Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38

 

 

33



33

notekisliklar  yukolib  va  yopilib  boradi.  Buzilgan  joylardan  ayrim  vaktlarda  buloklar  okib  chikadi, 

daryo suvlarining bu erlarga kuyilishi natijasida sarfi kamayadi. 

Tektonik  jarayonlar  natijasida  xosil  bulgan  burmalarni  va  uzilmalarni,  gidrotexnik 

inshootlarning joyini tanlashda injenerlik tadbirlarini ishlab chikishda xisobga olinadi.  

 

5-Mavzu. Seysmik xodisalar (zilzilalar)

 

Zilzila  deb,  tabiiy  kuchlar  ta`sirida  er  pustining  silkinish  xodisasiga  aytiladi.  Zilzilalar  er 

ka`rining  ma`lum  bir  nuktalarida  yigilgan  katta  kuchlanishning  bir  zumda  sarflanishi  natijasida  sodir 

bulib,  seysmik  stantsiyalarda  urnatilgan  maxsus  kurilmalar  (seysmograf,  seysmometrlar)  bilan  kayd 

kilinadi.  er  sharida  yiliga  bir  necha  million  silkinishlar  kayd  etiladi.  Ularning  yuzdan  ortikrogi  er 

yuzida  vayronagarchilik  keltiradi. er  pustida  yoki  mantiyaning  yukori  kismida  jins  massivlarining 

siljishi  natijasida  egiluvchan  tulkin  paydo  buladigan  joyi  zilzila  gipotsentri  (uchogi)  deyiladi. 

Gipotsentrning chukurligi 700 kilometrgacha etishi mumkin. Xosil bulishi chukurligi buyicha; yuzada 

(gipotsentrning  chukurligi  50  kilometrgacha),  urta  chukurliklarda  (gipotsentrning  chukurligi  50-300 

kilometrgacha), katta chukurliklarda (gipotsentrning chukurligi 300 kilometrdan ortik) sodir buladigan 

zilzilalarga  bulinadi.  Agar  gipotsentr  orkali  er  radiusi  utkazilsa,  shu  radiusning  er  yuzasi  bilan 

kesishgan nuktasi epitsentr deyiladi (14-rasm).  

Zilzila jarayonida litosferada ikki xil silkinma va tebranma xarakat vujudga keladi. Epitsentrda 

tektonik turtki ta`siridan xosil bulgan egiluvchan xarakat pastdan yukoriga tik yunalgan buladi shuning 

uchun  epitsentrda  er  silkinadi.  er  yuzasining  boshka  nuktalariga  gipotsentrdan  tarkalgan  egiluvchan 

tulkinlar burchak ostida kiyalanib uriladi va epitsentrdan uzoklashgan sari silkinma xarakat silkinma-

tebranma sungra esa tebranma xarakatga aylanadi (14-rasm). 

Gipotsentrda  xosil  bulgan  egiluvchan  tulkinlar  ikki  xil  buylama  va  kundalang  tulkinlar 

kurinishida tarkaladi. Buylama tulkinlar ta`siridan jismlar sikiladi, chuziladi va xajmi uzgaradi. 

Muxitning  zarralari  tulkin  yunalishi  buyicha  siljiydi.  Kundalang  tulkinlar  jismlarning  davriy 

surilishiga  yoki  shaklining  uzgarishiga  olib  keladi.  er  yuzasida  zilzilaning  epitsentrida  kattik  va 

gazsimon muxit chegarasida yuza tulkinlari xosil buladi.                                                          

                                                           

14-rasm. Seysmik tulkinlarning gipotsentrdan er yuziga chikish sxemasi 

Bu  tulkinlar  kundalang  urilish  (ta`sir  kilish)  xususiyatiga  ega  va  epitsentrdan  xar  tomonga  er 

pustining eng yukori kavati buylab tarkaladi xamda jinslarning tulkinsimon deformatsiyalanishiga olib 

keladi. 


Zilzilaning kuchi, soni va davom etish muddati turlicha buladi. Kuchli zilzilalar vaktida tulkin 

zarbalari bir necha kup yillar ichida kaytarilib turadi. Masalan: 1966 yil 26 aprelda Toshkentda bulgan 

zilzila vaktida 3 oyda 600 ta zarba kayd kilingan. 

Zilzila  ta`siridan  tuprokning  tebranishi  maxsus  kurilma  seysmograf  yordamida  ulchanadi. 

Seysmografning  asosiy  ishchi  kismi  ma`lum  bir  yuzada  tebranadigan  mayatnigi  xisoblanadi.  Zilzila 

vaktida  zarba  ta`sirida  mayatnikning  shtativi  tuprok  (er  yuzi)  bilan  birga  ogadi  mayatnik  esa  bu 

xarakatdan inertsiya ta`sirida shtativining asosidan ortda koladi. Natijada mayatnik tebranadi va uning 

utkir  uchi  xarakatlanayotgan  tasmaga  chizadi.  Zilzilaning  kuchiga  karab  tulkin  amplitudasi  turlicha 

buladi va zilzila xarakatining chizma tasviri bunyodga keladi. 



 

 

34



34

Zilzilalar tabiiy  ofatlar ichida eng daxshatlisi va katta vayronagarchilik keltirganliklari uchun, 

odamlar  kadimdan  zilzilaning  kuchini  aniklashga  xarakat  kilganlar  va  ularning  vayron  kilish 

okibatlarini kamaytirish usullarini kidirishgan.  

Zilzilalar  odatda  murakkab  va  turli  kurinishda  namoyon  buladi.  Ularning  sodir  bulishidan 

avval  sodir  bulish  jarayonida  va  sungra,  turli  seysmik  xodisalar  ruy  beradi.  Bularga  misol  kilib,  tog 

jinslari zarralarining  yukori chastotada tebranishi natijasida xosil buladigan er ostining gumburlashini 

kursatish mumkin. Tog jinslarida asta-sekin  yigilgan kuchlanish ularning  mustaxkamlik chegarasidan 

ortgandan  sung,  er  massasining  tusatdan  siljishi  bilan  boglik  bulgan  impul`s,  tebranishning  xosil 

bulishiga olib keladi.  

Kuchli  zilzilalar  vaktida  sodir  buladigan  seysmik  xodisalarga  silkinish  va  er  pustining 

tulkinsimon  xarakati  xam  kiradi.  Agar  jinslar  etarli  darajada  egiluvchanlikga  ega  bulmasalar 

tulkinsimon xarakat er yuzasida kayd kilinadi. Masalan: 1902 yilda Gvatemalada bulgan zilzila vaktida 

tulkin  kaytargich  tulkinsimon  bukilgan,  1891  yilda  Yaponiyada  esa  tuprokda  balandligi  30 

santimetrgacha,  uzunligi  3-10  metrgacha  bulgan  tulkinsimon  rel`ef  xosil  bulgan.  Andijon  zilzilasi 

(1902 yil) vaktida temir yul rel`slari uzilgan.  

Tektonik  uzilishlar  buylab  xosil  bulgan  keskin  xarakat  zilzila  epitsentrida  er  yuzasini 

deformatsiyalanishiga  (kutarilishi  va  chukishiga)  olib  keladi.  Natijada  turli  uzunlikdagi,  kenglikdagi, 

amplituda va yunalishdagi yoriklarni xosil kiladi. Bunday xodisalar 1885 yilda Oksuv (Kirgiziston) va 

1957 yilda Oltoy zilzilalari vaktida kuzatilgan. 

Kuchli zilzilalarning ta`siridan tog yonbagirlarida va daryo vodiylarida agdarilishlar (kulashlar) 

xamda  surilishlar  xosil  buladi. Zilzilalar  tez-tez  va  katta  kuch  bilan  sodir  buladigan  er  yuzaning 

kismlarini seysmik viloyatlar deyiladi. Seysmik viloyatlarga Tinch okeanining chekka kismlari, Urta er 

va Kora dengizlarning kirgoklari, Kavkaz va Eron toglari, Xindikush, Pomir, Ximolay, Xindixitoy va 

Malay yarim orollari karashlidir. 

Yukorida kurib utilgan zilzilalar, tektonik zilzilalar turiga kiradi. Tektonik zilzilalardan tashkari 

kichik 

maydonlarda 



denudatsion 

va 


vulkon 

zilzilalari 

sodir 

bulishi 


mumkin. 

     Denudatsion zilzilalar tog jinsi massivlarining kulashi ta`siridan xosil bulgan turtki natijasida xosil 

buladi.  Aksariyat  bunday  kulashlar  er  yuziga  yakin  chukurlikda  joylashgan  er  osti  bushliklari  tabiiy 

shiplarining  buzilishi  natijasida  ruy  beradi.  Denudatsion  zilzilalar  karst  rivojlangan  tumanlar  uchun 

xam xarakterlidir.  Lekin  katta  kulashlar  er  yuzida vujudga keladi.  Denudatsion zilzilalar ta`siridan er 

pustida  vujudga  kelgan  tebranma  xarakatlar  uncha  katta  ta`sirli  bulmaydi  va  kichik  masofalarga 

tarkaladi 

va 


ta`sir 

kiladi. 


     Vulkonlarning otilishi jarayonida xam zilzila paydo buladi. Bunday zilzilalarga vulkan ostidan kup 

mikdorda  lava  okib  chikishi  natijasida  xosil  bulgan  bushliklarning  buzilishi  sababchi  buladi.  Bu 

turdagi 

zilzilalar 

xam 

kichik 


maydonga 

tarkaladi 

va 

ta`sir 


kiladi. 

      Seysmik  xodisalarni  gidrotexnik  inshootlar  kurilishida  xisobga  olish  zarur.  Chunki  zilzila  ta`siri 

natijasida inshootlarning mustaxkamligi va chidamliligi (kushimcha kuch ta`sir kilishi), inshootlarning 

asosini  tashkil  etgan  tog  jinslarining  xususiyatlari  va  xolatlari  uzgarishi  mumkin.  Masalan:  zilzila 

kuchi  ta`sirida  kumlar  zichlanishi,  gilli  jinslarning  xolati  va  mustaxkamligi  uzgarishi  mumkin. 

      Shuning  uchun  inshootlarni  zilzila  ta`siriga  nisbatan  chidamli  tog  jinslari  tarkalgan  maydonlarga 

joylashtiriladi.  Magmatik,  metamorfik  va  chukindi  koyatosh  jinslari  inshootlarning  ishonchli 

mustaxkam asosi buladi, lekin plastik xolatda bulgan gilli jinslar va suvga tuyingan kumlar esa deyarli 

yaxshi  mustaxkam  asos  bula  olmaydi,  chunki  zilzila  zarbidan  bu  jinslarning  xolati  uzgarib  suyulishi 

mumkin 


va 

inshootlar 

xalokatli 

deformatsiya 

berishi 

va 


shikastlanishi 

mumkin. 


      Zilzila  zarbi  ta`siridan  suv  omborlarida  tulkinlar  kutarilishi  kirgok  atroflarini  suv  bosishi  va  shu 

atrofda 


joylashgan 

imorat 


va 

inshootlarni 

buzishi 

mumkin. 


      Keyingi  vaktlarda  adabiyotlarda  chukur  tog  vodiylarida  suv  omborlari  kurilishi  munosabati  bilan 

sodir  buladigan  zilzilalar  tugrisida  ma`lumotlar  paydo  bula  boshladi.  Shuni  aytish  mumkinki,  ayrim 

erlarda  suv  omborlari  kurilishi  bilan  seysmik  xodisalar  faollashgan  ayrim  erlarda  esa  seysmik 

xodisalarning  faolligi  keskin  kamaygan.  Masalan  Mid-Leyk  (AKSh),  Vayong  (Italiya),  Movuazen 

(Shvetsariya),  Koyna  (Xindiston)  suv  omborlari  kurilishi  va  tuldirilishi  jarayonida  uning  chukurligi 

ma`lum  balandlikga  etganda  zilzila  sodir  bula  boshlagan,  seysmik  viloyatlarda  Orovil  (AKSh), 

Kremosta  (Gretsiya)  Mangla  (Pokiston)  suv  omborlari  kurilishi  va  tuldirilishi  jarayonida  zilzila 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə