5-bob. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya


Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

5.6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi
Inventarlashni boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:
- inventar varaqchalari, inventar daftarlari yoki ro‘yxatlarining 
mavjudligi va qanday holatdaligi;
- texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlaming mavjudligi va 
qanday holatdaligi;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va 
vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy 
vositalarga doir hujjatlaming mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ulaming 
olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zamr.
Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar, 
yoxud noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va 
aniqlashtirishlar kiritilishi kerak.
Asosiy vositalami inventarlashdan o ‘tkazayotganda komissiya 
majburiy tartibda obyektlami naturada k o ‘zdan kechiradi va inventarlash 
ro‘yxatlariga ulaming to ‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy 
texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini qayd etadi.
Hisobga 
qabul 
qilinmagan 
obyektlar, 
shuningdek, 
hisob 
registrlarida ulami tavsiflaydigan m a’lumotlar boMmagan yoki noto‘g ‘ri 
m a’lumotlar ko‘rsatilgan obyektlar aniqlangan taqdirda komissiya
105


inventarlash ro ‘yxatiga ana shu obyektlar bo‘yicha yetishmaydigan yoki 
to‘g ‘ri m a’lumotlarni va texnik ko‘rsatkichlami kiritishi kerak, masalan: 
binolar bo‘yicha - ulaming vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, 
hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali 
maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim yerto‘la va hokazolarsiz), 
qurilgan yili va hokazolar; kanallar bo‘yicha - uzunligi, chuqurligi va eni 
(tubi va yuzasi bo ‘yicha), sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini 
mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha - joylashgan yeri
materiallar turi va asosiy o ‘lchamlari; yo ‘llar bo‘yicha - yo ‘l turi (tosh 
yo‘l, profilli y o ‘l), 
uzunligi, 
qoplash materiallari va mashina 
qatnaydigan eni va hokazolar ko‘rsatilishi kerak.
Inventarlashda aniqlangan hisobga olinmagan obyektlami baholash 
joriy qiymat bo ‘yicha o ‘tkazilishi, eskirishi esa obyektlaming haqiqiy 
texnik holati bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish 
to‘g ‘risidagi 
m a’lumotlar 
tegishli 
dalolatnomalar 
bilan 
rasmiylashtirilishi kerak.
Inventarlash komissiyasi inventarlash vaqtida aniqlangan hisobga 
olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo 
etilganini, ulami barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini 
aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi shart.
Foydalanishga yaroqsiz va tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar 
inventarlash ro ‘yxatiga kiritilmaydi. Ana shu obyektlarga inventarlash 
komissiyasi alohida ro ‘yxat tuzib, ulami foydalanishga topshirish vaqti 
va ushbu obyektlami yaroqsiz holga keltirgan sabablar (shikastlanish, 
to ‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. Bunday obyektlami hisobdan 
chiqarish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlami inventarlaganda quyidagilar tekshirilishi 
zarur: 
tashkilotning 
ulardan 
foydalanishga 
doir 
huquqlarini
tasdiqlaydigan hujjatlaming mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda 
to‘g ‘ri va o ‘z vaqtida aks ettirilganligi.
Kassa inventarlanganda pul mablag‘lari va kassada bo‘lgan boshqa 
boyliklaming haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Q at’iy hisobdagi 
blanklar ham tekshiruvdan o ‘tkaziladi.
106


Kassada pul mablag‘larining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob 
qilinganda pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari 
hisobga qabul qilinadi.
Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldig‘iga 
kiritilmaydi. Kassiming kassada mazkur xo ‘jalik yurituvchi subyektga 
tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklar borligi 
to‘g ‘risidagi bayonotlari e ’tiborga olinmaydi.
Naqd pul m ablaglarini inventarlash dalolatnomasida boyliklar 
qoldig‘i inventarlash kunida naturada va hisob m a’lumotlari bo‘yicha 
ko‘rsatiladi va inventarlash natijasi belgilanadi.
Q at’iy hisobdagi blanklaming haqiqatda mavjudligini tekshirish 
blank turlari bo‘yicha u yoki bu blanklaming boshlang‘ich va oxirgi 
raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish 
natijalari maxsus ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.
Banklar bilan ssudalar bo‘yicha, byudjet, xaridorlar, mol yetkazib 
bemvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar 
hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblami inventarlash 
tegishli hujjatlar bo‘yicha qoldiqlami aniqlash va buxgalteriya hisobi 
hisobvaraqlarida qayd etilgan summalaming asosliligini sinchiklab 
tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar hisobvaraqlari 
bo ‘yicha qarzlaming paydo b o iish i, ulaming realligi va shunday 
bo‘lgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini o ‘tkazib yuborishda aybdor 
shaxslami aniqlaydi.
Solishtirish 
qaydnomalari 
inventarlash 
paytida 
hisob 
m a’lumotlarida tafovutlar aniqlangan boyliklar bo‘yicha tuziladi.
Solishtirish 
qaydnomalarida 
inventarlash 
natijalari, 
ya’ni 
buxgalteriya hisobi m a’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inventarlash 
ro‘yxatlari (dalolatnomalari) m a’lumotlari o ‘rtasidagi tafovutlar aks 
ettiriladi.
Ortiqcha va kam chiqqan tovar-moddiy boyliklaming qiymati 
solishtirish qaydnomalarida ulaming buxgalteriya hisobidagi bahosiga 
muvofiq keltiriladi.
107


Inventarlash natijalarini rasmiylashtirish uchun yagona registrlar 
q o‘llanishi mumkin, ularda inventarlash ro‘yxatlari (dalolatnomalari) va 
solishtirish qaydnomalarining ko ‘rsatkichlari birlashtiriladi.
Korxonaga tegishli bo ‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd 
etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash 
uchun olingan) boyliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi.
Solishtirish 
qaydnomalari 
hisoblash 
va 
boshqa 
texnika 
vositalaridan foydalanib, shuningdek, qo‘lda tuzilishi mumkin.
Inventarlash 
va 
boshqa 
tekshirishlar 
paytida 
aniqlangan 
boyliklaming haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi m a’lumotlaridan 
farqlari quyidagicha tartibga solinadi:
- ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul 
m ablag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha x o ‘jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki byudjet tashkilotini 
moliyalashni (fondlami) ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik 
ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;
- belgilangan m e’yorlar doirasida boyliklaming yo‘qolishi x o ‘jalik 
yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish 
va muomala chiqimlariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni 
(fondlami) kamaytirishga hisobdan o ‘chiriladi. Yo‘qolish m e’yorlari 
haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo‘llanishi mumkin.
Bunda belgilangan m e’yorlar doirasida boyliklaming yo ‘qolishi 
boyliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan 
hisobga olgach belgilanishiga e ’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda 
o ‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin 
ham boyliklar kamomadi mavjud b o isa , tabiiy yo‘qolish m e’yorlari 
kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo ‘yichagina qo‘llanishi mumkin.
Tasdiqlangan 
m e’yorlar 
bo‘lmagan 
taqdirda 
yo‘qolish 
m e’yorlariga ortiqcha kamomad sifatida qaraladi;

yo ‘qolish 
m e’yorlaridan 
ortiqcha 
boyliklar 
kamomadi, 
shuningdek, boyliklar buzilishidan ko‘riIgan talafotlar aybdor shaxslarga 
yuklanadi.
108


Suiiste’molliklar 
oqibati 
bo'lgan 
kamomad 
va 
talafotlar 
aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va talafotlar aniqlangandan 
so‘ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan 
kamomad va talafotlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi;
- boyliklaming yo‘qolishi va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar 
m e’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlaming aniq 
aybdorlari aniqlanmagan hollarda, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g ‘risidagi nizomga muvofiq 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va muomala 
chiqimlariga 
hisobdan 
chiqarilishi 
yoki 
byudjet 
tashkilotida 
moliyalashni (fondlami) kamaytirishda qayd etilishi mumkin.
Bunda boyliklaming y o‘qolishi va boyliklar buzilishi tufayli 
talafotlar m e’yorlaridan ortiqcha kamomadni hisobdan o ‘chirishni 
rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda ana shunday 
kamomad va talafotlaming oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar 
ko‘rsatilishi kerak.
Boyliklar buzilishi fakti to ‘g ‘risidagi xulosalar texnik nazorat 
bo‘limi yoki sifat bo‘yicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.
Tabiiy yo‘qolish m e’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi va 
buzilishini hisobdan o ‘chirishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan 
hujjatlarda tergov yoki sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini 
tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan 
qarorlari yoki texnik nazorat boMimi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspeksiyalar va hokazolardan) olingan 
boyliklar buzilishi fakti to ‘g ‘risida xulosa boMishi kerak.
Qayta 
navlarga 
ajratish 
natijasida 
ortiqcha 
chiqish 
va 
kamomadlaming o ‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr 
uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy 
boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil 
miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo ‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to ‘g ‘risida moddiy javobgar 
shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
109


Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga 
ajratishda hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash 
bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida 
mufassal tushuntirish berilishi kerak.
Inventarizatsiyalash 
paytida 
inventarizatsiyalash 
bo'yicha 
boshlang‘ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan namunaviy shakllari 
qo ‘llanadi. Ulami 19-son BHMSdan olish mumkin.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə