Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə38/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

Birinchi ehtimolllik shundaki ijtimoiy zo‘ravonlik zo‘ravonlikni kuzatish yo‘li tufayli emas, balki zo‘ravonlikni kuzatishdan paydo bo‘ladigan qo‘zg‘alish tufayli yuzaga chiqadi.
Ikkinchi ehtimolllik shundan iboratki, zo‘ravonlikni kuzatish agressivlikning tormozlanishini bartaraf qiladi.
Uchinchidan, zo‘ravonlikni ommaviy madaniyatda aks ettirish taqlid qilishga sabab bo‘ladi.
Televidenie tomshabinlarni ko‘rgan narsasini takrorlashga undaydi. Ko‘pollik nazokatga, muloyimlikka qaraganda 4 baravar ko‘proq namoyish qilinadi. Umuman olganda televidenie ko‘proq noreal dunyoni aks ettiradi. Agar televidenie tomonidan modellashtiriladigan munosabatlar uslubi va muammolarni xal qilish usullari haqiqatan ham asosan yosh tomoshabinlarda taqlidchanlikni harakatga keltirsa, unda prosotsial xulqni shakllantirish ijtimoiy ma’qo‘llashga sazovor. Televidenie o‘z ta’sirining nozikligi bilan bolalarga haqiqatan ham ijobiy xulq darsini bera oladi. Prosotsial xulq - ijobiy, amaliy, ijtimoiy foydali xulq.
Ijtimoiy loqaydlik tufayli guruhda agressiv tendensiyalar shuning uchun ham kuchayadiki, guruh tendensiyalarni qutblashtirish xususiyatiga ega. Har bir qatnashchining o‘zini guruh bilan o‘xshatishi tufayli konformlilik (kelishuvchanlik) va deindividuatsiya (o‘ziga xoslikning yo‘qolishi) ortib boradi. Individual o‘z-o‘zini o‘xshatish minimallashadi, chunki guruhning har bir aloxida a’zosi o‘zini butunlay guruh ixtiyoriga berib, guruhning boshqa ahzolari bilan birlikda qoniqish xissini tuyishadi. Misol tariqasida o‘smirlar bandasini, maktablarda kuchsiz, himoyasiz o‘quvchilarni doimiy do‘pposlash xodisalarini olish mumkin. YOlg‘iz holda hatto eng janjalkash o‘smir ham o‘z qurboniga yomon so‘z ayta yoki hujum qila olmaydi. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchun odatda o‘qishga nisbatan zid munosabat xos bo‘lib, oxir oqibatda bu uni sinfiga, maktabga, tahlim muassasasi jamoasiga qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Aksariyat hollarda xuquqbuzar o‘smirlar ichki salbiy munosabatlar natijasida maktabda o‘z o‘rnini topa olmagan o‘quvchilar bo‘lib chiqadi. Ijtimoiy nuqtai nazardan o‘smirlik ilk ijtimoiylashuv davrini bildiradi. Biroq o‘smirlik bolalik davriga nisbatan ziddiyatligi bilan farqlanib turadi. Ushbu davrdagi noqobillik va ularning o‘smir idrokiga o‘rnashib qolishini ana shu ziddiyatlardan izlash kerak.
Laboratoriya va tabiiy sharoitlarda agressiyaning kuchayishi quyidagi omillarga bog‘liq:
- agressorning erkak jinsiga mansubligi;
- individ tabiiy agressivligining balandligi;
- alkogol ta’siri;
- zo‘ravonlik sahnasini kuzatish;
- agressorning anonimligi;
- qurbonning g‘alamislik xulqi;
- qo‘l ostida ko‘rolning mavjudligi;
-guruhning ta’siri.
Ayrim tadqiqotlarda agressiv harakatlar agressivlikning kuchayishiga sabab bo‘lgan. Agressivlikni namoyon qilish dushmanlikning kuchayishiga olib keladi. SHafqatsizlik akti har doim shafqatsizlikka ustanovka beradi. Agressiv harakatning kuchsiz namoyon bo‘lishi shunga olib keladiki, odam o‘z xatti-harakatida biron-bir jazoga loyiq narsani ko‘rishdan voz kechadi. Odamlar o‘zlarining bo‘lg‘usi agressiyalari irratsional, beaqllik bo‘lib ko‘rinmasligi uchun qurbonlarining fazilatlarini kamsitishga harakat qilishadi.
Agar g‘azabni birinchi martadayoq tiyilsa, keskinlik chiqishi ham pasayadi, bo‘lmasa aksincha, tormozlanish pasayadi. Umuman olganda biz o‘z agressiyamizni tiyishimiz kerakmi? Indamasdan qovoq-tumshuqni osiltirish, atrofdagilarga o‘z g‘azabimizni sochganimizdan ko‘ra samaraliroq bo‘lmasa kerak, chunki biz bari-bir xayolan o‘zimizni xafa qilgan odam bilan tortishamiz. Baxtimizga o‘z hissiyotlarimizni namoyon qilish va boshqalarga ularning xulqi bizga qanday ta’sir qilganligini bildirishning noagressiv usullari ham mavjud. Agressiyasiz ham shiddatli bo‘lish mumkin. "Kimki o‘zining butun tarovati bilan g‘azabdan quturib ketayotganligini ko‘rsatsa, o‘z qaxrini chuqurlashtirgan bo‘ladi" CHarlz Darvin. 1872 yil. Odamlar va hayvonlarda emotsiyalarning namoyon bo‘lishi.
Agar agressiv xulq o‘rganish jarayonida orttirilsa, uni nazorat qilishga umid bor. Agressiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan omillarni ko‘rib chiqib, unga qanday qilib qarshi turish mumkinligini o‘ylab ko‘ramiz. Dushmanlik agressiyasiga aversiv tajribaning turli tiplari; frustratsiya va shaxsiy haqoratlash undaydi. SHunday ekan eng aqlli yo‘l odamlarning amalga oshmaydigan orzular va bexuda umidlar bilan boshlarini og‘ritmasliklari. Instrumental agressiya oldindan taqdirlanish lazzati va ehtimol tug‘ilgan sarf-harajatlar tufayli kelib chiqadi.
Demak, biz bolalarda hamkorlik va noagressiv xulqni rag‘batlantirishimiz kerak. Tajribalarda bolalarning agressiv xulqi pisand qilinmasdan, noagressiv xulqi mustahkamlanganda ular kamroq agressiv bo‘la borganlar. Agressorni jazolash har doim vaqtni bexuda ketkazish demakdir: jazolash agressiyani faqat ideal sharoitlardagina to‘xtatib qolishi mumkin, ya’ni agar o‘sha zahoti va qattiq jazolansa, agar jazolash ijobiy xulqni rag‘batlantirish bilan birga qo‘shilsa va bunda jazo olayotganning jaxli chiqmasa. Bu sharoitlarga amal qilmaganda agressiya tashqariga otilib chiqadi.
SHunday qilib biz agressiya paydo bo‘lmasdan oldin uning oldini olishimiz kerak. Agar "hayot uchun emas, o‘lim uchun agressiya" sovuq va instrumental bo‘lganda, biz jinoyatchiga o‘zining agressiv niyatlarini amalga oshirishga imkon berib, keyin uni boshqalarga namuna uchun jazolab, shunday jinoyat qilish istagini boshqalarda yo‘qotgan bo‘lardik. Agar shunday bo‘lganda o‘lim jazosi jinoyatlar sonini kamaytirgan bo‘lardi. Lekin afsuski bunday bo‘lmayapti. Jismoniy jazolash qo‘shimcha salbiy samara berishi mumkin.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə