Mavzu: Matn va uning turlari Reja


Ish faoliyatning ilm bilan bog‘liq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan



Yüklə 464,64 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü464,64 Kb.
#144284
1   2   3   4   5
3-mavzu Matn va uning turlari

2. Ish faoliyatning ilm bilan bog‘liq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan. Ilm va hunar.Domlamiz bizga bunday ilmlarni o‘rgatmaganlar. M.Osim.
3.Ish faoliyatnig ma’lum bir sohasiga oid bilim, malaka, ta’limot. Islim Barlos- sodda,dilovor, ov ava qush ilmining piri. Oybek.
Didaktik matn
Hudhudning Tovusga javobi. Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi:
- Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qo‘lidangina kela oladi, xolos. Odam degan tashqi go‘zallik haqida so‘z aytmaydi. Kimki undan faxr etar ekan, uni odam qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib boradi. Sen o‘z shaklingga bino qo‘yding, buning uchun kishilar tomonidan masxara etilishga loyiqsan. CHunki, inson o‘z tashqi go‘zalligi bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralanishga sazovordir
Xabar mazmunli matnlar
Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.(“O‘tkan kunlar”)
Buyruq mazmunli matnlar
Odat. Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, xayron bo‘lmang. Bo‘yinbog‘ingizni echishga ko‘maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko‘rsa, hayron bo‘lmang. Majlisda nima masala ko‘rilganini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Kimning yonida o‘tirganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Telefoningiz rangi qanaqaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Necha kishi qo‘ng‘iroq qilganini so‘rasa hayron bo‘lmang. Qaerda tushlik qilganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Nima ovqat eganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Sizga choyni qaysi qo‘li bilan uzatganini so‘rasa, hayron bo‘lmang! Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so‘rasayam hayron bo‘lmang. Qiziquvchanlik – ayolning tabiiy odati! (O‘.Hoshimov)
Hissiy ifoda mazmunli matn
Erta bahor – cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. YOmg‘irning daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganey-yig‘ilgan. Xo‘ngrab-xo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi ko‘kning beqiyos ehtirosi parchasi. YOmg‘ir «shiviri» umidlarga to‘la daraxt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta xolos. Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko‘p-ey…

Yüklə 464,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə