Mavzu: Matn va uning turlari Reja



Yüklə 464,64 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü464,64 Kb.
#144284
  1   2   3   4   5
3-mavzu Matn va uning turlari

Mavzu: Matn va uning turlari

Reja:

  • Matn haqida umumiy ma’lumot.
  • Hajm belgisiga ko‘ra matn turlari.
  • Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn turlari.

MATN
Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi;
Musiqa asariga, masalan, biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo‘lgan she’r, so‘z.
Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi
Mazmuniy va kommunikativ yaxlitlik tarzidagi butunlik
Matn
Eng avvalo, nutq shakli, og‘zaki va yozma bo‘ladi
Narsa, voqea va hodisalar haqidagi ma’lumot, xabarlar yig‘indisi
Mazmuniy va struktural tugallikka ega yirik sintaktik birlik
Biror muallifning nutqi
Tahlil qilish uchun berilgan qo‘lyozma, nashr yoki bularning boshqa ko‘rinishi
Mazmunan ketma-ketlik xarakteriga ega bo‘lgan bir necha gaplar yig‘indisi
Hajm belgisiga ko‘ra turlari
Minimal(kichik)
Maksimal(katta)
Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi
Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi
hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar
Normal(o‘rta)
Mikro matn
Biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi
Talantsiz yozuvchi tovuqqa o‘xshaydi. Yong‘oqdek tuxum tug‘adi-da, qaqog‘lab olamni buzadi! (O‘.Hoshimov)
Yoki: Sevgi nima? Insoniyat paydo bo‘ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-asrorlarini bilganida edi, uning modeli – qolipini yaratgan bo‘lardi. Sevgi hech qanday qolipga sig‘magani uchun ham sirli va abadiydir
Maksimal matn
keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi.
Masalan, F.M.Dostoyevskiyning jahon adabiyotining mumtoz namunasiga aylangan «Jinoyat va jazo» romanini olaylik. Roman 6 qism va epilogdan tashkil topgan. Har bir qism 5-7 bo‘limni o‘z ichiga olgan. Qism va bo‘limlarga alohida nom berilmagan. Romanning umumiy hajmi 21 bosma taboq.
Yoki Pirimqul Qodirovning «Humoyun va Akbar» tarixiy romanini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga ajratiladi.
Makromatn tarkibi:
Qism yoki fasllar
Abzatslar
Mikro matn
Bo‘limlar

Yüklə 464,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə