Geografiya ta'lim metodlari o'qitishning og'izaki metodlari reja



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə3/4
tarix23.09.2023
ölçüsü35,43 Kb.
#123383
1   2   3   4
GEOGRAFIYA TA\'LIM METODLARI O\'QITISHNING OG\'IZAKI METODLARI

Tushuntirish - nazariy o‘quv materialini egallash shakli bo‘lib, o‘quvchilarga geografik jarayon va qonuniyatlarini kengrok ochib berishi lozim bo‘lganda qo‘llaniladi. Tushuntirishda muloxaza qilish shakllari tahlil va sentez, kuzatish va xulosalar chiqara olish, induksiya (aniq ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish), deduksiya (ilgari o‘rganilgan umumiy hodisalar asosida ma’lum koida, ta’rifini shakllantirish) keng qo‘llaniladi. Hikoya qilib berish qiyin bo‘lgan bilimlar tushuntiriladi.
Yerning shakli, kattaligi geografik kenglik va uzoqlik, yerning sutkalik va yillik harakati, gradus turi, tog‘larning paydo bo‘lishi, briz, passat, musson, siklon, antitsiklon, frontlar, geologik hodisalar, iqtisodiy qonuniyatlar ishlab chiqarishni joylashtirish shakllarini o‘rganishda tushuntirish metodidan keng foydalaniladi.
Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy Osiyo mavzusini o‘tish-da musson va musson tipidagi iqlimni quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma’lumki, Sharqiy Osiyo eng katta okean bilan tutash hududda joylashgan, shu tufayli Sharqiy Osiyo iqlimi bevosita quruqlik va suv ustida turlicha harorat, bosim vujudga kelishi bilan belgilanadi. Buni doskada quyidagi tayanch sxema asosida tushuntirish maqsadga muvofiq. O‘qituvchi doskadagi rasm asosida o‘quvchilar diqqatiga quyidagi savollarni havola qiladi:
1.Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati qandaytaqsimlanadi? Qishdachi?
2.Yozda quruqlik va okean ustida havo bosimi qandaytaqsimlanadi? Qishdachi?
3.Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma’lum bo‘lsa, shamol yunali-shini aniqlasa bo‘ladimi?
Yuqoridagi savollar asosida mussonning mavsumiy harakterga ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Tajribali o‘qituvchilar tushuntirish vaqtini oldindan belgilaydilar. Bu o‘qituvchidan puxta tayyorgarlik talab qiladi. Nazariy va amaliy materialni puxta, izchil bayon qilish, puxta o‘ylangan tushuntirishlar va qo‘shimchalar, tushuntirishni ilmiy bilimlarni egallashning ta’sirchan usuliga aylantiradi. Mamlakatlar, iqtisodiyzonalar ixtisoslashuvi, iqtisodiyhududlar iqtisodi tushuntirilayotganda o‘qituvchi avvalo dalillarga asoslangan ma’lumotlarni yig‘adi. Masalan, biron mamlakat sanoati tushuntirilganda, unga doir bo‘lgan savollar aniqlanadi. (Sanoat tizimini, asosiy tarmoqlari, sanoat markazlari, xom ashyo bilan ta’minlanish) keyin aytish lozim bo‘lgan ma’lumotlarni yigadi va shu mamlakat sanoatining usishi; qiyinchiliklari, muammolari haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Tushuntirish bandlardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan, O‘zbekiston geografiyasida, O‘zbekiston sanoatini quyidagi reja asosida yoritish mumkin:
1. O‘zbekiston sanoatini Yaponiya, Isroil sanoatiga nisbatan birmuncha zaifligi sabablari.
2. O‘zbekiston sanoatini hozirgi davrda rivojlantirish vazifalari
3. Asosiy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi
4. Sanoatning joylashishi va asosiy sanoat rayonlari
O‘qituvchi har bir savolga javoblarni faktlarga tayangan holda berishi kerak. Kuyi sinflarda tushuntirishda suhbat va hikoya elementlari ham qisman ishtirok qildi. Yuqori sinflarga o‘tish bilan tushuntirishda hikoya elementlari deyarli uchramaydi. Tushuntirish jarayonida o‘quvchilar tomonidan javob reaksiyasini . bo‘lishini ko‘zda to‘tish kerak. O‘qituvchi qisqacha muammoli savollar berishi, qiyin joylarni qandaytushunganliklarini so‘rash, aqliy yoki amaliy ishlarni bajarishga undashi zarur.


  1. Yüklə 35,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə