Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43

102
okeanlari tomondan esadigan shamollar, shuningdek, Kordil-
yera tog‘lari va tekisliklarning mavjudligi katta ta’sir etadi.
Materikda 6 ta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Shimolda
arktika iqlim  mintaqasi katta maydonlarni egallaydi. Deyarli yil
davomida havo harorati manfiy bo‘ladi. Ayrim kunlari yozda
harorat +5 °C gacha ko‘tariladi, xolos. G‘arbida 50 — 100 mm,
sharqida esa 300 — 400 mm gacha yog‘in yog‘adi.
Subarktika iqlim mintaqasi hududi yozda mo‘tadil, qishda
arktika havo massalari ta’sirida bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha ha-
rorati –25 °C dan –30 °C gacha, iyulda +5 °C dan +7 °C gacha
kuzatiladi. Namgarchilik sharqdan g‘arbga kamayib (300 —
600 mm) boradi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaganligi
uchun iqlimiy sharoiti turlicha, yog‘in miqdori sharqdan g‘arb
tomonga kamayib boradi (1 500 — 1 000 mm). Bu mintaqaga
ko‘proq dengiz iqlimi xos. Arktika sovuq havo massalarining
ta’siri ham kuchli.
Subtropik iqlim mintaqasi 40° sh. k. dan Meksika qo‘ltig‘i
oralig‘idagi hududlarni egallaydi. Issiq, sernam yoz va iliq,
sernam qish bu mintaqaning asosiy xususiyatidir. Tinch okean
qirg‘oqlari O‘rta dengiz subtropik iqlim tiðiga xos bo‘lib,
sovuq Kaliforniya oqimi ta’sir etadi. Qishi iliq (+6 °C dan
+8 °C gacha), nam keladi, yozi esa quruq va iliq bo‘ladi.
Tropik iqlim mintaqasi yil davomida issiq bo‘lib, Atlantika
okeani havo massalarining hukmronligi sezilib turadi. Yozda
namgarchilik ko‘p bo‘ladi. Faqat mintaqaning g‘arbida quruq,
tumanli kunlarni kuzatish mumkin.
Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy tor
qismida uchraydi. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat yuqori (+25 °C)
va namgarchilik ko‘p (1 500 — 2 000 mm).
Ichki suvlari. Yerusti suvlari uchta okean havzalariga va
qisman berk havzaga bo‘linadi. Asosiy daryo va ko‘llari Atlan-
tika, Shimoliy Muz okeani va Tinch okean havzasiga tegishli.
Materikning eng yirik daryosi Missisiði (hindular tilida
„katta daryo“)dir. Missisiði daryosining o‘rta qismida o‘zidan
uzun bo‘lgan Missuri („loyqa daryo“) irmog‘i kelib quyiladi.


103
Missisiði deltasi har yili Meksika qo‘ltig‘i tomon 100 m o‘sib
boradi. Daryo qor-yomg‘ir suvidan to‘yinadi. Avliyo Lavrentiy
daryosi quyi oqimida uzun va keng estuariy (lot. daryoning suv
bosgan quyi qismi) hosil qiladi. Rio-Grande daryosi Kordilyera
tog‘laridan boshlanib, Meksika qo‘ltig‘iga quyiladi.
Materik ko‘llari, asosan, qadimgi muz hosil qilgan chuqur-
liklarda paydo bo‘lgan. Beshta ko‘l, ya’ni Yuqori, Guron, Mi-
chigan, Eri, Ontario ko‘llari Buyuk ko‘llar deb ataladi. Ular
kattaligiga ko‘ra, shu tartibda bir-biriga kaskad bo‘lib tutashgan.
Faqat Eri va Ontario ko‘llari oralig‘ida millionlab sayyohlarni
o‘ziga jalb qiladigan mashhur Niagara sharsharasi (balandligi
48 m) bor. Unga GES qurilgan.
Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan daryolardan eng yirigi
Makkenzi daryosidir.
Havzada eng yirik Katta Ayiq va Vinniðeg ko‘llari joy-
lashgan. Tinch okean havzasidagi daryolarga Yukon, Kolo-
rado, Freyzer, Kolumbiya kabi qisqa va sersuv, vodiylari tor
va chuqur, suv oqimi shovqinli daryolar xos. Kolorado daryo-
sining Katta Kanyon darasi dunyoga mashhurdir.
Shimoliy Amerikaning berk havzasiga Katta Havza tog‘ligi
tegishli bo‘lib, unda Katta Sho‘r ko‘l bor. Uning maydoni
iqlimiga bog‘liq holda yildan yilga o‘zgarib turadi.
Grenlandiya, Kanada-Arktika arxiðelagi, Kordilyera tog‘la-
ridagi muzlar egallagan maydon 2,2 mln kv km dan oshadi.
Alyaskadagi Xabbort tog‘-vodiy muzligining uzunligi 145 km ga
boradi. Bu Yer sharidagi eng uzun muzlikdir.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Arktika havo massasi, dengiz iqlimi, ichki suvlar, Missi-
siði, Kolorado, Niagara, berk havza, Katta Havza, Bu-
yuk ko‘llar.
Nazorat uchun savollar
1. Materik iqlimiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
2. Materik iqlim mintaqalarining farqi nimada?
3. Asosiy daryo va ko‘llar qaysi havzalarda joylashgan?


104
19- rasm. Qo‘yho‘kiz.
Amaliy topshiriqlar
1. Iqlim mintaqalarini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Materik ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimotini
aniqlang.
3. Yirik daryo va ko‘llarini daftaringizga yozing.
45- §. Shimoliy Amerikaning
tabiat zonalari va balandlik
mintaqalari
Tabiat zonalari. Materik iqlimi va relyefidagi farqlar tabiat
zonalarining turlicha bo‘lishiga zamin yaratadi. Buyuk ko‘llardan
shimoldagi tabiat zonalari kenglik bo‘yicha tarkib topgan
bo‘lsa, janubdagi tabiat zonalari deyarli meridian yo‘nalishida
joylashgan.
Arktika cho‘llari zonasi Grenlandiya oroli va Kanada-Ark-
tika arxiðelagini egallaydi. Qishi juda sovuq (–35 °C dan
past), yozi salqin (+5 °C dan past). Asosiy o‘simliklari mox va
lishayniklar. Hayvonot olami oq ayiq, morj, qo‘yho‘kiz (ular
faqat shu zonada yashaydi, 19- rasm), oq yapaloqqush va bosh-
qalardan tashkil topgan.
Tundra va o‘rmon-tundra zonasining janubiy chegarasi
sharqda 53°
 
sh. k. dan, g‘arbda 62°
 
sh. k. yo‘nalishigacha boradi.
Botqoq va tundra — gleyli tuproqlarda buta va o‘t o‘simliklar,
pakana qayin va tol, toshyorar, mox va
lishayniklar o‘sadi. O‘rmon-tundrada
qora  va oq qarag‘ay, balzam pixtasi
(qarag‘ayi), tilog‘ochlar o‘sadi. Tundra-
da  shimol bug‘usi, qo‘yho‘kiz, lemming,
qutb tulkisi, qutb bo‘risi, oq kaklik, oq
quyon,  Alyaskada tog‘ qo‘yi, qor ech-
kisi ko‘p uchraydi.
Tayga zonasi 45° sh. k. gacha tar-
qalgan. Zona botqoq, podzol va muzloq


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə