5-bob. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya


Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

5.5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning
ahamiyati va turlari
Inventarlashning 
asosiy 
maqsadi 
mol-mulkning 
haqiqatda 
mavjudligini aniqlash, buxgalteriya hisobi m a’lumotlari realligi, 
majburiyatlar hisobda to ‘g ‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan 
qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki 
inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi 
subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan 
(mas’uliyatli saqlanishda b o ig an , ijaraga olingan, qayta ishlash uchun 
olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga 
ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy 
javobgar shaxs bo‘yicha o ‘tkaziladi. Korxonalar va tashkilotlaming mol- 
mulki hamda moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiyalashni o ‘tkazish 
va ulaming natijalarini rasmiylashtirish tartibi 19-son BHMS22da 
belgilangan.
Quyidagi hollarda inventarlash о ‘tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, 
shuningdek, 
davlat korxonasi 
o ‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan 
chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot 
yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o ‘tkaziladigan mol-mulkdan 
tashqari. 4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan BHMSga 
binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta, 5-son “Asosiy
0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik a si A d liy a V a z irlig i to m o n id a n 2 .1 1 .1 9 9 9 y ild a 8 3 3 -so n b ila n r o 'y x a td a n o ‘tk a z ilg a n .
99


vositalar” BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir 
marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Pul m ablagiari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi 
blanklar oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat 
mahsulotlari 

har chorakda, 
qimmatbaho 
metallar - 
tarmoq 
y o ‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab 
chiqarish zaxiralari 
eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda 
inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlami qabul qilish - 
topshirish kunida);
- o ‘g ‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklami ishdan 
chiqarish faktlari aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g ‘ayritabiiy sharoitlar 
yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) 
tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda 
tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash 
jam oa rahbari o ‘zgarganda, jam oadan uning ellik foizdan ortiq a ’zolari 
chiqib ketganda, shuningdek jam oaning bitta yoki bir nechta a ’zosi 
talabi bilan o ‘tkaziladi.
Inventarlashni o ‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 
tarkibida:
- xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o ‘rinbosari 
(komissiya raisi);
- bosh buxgalter;
- boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va 
hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari 
tuziladi.
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo ‘jalik yurituvchi subyektning 
ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
100


Ishlar 
hajmi 
katta 
bo‘lganda 
mol-mulk 
va 
moliyaviy 
majburiyatlami inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:
- inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining 
vakili (komissiya raisi);
- mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish 
yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi 
inventarlash komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va 
birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket 
ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash 
taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining 
shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1- 
ilovaga binoan buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarlashni o ‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a ’zosi 
yo‘q b o isa , bu hoi inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish 
uchun asos bo ‘lib xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari:
- boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini 
o ‘tkazadi, zarurat b o ig an d a o ‘z majlislarida boyliklaming saqlanishi 
masalalari bo‘yicha sex, b o iim , shu’balar rahbarlarining axborotlarini 
tinglaydi;
- inventarlash o ‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash 
komissiyalari a ’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
inventarlash 
to ‘g ‘ri 
o ‘tkazilganini 
nazorat 
tariqasida 
tekshiruvlami amalga oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi 
davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklami 
tanlab inventarlashdan o ‘tkazadi;
- inventarlash natijalari to ‘g ‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar
omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida
101


boyliklami qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini 
tekshiradi;
- zamr hollarda (inventarlashni o ‘tkazish qoidalari jiddiy 
buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo ‘jalik yurituvchi subyekt 
rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlami 
o ‘tkazadi;
- boyliklar kamomadi yoki ulami shikastlashga, shuningdek, 
boshqa buzilishlarga yo ‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlami 
ko‘rib 
chiqadi 
va 
aniqlangan 
kamomadlar 
hamda 
boyliklami 
shikastlashdan ko‘rilgan talafotlami bir izga solish tartibi to ‘g ‘risida 
taklif beradilar.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə