|
Geologiya va konchilik ishi
|
səhifə | 1/2 | tarix | 13.06.2023 | ölçüsü | 0,54 Mb. | | #116891 |
| 1-2 MA\'RUZA (1) - O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
- QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
- “GEOLOGIYA VA KONCHILIK ISHI” FAKULTETI
- “GEODEZIYA, KADASTR VA YERDAN FOYDALANISH” KAFEDRASI
- “GEODEZIYA” FANIDAN
- MAVZU: POLIGONOMETRIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
- Poligonometriya haqida tushuncha.
- Poligonometriyaning to’rlari.
- 4-sinf 1 va 2 razryad poligonometriyasiga
- qo’yiladigan talablar.
- Poligonometriya – joyda siniq chiziqlar sistemalarini qurishdir. Bu usulda koordinatalari aniqlanadigan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqning uzunligi S hamda siniq chiziqlar orasidagi gorizontal burchaklar DEB o’lchanadi.
- Siniq chiziqlar yo’llar, kesmalar uzunligi esa tomonlar yoki chiziqlar, kesmalar orasidagi gorizontal burchaklar burilish burchaklari deyiladi. Poligonometriya yo’llarining uchlari poligonometriya nuqtalari deyiladi.
- Yakka poligonometriya yo’li ochiq poligon (1-rasm) yoki yopiq poligon (2-rasm) shaklida bo’lishi mumkin. Ochiq poligonometriya yo’li koordinatalari ma’lum bo’lgan ikkita tayanch nuqtalari oraligida o’tkaziladi.
- Yopiq poligonometriya yo’li esa koordinatasi ma’lum bo’lgan nuqtadan boshlanib yana shu punktga bog’lanadi. Agar yo’l to’g’ri chiziqqa yaqin bo’lsa, unda cho’ziq, aks holda egilgan deyiladi.
- OCHIQ POLIGON VA YOPIQ POLIGON KURINISHI
- Yopiq poligonli poligonometriya bir nuqtadan boshlanib yana o’sha nuqtaga tutashadi. Ichki burchaklar yig’indisi ko’p burchaklar ichki burchaklarining yig’indisi sifatida quyidagi formula yordamida aniqlanadi
- 2.Burchak xatoligini quyidagi formula bilan hisoblaymiz, ya’ni:
- Bir-biri bilan bog’langan bir necha yo’llar poligonometriya to’rlarini hosil qiladi.
- Triangulyasiya usulini qo’llab bo’lmaydigan joylarda, masalan, o’rmon zonasida yoki shahar ichida punktlar bir-biridan ko’rinishi uchun juda baland geodezik belgi
-
- (signal) o’rnatishga to’g’ri kelgan hollarda geodezik tayanch to’rlarini ko’rishda poligonometriya usuli qo’llaniladi.
- Poligonometriyada burchaklar berilgan sinf yoki razryadning aniqliklariga qarab optik teodolitlar bilan o’lchanadi.
- Masofani o’lchash uchun har xil usullar qo’llaniladi:
- Svetodalnomer, bunda o’lchanadigan masofa bo’ylab yorug’likning vaqt bo’yicha tarqalishidan aniqlanadi;
- Radiodalnomer, bunda o’lchanadigan masofa bo’ylab radioto’lqinni tarqalishi hisobga olinadi;
- Bevosita, bunda o’lchanayotgan masofa aniq o’lchov asboblari yordamida o’lchanadi;
- Dalnomer, bunda o’lchanadigan masofa har xil tipdagi optik-mexanik asboblar yordamida o’lchanadi;
- Parallaktik qisqa bazisli, bunda o’lchanayotgan masofa qisqa bazisdan yordamchi geometrik shaklning o’lchangan burchaklari orqali aniqlanadi.
- Ko’rsatilgan usularning aniqliklari bir xil emas, shuning uchun bular mos ravishda poligonometriyaning sinf va razryadlarida qo’llaniladi.
- Masofani o’lchash usullariga ko’ra poligonometriya to’rlari quyidagicha:
- Radiodalnomer poligonometriya;
- Masofani bevosita o’lchash poligonometriyasi;
- Dalnomer poligonometriya;
- Qisqa bazisli poligonometriya.
- Svetodalnomer poligonometriya geodezik to’rlarning barcha sinflarida va razryadlarida, hamda maxsus geodezik to’rlarda qo’llaniladi.
- Radiodalnomer poligonometriya - barcha sinfdagi davlat geodezik to’rlarini barpo qilishda qo’llaniladi.
- Masofani bevosita o’lchash poligonometriyasi masofa qisqa bo’lganda qo’llaniladi. Bu asosan yirik mashtabli s’yomkalar va har xil muhandislik topshiriqlarini bajarishda keraklidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|