|
Urkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat maktablarida 10 yillik ta‘limni 12 yilga uzaytirish haqidagi farmonni imzolagan
|
tarix | 06.09.2023 | ölçüsü | 15,38 Kb. | | #121413 |
| turkman
urkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat maktablarida 10 yillik ta‘limni 12 yilga uzaytirish haqidagi farmonni imzolagan.
Shuningdek, Turkmaniston prezidenti, 12 yillik maorif kontseptsiyasini ham imzolagan.
Turkmaniston 12 yillik ta‘lim tizimiga 2013 yil sentyabridan boshlanadigan yangi o‘quv yilidan o‘tadi.
Yangi tizimga ko‘ra, bolalar 6 yoshidan maktabga boradilar.
To‘rt yil boshlang‘ich sinflar bo‘ladi.
O‘rta ta‘lim olti yilni tashkil etadi.
Keyingi ikki yilda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan maxsus fanlarni o‘rganishlari ko‘zda tutilgan.
Turkmaniston 1999 yilda 9 yillik maktab maorifi tizimiga o‘tgan edi.
Marhum prezident Saparmurod Niyozov oliy ta‘limni ham 5-6 yildan 2 yilga tushirgan edi.
Turkman faollari Sapamurod Turkmanboshining ushbu o‘zgartirishlari mamlakatdagi maorif tizimi va turkmanistonliklarning umumiy savodxonligiga "fojeali ta‘sir qilganligini" aytishadi.
Natijada bolalarning maktabdagi o‘quv yillarida oladigan bilimi darajasi pasaygan, Turkmanistonda malakali kadrlar soni kamayib ketgan.
Sifatli oliy ta‘lim olishni istagan turkmanlar xorijda o‘qishga intilganlar.
Shuningdek, maktab ta‘limi dasturiga Sapamurod Turkmanboshining "Ruhnoma" asari majburiy fan sifatida ham kiritilgan edi.
Muhojirotdagi taniqli adib va mustaqil jurnalist Aq Velsaparning aytishicha, Saparmurod Niyozov hukmronligi yillaridagi maorif tizimi yo‘qotishlarini qayta tiklash uchun hali ko‘p ish qilish lozim bo‘ladi.
"Sentyabrdan 11-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun darsliklar yo‘q. Ta‘lim bazasi tayyorlanmagan. O‘qishini davom etdiradigan bolalarga saboq beradigan malakali o‘qituvchilar yo‘q", deydi Aq Velsapar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|