karno va uchinchi qonun 1912 yilda Nernst tomonidan kashf etilgan va ta’riflangan.
Quyida umumiy termodinamikaning ba’zi tushuncha va atamalarini eslatib o’tamiz.
Sistema shartli ravishda tashqi muhitdan ajratilgan, bir-biri bilan doimiy ta’sirda bo’lgan moddalar yoki moddalar guruhidir.
Izolirlangan sistema deganda, boshqa sistemalar bilan energiya va modda almashunuvida bo’lmaydigan, demak turg’un energiya va hajmga ega bo’lgan sistema tushiniladi.
Sistemaning holati ma’lum sistemani xarakterlaydigan fizikaviy va kimyoviy xossalar yig’indisidir. Хossalar ikki xil-ekstensiv va intensiv bo’lishi mumkin. Ekstensiv xossalarga sistemaning massasiga bog’liq bo’lgan xossalar-og’irlik, massa, sistemaning hajmi kabilar kiradi. Intensiv xossalarga qiymati sistemaning massasiga bog’liq bo’lmagan xossalar-temperatura, bosim, potensial, molyar hajm, solishtira hajm kiradi.
Sistemaning termodinamik holati termodinamik parametrlarning qiymati bilan ifodalanadi. Тermodinamik parametrlar-temperatura, hajm, bosim va konsentratsiyalardir.
Тermodinamik jarayon termodinamik parametrning o’zgarishi bilan boradigan jarayondir.



Yüklə 62,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə