5-bob. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136294
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu Hujjatlashtirish va inventarizatsiya



5-BOB. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA
5.1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha
Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish 
bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona 
tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan 
vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan 
foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir bo‘lgan har bir 
xo‘jalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz 
hisobga olinishi ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi 
m a’lumotlar korxonada sodir boMadigan xo‘jalik muomalalarining 
ishonchliligini ta’minlaydi.
X o‘jalik 
muomalalarini 
hujjatlashtirish 
korxonani 
operativ 
boshqarishga samarali ta ’sir ko‘rsatadi, boshqaruv xodimlarining o ‘z 
vazifalarini suiiste’mol qilmasdan, vijdonan bajarishini ta’minlaydi.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan 
biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda 
dastlabki qayd qilish va ulaming haqiqatda sodir bo ‘lganligini 
isbotlashdan iboratdir.
Buxgalteriya hujjati - bu xo ‘jalik muomalasi faktining haqiqatda 
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini 
isbotlovchi, 
m as’ul 
shaxslar imzosi 
bilan tasdiqlangan yozma 
guvohlikdir. Hujjatlar x o‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki 
sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ulam ing mazmunini to ‘liq aks ettirishi 
kerak.
Buxgalteriya hisobida hujjatlami tuzish, qabul qilish, saqlash va aks 
ettirish, shuningdek korxonada hujjatlar aylanishi tartibi maxsus 
nizom21da belgilangan.
О z b e k isto n R e s p u b lik a s i A d liy a V a z irlig i to m o n id a n 1 4 .0 1 .2 0 0 4 y ild a 1 2 9 7 -so n b ila n ro 'y x a td a n o 'tk a z ilg a n .
83


Korxonada hujjatlami rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga 
qo‘yilishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o ‘z vaqtida kelib 
tushmasligi va ulami buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini 
istisno qilsin. M azkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli 
nazoratning y o ‘qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar- 
moddiy boyliklaming talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun o ‘tkazilayotgan xo‘jalik muomalalariga doir hujjatlar 
harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter 
tomonidan ham o ‘zaro ikki tomonlama nazorat y o ‘lga qo‘yilishi lozim. 
Buning uchun korxonada hujjatlaming aniq aylanishini yo ‘lga qo‘yish 
va m as’ul ijrochilami ko ‘rsatgan holda hujjatlar aylanmaining turli 
bosqich chizmalar k o ‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish 
kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan 
nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə