5-bob. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

5.2. Hujjatlam ing turlari
Korxonalarda 
sodir 
bo‘ladigan 
muomalalar 
o ‘zlarining 
mazmunlariga ko‘ra har xildir. Hujjatlar o ‘rtasidagi farqlar shuningdek 
ulardan hisob ishlarida foydalanishning xususiyatlari bilan ham 
shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlami buxgalteriya hisobida 
to‘g ‘ri qo‘llash uchun ulami barcha turlarini yaxshi bilib olish kerak 
bo‘ladi. Buning uchun hujjatlami m a’lum bir xususiyatiga qarab 
tasniflash zarur (5.1-rasm).
Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: 
qanday maqsadlarga tayinlanganligi, tuzish tartibi va muomalalami 
qamrab olishligi.
Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish, 
isbotlovchi, 
buxgalteriya 
rasmiylashtiruvchi 
va 
aralash 
(kombinatsiyalashtirilgan) turlarga bo‘linadi.
Farmoyish
deb, u yoki bu xo ‘jalik muomalalarini bajarish 
to‘g ‘risidagi buyruq (farmoyish)ga ega bo‘lgan hujjatlarga aytiladi. 
Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ulaming
84


asosiy vazifasi rahbar xodimlaming topshirig‘i bevosita bajaruvchilarga 
topshirishdan iborat. Ko‘pchilik muomalalar faqat farmoyish hujjatlari 
mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Masalan, navbatdagi ta’til 
uchun ish haqi faqat mazkur xodimni ta’tilga chiqarish haqida buyruq 
bo‘lsagina to ‘lanadi.
5.1-rasm. 
Buxgalteriya hujjatlarining turkumlanishi
85


Farmoyish
hujjatlari xo ‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligini 
tasdiqlovchi faktorlarga ega emas, shuning uchun ular o‘zlaricha 
muomalalami hisobda aks ettirish uchun asos bo‘la olmaydi. Ko‘pincha 
farmoyish m a’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik 
ushbu muomala rasmiylashtiriladi. Bir nechta funksiyaning bitta hujjatda 
bunday birlashtirish aralash (kobinatsiyalashtirilgan) hujjatlami vujudga 
keltiradi.
Isbotlovchi
(yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan 
muomalalami rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar 
sodir bo‘lish daqiqasida tuziladi va ushbu muomalalami hisobda qayd 
qilishning birinchi bosqichini anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi.
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy 
boyliklami rasmiylashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan 
boyliklar to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday 
ishlashi (qo‘l bilanmi yoki hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlaming 
isbotlovchi 
funksiyalarini 
faqat 
muomalalami 
bajarish 
haqidagi 
farmoyishlar unsurlari bilangina emas, balki ulaming buxgalteriya 
rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham birlashib yuritishga harakat 
qilmoqdalar. Shuning uchun ko ‘pchilik xo ‘jalik muomalalari alohida 
isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari,
deb buxgalteriya 
xodimlari tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ulami 
yengillashtirish, 
qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan 
hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - kitoblar (masalan, 
kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya m a’lumotlari va shu kabilar 
kiradi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - 
uskunalami saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish 
xarajatlarini 
taqsimlash 
vedomostini 
keltirish 
mumkin. 
Bu 
vedomostlami tuzish uchun kerak bo‘lgan m a’lumotlar tegishli hujjatlar
86


bilan tasdiqlangan xarajatlami aks ettiruvchi “Umumishlab chiqarish 
xarajatlari” schyotidan olinadi.
Buxgalteriya m a’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan 
boshqa schyotga o ‘tkazish 
kerak bo‘lganda 
schyotni 
yopishni 
rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to ‘g ‘irlash 
hollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p 
uchraydi, shuning uchun shunga o'xshash m a’lumotlami tuzish 
buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri 
amalga oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi 
mazkur muomalani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish 
qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki 
boshqa usul bilan ko ‘rsatiladi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega 
bo‘lmaydi. Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan 
birgalikdagina foydalanish mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini 
osonlashtimvchi 
va 
tayyorlovchi 
texnikaviy 
vosita 
hisoblanib, 
ko‘makchi ahamiyatga egadir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə