Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Hulqdagi o‘zgarishlarni baholash



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə35/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

Hulqdagi o‘zgarishlarni baholash.
O‘smir hulqidagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri baho berish uchun quyidagi mezonlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘smir yoki bolaning yoshiga mos keluvchi xususiyat. Ba’zi bir xususiyatlar ma’lum yoshdagi bolalarga xos bo‘lib, bu xususiyatlarni mavjudligi ular uchun tabiiy holdir, lekin o‘smir uchun bu notabiiydir. Masalan, yosh bola agar begona kishining narsasini meniki, deb turib olsa. Bu uning psixikasida salbiy o‘zgarish bor, deb baholashga asos bo‘la olmaydi. Agar bunday hodisa o‘smirda yuz bersa ota-onalar, tarbiyachilar bunga alohida e’tibor berishi shart.
2. Hulqdagi salbiy o‘zgarishlarni uzoq muddatgacha saqlanishi. Har qanday yoshdagi bolani tekshirishda yoki kuzatishda ularda ba’zi salbiy xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Masalan: qo‘rqish, o‘jarlik, xolsizlik, ishyoqmaslik, qo‘pollik. Ammo bu kam uchraydi. YOki bolada, o‘smirda maktabga, litsey, kollejga borishni xohlamaslik ba’zida bo‘lishi mumkin. Lekin bu hol tez-tez takrorlansa yoki uzoq muddat davomida saqlanib tursa, bu undagi salbiy o‘zgarishlardan darak beradi.
3. Hayotiy o‘zgarishlar. Har qanday kishining hulqida yoki hissiyotida salbiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu hayot sharoiti yoki tanadagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Har qanday kishining kuch-quvvatga to‘lgan, kayfiyati ko‘tarinki vaqtlari ham bo‘ladi vao‘zini yomon his qilgan vaqtlari ham bo‘ladi. Kayfiyati yomon bo‘lgan vaqtlarda ular jahldor, jizzaki yoki parishonxotir bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun o‘smirning hulqini baholayotganda uning kayfiyatini, hayotiy sharoitlarini hisobga olish kerak.
4. Ijtimoiy-madaniy muhit. O‘smir hulqini salbiy yoki ijobiy, deb baholashda uni o‘rab turgan sharoitni, ijtimoiy muhitni, madaniy talablarni hisobga olinadi. CHunki bir sharoitda to‘g‘ri, yaxshi odat, deb hisoblangan odat, boshqa bir muhitda aksincha, yomon odat, deb baholanishi mumkin (ammo hamma hollarda emas, albatta).
5. Hulqdagi o‘zgarishning darajasi. Ba’zida o‘smir hulqidagi salbiy o‘zgarishlarga nisbatan ota-onalarning, o‘qituvchilarning shikoyati ko‘proq bo‘ladi. Tabiiyki har bir o‘smirda yalqovlik, kattalarning aytganlarini to‘la bajarmaslik, ba’zida qo‘pollik hollari kuzatiladi. Bu hollar ayniqsa, biz ularning mustaqilligiga «tajovuz» solgan hollarimizda yaqqol ko‘rinadi. Bu xususiyat haqiqatdan ham me’yoridan chiqib ketgan hollarni aniqlash kerak. Har qanday arzimagan narsa uchun ularning g‘azabini «egovlash» ham yaxshi emas.
6. Hulqdagi salbiy o‘zgarishlarning yuzaga chiqish chastotasi. Kam hollarda, uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar bola ruhiy olami uchun tabiiy bo‘lish mumkin. Bir marta o‘zini tuta olmay qolgan o‘smirni biz hulqi yomon deya olmaymiz. Uning hulqiga to‘g‘ri baho berish uchun undagi salbiy o‘zgarishlar tez-tez takrolrlanib xususiyat odatdagi sharoitlarda yuzaga chiqadimi, buni aniqlash lozim.
Hulqidagi salbiy o‘zgarishlarni baholashda bu o‘zgarishlarni to‘g‘ri diagnostika qilish va baholash muhim. Agar hushchaqchaq, harakatchan, faol, yaxshi o‘qiydigan o‘smir (bola), passiv, injiq bo‘lsa, o‘qishga qiziqishi keskin kamaysa bu yalqovlik emas balki kasallikdir.
Bundan tashqari hulqdagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash ham qarz, ham farzdir. CHunki o‘smirdagi salbiy o‘zgarishlarni uning oilasidagi sharoitning o‘zgarishi guruhdagi o‘zgarishlar, yoki boshqa bir ob’ektiv sabablar keltirib chiqarishi mumkin.
Diagnostika navbatdagi bosqichi, bu diagnoz qo‘yish, ya’ni salbiy o‘zgarishlarning mohiyatini, tabiatini va kelajakda qanday natijalarga olib kelishini aniqlash. Buning uchun yuqorida sanab o‘tilgan mezonlarga asoslangan quyidagi besh aspekt bo‘yicha baholanadi:

  1. pedagogik-psixologik sindrom (alomatlar majmui);

  2. aqliy rivojlanish darajasi;

  3. yomon xulqning biologik omillari;

  4. yomon xulqning ijtimoiy omillari;

  5. rivojlanishdagi orqada qolish.

Masalan, diagnoz quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: ijtimoiy sharoitga ko‘nika olmaydi(1), aqliy rivojlanish me’yorida (2), tajovuzkor, o‘zini tuta bilmaydi (3), oilasining sharoiti og‘ir, tez-tez janjallar bo‘lib turadi (4), o‘qishda va hisobda boshqalardan orqada qolgan (5)
Pedagogik-psixologik konsilium ma’lum bir vazifalarni bajarishi kerak. Bunday vaziflardan to‘rttasini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash, pedagogik reabilitatsiya va psixoprofilaktika.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə