Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


«Blits-so‘rov» asosida jadvalni to‘ldiring



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə41/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

«Blits-so‘rov» asosida jadvalni to‘ldiring




Savollar

Javoblar

1.

Agressiya nima?




2.

Dushmanlik agressiyasi nima?




3.

Instrumental agressiya nima?




4.

Frustratsiya nima?




5.

Deprivatsiya nima?





    1. BBB jadvalini to‘ldiring

T.R

Mavzu savollari

Bilaman

Bilishni
istayman

Bilib oldim

1.

Aversiv holatlar










2.

Televideniening xulqqa ta’siri










3.

Guruhning agressiyaga ta’siri










4.

Agressiya darajasini pasaytirish










































Nazorat uchun savollar:
1.Agressiya haqidagi tushunchangizni bayon eting.
2.Agressiv xulq va uning qanday turlarini bilasiz?
3.Agressiyaning ijtimoiy sabablarini ko’rsating.
4. Agressiya va frustratsiya haqidagi fikringizni bayon eting.
5.Qanday agressiv xolatlarni bilasiz va ularni izohlang.


13-Mavzu: AGRESSIYANING NAZARIYALARI.
Asosiy savollar
1.Agressiyaning psixologik nazariyalari.
2.Agressiyaning biologik nazariyalari.
3.Agressiya va frustratsiya.


Tayanch so’z va iboralar: tajovuzkorlikka moyillik, eros, tanatos, etimologik yondashuv, onaning negativi, frustratsiya, frustratsiya-agressiya


Agressiyaning psixologik nazariyalari.
Bugungi kunda insoniyat tarixi shuni isbotlamoqdaki agressiya shaxs va jamiyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari agressiya keng tortishish kuchi va yuqimlilik xususiyatiga ega bo‘lib bormoqda .Hayotda ko‘pchilik odamlar o‘zini agressiv emasman deb hisoblaydilar lekin uni kundalik hayotda keng namoyish etadilar.
Aynan usha xulq atvor kishilar o‘rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi va nizolarga sababchi bo‘lib qoladi. Insonlarda shaxslararo munosabatlarda xulq-atvor tiplaridan biri agressiyadir.
Stenli SHaxter va Djer Singerlar shunday tajriba o‘tkazishgan. Ikki guruh talabalar qoniga adrenalin ukol qilingan. Birinchi guruhga ukol ta’sirida qon aylanishi va yurak urishi hamda nafas olish tezlashishi ma’lum qilingan. Informatsiyaga ega bo‘lgan talabalar agressiv qo‘zg‘ovchi stimullarga befarq qolishib, o‘zlaridagi agressiv holatni dori ta’siriga yoyishgan. Dorining ta’sir kuchidan bexabar ikkinchi guruh agressiya uyg‘otuvchi omillarga kuchli reaksiya namoyon qilishgan. Xulosa shundayki, ayni paytdagi fiziologik qo‘zg‘alish u yoki bu emotsiyani, odam o‘zidagi qo‘zg‘alishni qanday joylashiga qarab turlicha oziqlantiradi. Tashqi holat insonning ichki tuzilishiga bog‘liq, ya’ni tashqi ta’sirning ijobiy yoki salbiyligi biz uni qanday aks ettirishimizga bog‘liq.
Agressiya nazariyasi. “Inson tajovuzkorlikka moyilligi bo‘lgan agressiv xulq-atvor egasi sifatida dunyoga keladimi yoki aksincha agressiv tendensiyalardan ozod holda tug‘iladimi”, degan masala yuzasidan yarim asr mobaynida psixolog va sotsiologlar bahs-munozara olib borishdi. Bu muammo keng qamrovli bo‘lib o‘rganish ob’ekti inson xulq-atvori hisoblanadi. Bevosita tabiat qonuniyatlari va tarbiya bilan chambarchas bog‘liq holda tadqiq etiladi. Birinchi yondashuvga ko‘ra: insonlar agressiv xulq-atvorga moyil bo‘lib, agressiya orqali ular o‘zlarini, oila a’zolari, yaqin kishilarini himoya qilishlari belgilanadi. Ikkinchi yondashuvga ko‘ra: insonlar jamiyatdagi agressiv modellar va xulq-atvor usullarini o‘zlashtirishlari orqali agressiv xulq-atvor egalariga aylanishadi.
Agressiv xulq-atvor masalasi xorij psixologlari, jumladan, sotsiolog, pedagog, filosof, huquqshunoslik sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni ham necha asrlardan buyon qiziqtirib kelayotgan dolzarb muammolardan sanaladi. Xorij psixologlari agressivlik muammosini tadqiq qilishda bir qator agressiv xulq-atvorga taalluqli bo‘lgan nazariy yondashuvlarga asoslangan holda tadqiqot ishlarini olib borib, bu xulq atvorning paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi mexanizmlarni o‘rganib, tahlil qilishdi. Ular agressiv xulq-atvorning turg‘unligi, o‘zgaruvchanligiga, davomiyligiga e’tibor berishgan 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə