Mavzu: Matn va uning turlari Reja


Matnnning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari



Yüklə 464,64 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü464,64 Kb.
#144284
1   2   3   4   5
3-mavzu Matn va uning turlari

Matnnning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Hikoya mazmunli matn
Tasviriy matn
Izoh mazmunli matn
Didaktik matn
Xabar mazmunli matn
Buyruq mazmunli matn
Hissiy ifoda mazmunli matn.
Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog‘ qishlog‘iga yetib bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy to‘la odam. Davra boshida to‘rvadek soqoli ko‘ksiga tushgan qariya o‘tiribdi. Hamma unga ta’zim bajo qiladi. Davraga kim kelib qo‘shilmasin chol uzundan-uzoq duo o‘qiydi. «Sen ham mening yoshimga yetib yurgin, bacham», deb fotiha tortadi.
Bir xil duo takrorlanavergach, Said Ahmad aka so‘radi:

-Necha yoshga chiqdingiz, taqsir?
-Menba?-dedi chol salmoqlab. –Ikkam jetmishga bordim.
-Voy bo‘-o‘-o‘!-dedi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar sening duoing mustajob bo‘lsa, men sakkiz yil avval o‘lib ketishim kerak ekan-da, ukam? Men etmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz! (O‘.Hoshimov).
Hikoya mazmunli matn:
Tasviriy matn
Yakan degan o‘simlik bo‘ladi. Nima uchundir san’atkorlar, aniqrog‘i otarchilar pulni «yakan» deyishadi. Aslida esa yakan – qamishzorda o‘suvchi o‘simlik. Yakanni o‘rib olib, quritib uzum osadilar yoki savat qalpoq to‘qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa, aksincha, pastak o‘simlik.

Yoki Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romanini bir saroy tasviridan boshlaydi:
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab hujralariga qaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgiga qarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek.


Izoh mazmunli matn
Ilm (arabcha- bilim, nazariya) 1. O‘qish- o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. Ilm darajasi. Ilm olish huquqi. Ilm dargohi. Kashfiyotsiz ilm bo‘lmaganidek, ilm ham kashfiyotsiz nafas ololmaydi.”Saodat”. Olim ilmi bilan hurmat topur, hofiz xush ovozi bilan odamlarning dilini xushnud qilur… I.Rahim, Chin muhabbat.

Yüklə 464,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə