Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə39/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

Jazolash bu aversiv stimulyatsiyaning yana bir ko‘rinishidir; jazo aynan jazo yordamida oldi olinmoqchi bo‘lgan xulqni shakllantiradi. YAna buning ustiga jazolash bu majburlashdir (har qanday majburiy faoliyat tashqi tomondan majburiyligi qanchalik kuchli oqlanmasin baribir kamdan-kam ichki hamdardlik uyg‘otishini eslash kifoya). Xuddi shuning uchun ota-onalarning xaqoratlari bilan o‘sgan bebosh o‘smirlar, oiladagi intizom shafqatsiz jismoniy jazo ko‘rinishini olganda uydan qochib ketadilar.
Ijtimoiy o‘rganish pozitsiyasidan turib yondashuv agressiyani uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi turish yo‘li bilan nazorat qilishni taklif qiladi - boshqacha aytganda aversiv stimulyatsiyani susaytirish, noagressiv xulqni shakllantirish va agressiyaga zid reaksiyalarni aniqlash va mustahkamlash yo‘li bilan agressiv xulq namoyon bo‘lish ehtimolini kamaytirish mumkin.
Agressiya va frustratsiya.
Frustratsiya - maqsadga yo‘naltirilgan xulqning tutilib qolishi. Frustratsiya maqsadga erishishimizga to‘sqinlik qiladigan hamma narsa. Bizning maqsadga intilishimiz kuchli motivatsiyaga ega bo‘lganda, biz lazzat kutib, unga ega bo‘lmaganimizda (masalan, chanqab suv ololmaganimizda) frustratsiya kuchayadi. Frustratsiya agressiv xulq uchun motivatsiya yaratadi. Bevosita frustratsiya manbaiga yo‘altirilgan agressiya uchun jazo qo‘rquvi agressiv qo‘zg‘alishning biron-bir boshqa nishonga, ba’zan frustratsiyalashganning o‘ziga yo‘naltirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
SHarq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” SHu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEVNING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI)
Zamonaviy etika tamoyillari tadqiqot maqsadlarida og‘riq stimulidan foydalanishni qat’iy ravishda cheklaydi. Jismoniy og‘riqdan tashqari «psixologik og‘riq»ni ham kuzatish mumkin. «Psixologik og‘riq» - biz frustratsiya deb ataydigan holatning o‘zidir. Og‘riq odamlarda ham agressiyani kuchaytiradi. Har birimiz boshimiz qattiq og‘riganda yoki oyog‘imizning katta barmog‘ini urib olganimizda shunga o‘xshash reaksiyani eslashimiz mumkin.


Ko‘chirish - agressiyani frustratsiya manbaidan boshqa ob’ektga ko‘chirish. Odatda yangi nishon zararsizroq yoki ijtimoiy ma’qulroq bo‘ladi. Frustratsiya har doim ham agressiyaga sabab bo‘lavermaydi. Ba’zan agressiya bilan bog‘liq stimullar, masalan: qurol, predmet mavjudligida agressiyaning nomoyon bo‘lishi kuchayadi.
Turmush farovonligining o‘sishi qoniqish hissining ortishiga sabab bo‘lmas ekan, reallik hech qachon o‘sib boruvchi umidlar ortidan quvib etolmaydi. Hattoki, yashash sharoiti yaxshilashsa ham "o‘sib borayotgan umidlar inqilobi" tufayli frustratsiya ortishi mumkin.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə