Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


lkkinchi shaxsni tushunish mexanizmlari



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə53/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

lkkinchi shaxsni tushunish mexanizmlari.
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to‘g‘riroq idrok qilish uchun o‘zlarini bir-birlarining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga harakat qiladilar. YA’ni, o‘zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi mumkin. Identifikatsiya — inson o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo'yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi. Identifikatsiya (lotincha «tenglashtirish», «aynan o'xshatish») bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifmi subyektning o'z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o'xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o'zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o'zining o'miga qo'yib ko'rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o'y-fikrlari, mayllari va his-tuyg'ulari haqida taxmin qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida universitet qoshida hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib qolgan talaba o'zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini xayolan o'z boshidan kechira boshlaydi.
Refleksiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, xolatidan turib, o‘zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. CHunki, busiz odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi mumkin. Refleksiya — inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Refleksiya — (lotincha «aks ettirish») — o'z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdoshi uni qanday idrok etayotganligini anglashi. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini ham aks ettiradi. Agar kishi o'zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato aniqlikda o'zaro ta’sir o'matishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xattiharakatining sabablarini o'ylashga majbur bo'ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg'ular, intilish va fikrlashning o'ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb ataladi. O'qituvchilar tomonidan bola harakatlarining sababi shunday talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə