Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


KICHIK GURUHLARNING TURLARI



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə56/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

KICHIK GURUHLARNING TURLARI



SHartli (nominal)

Real (hakikiy)



Tabiiy

Laboratoriya tipli



Formal (rasmiy)

Noformal (norasmiy)



Kuchsiz rivojlangan

Kuchli rivojlangan

Korporatsiya

Jamoalar

Referent

Noreferent

Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. bunday bo‘linishni amerikalik olim e. meyo taklif etgan edi. uning fikricha, rasmiy guruh:;ar bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o‘rnining aniqligi bilan harakterlanadi. bunday guruhlarda munosabatlar asosan ''vertikal" tarzda ro‘y berib, guruhning bir yoki bir necha a’zosida ''hokimiyat" bo‘lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni — ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o‘quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.
Rasmiy guruhlardan farqli o‘laroq norasmiy guruhlar ham mavjud bo‘ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo‘lmaydi. Ko‘pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo‘lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqkan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashqari, ijtimoiy psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G. Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o‘z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar guruhi mavjud bo‘lar ekanki, u o‘z hatti-harakatlari, fikrlari va yo‘nalishlarida o‘sha guruh a’zolariga ergashish, ularning fikrlarini tanqidsiz qabul qilishga moyil hamda tayyor bo‘lar ekan. SHunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi. O‘quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o‘qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do‘sti yoki qarindoshlaridan kimdir o‘ynashi mumkin. SHunisi harakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo‘lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a’zolik guruhi) tarkibida yoki unga qarshi bo‘lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo‘lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo‘lib, uning xulq-atvor uchun etalon hisoblanadi. Tadqiqotchi yoki tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay olish va aniqlagandan so‘ng nima uchun aynan shu guruh referent rolini o‘ynaganini bilish muhimdir. Referent guruhga qarab shaxsga baho berish, uning xulq-atvorini bashorat qilish mumkin.
Agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisani tomoshabini bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, agregatsiya (olomon) deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir - birlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi kerak. Amerikalik psixolog CH. Kuli hamkorlikning darajasi mezoniga ko‘ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etgan edi. Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir «yuzma - yuz, bevosita» ro‘y beradi. Masalan, oila davrasidagi, sinfdagi, hisobchilar xonasida o‘tirganlar birlamchi guruhga misoldir.
Ikkilamchi guruhlarda har doim ham odamlarning bevosita muloqotda bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi. Masalan, yirik bir tashkilotdagi tizimlar orqali muloqot, kasaba uyushmasiga birlashgan odamlar, «Vatan» taraqqiyoti partiyasi a’zolarining bog‘liqligi ikkilamchi guruhga misol. Ularda ham umumiylik bo‘ladi, masalan, o‘sha partiyani oladigan bo‘lsak, ular Qashqadaryoda bo‘ladimi, Farg‘onadami, baribir umumiy g‘oya atrofida birlashishadi, a’zolik badallarini vaqtida to‘lab turishadi, saylov oldi kompaniyalarida bir - birlarini qo‘llab - quvvatlab turadilar.
Turli guruhlar inson hayotida bir necha funksiyalarni bajaradilar: a) ijtimoiylashtiruvchi funksiya; b) instrumental, ya’ni, aniq mehnat funksiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi muhit; v) ekspressiv - odamlarning o‘zgalarning tan olishlari, hurmatga sazovor bo‘lish, ishonch qozonishini ta’minlash; g) qo‘llab - quvvatlash, ya’ni, qiyin paytlarda, muammolar paydo bo‘lganda odamlarni birlashtirish funksiyasi.
Kichik guruhlarning shakllanishi. Konformizm hodisasi. Guruhiy qarorlar qabul qilish. Guruhning individga va individning guruhga ta’siri. Ijtimoiy fasilitatsiyasi va ijtimoiy ingibitsiyahodisasi.
Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Ma’lumki, guruhda to‘plangan kishilar o‘rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo‘ladiki, ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra, o‘ziga xos sotsial psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi.
Guruhning shakllanishi, uning paydo bo‘lishi haqida gapiriladigan bo‘lsa, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo‘ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning tug‘ilishi, rivojlanishi va ularning maktablarda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o‘xshash oliy ma’lumotli shaxslar kerak bo‘lganligi uchun paydo bo‘ladi va hakozo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uni sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq. CHunki har bir normal insonda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo‘linishi taqozo qiladi. Lekin guruhga a’zo bo‘lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo‘ladi.
Birinchidan, guruh o‘z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi ( o‘zbek tilida “moslanish” ma’nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, hulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilish yoki qabul qilmasligi bilan bog‘liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish, uning ta’siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olishi mumkin.
SHuning uchun ham individ ana shunday hatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo‘shilish turli shakllarda bo‘lishi mumkin: tashqi konformlilik - individ guruh fikriga nomigagina qo‘shiladi, aslida ruhan u guruhda qarshi turadi: ichki konformlilik – individ guruh fikriga to‘lig‘icha qo‘shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o‘rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo‘lmaydi. Bu o‘rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo‘lsa “negativizm” tushunchasidir, bu individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay, lekin mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydi.Guruhlardagi yana bir jarayon - bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashliri, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi asosiy omil - bu o‘sha gurhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo‘nalishi va mazmunini bilishdagi g‘oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikka ijobiy zamin hisoblanadi.Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi bhlimlarda o‘rganamiz.
Kichik guruxlarga xos qonuniyatlar
Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha engillashtiradi.
Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Ma’lumki, guruhda to‘plangan kishilar o‘rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo‘ladiki, ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra, o‘ziga xos sotsial psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi.
Guruhning shakllanishi, uning paydo bo‘lishi haqida gapiriladigan bo‘lsa, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo‘ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning rivojlanishi va ularning maktablarda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o‘xshash oliy ma’lumotli shaxslar kerak bo‘lganligi uchun paydo bo‘ladi va hokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq. CHunki har bir normal insonda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin guruhga a’zo bo‘lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo‘ladi.
Birinchidan, guruh o‘z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (o‘zbek tilida ''moslashish" ma’nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilishi yoki qabul qilmasligi bilan bog‘liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish uning ta’siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olishi mumkin. SHuning uchun ham individ ana shunday hatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo‘shilish turli shakllarda bo‘lishi mumkin: tashqi konformlilik — individ guruh fikriga nomigagina ko‘shiladi, aslida ruhan u guruhga qarshi turadi; ichki konformlilik — individ guruh fikriga to‘lig‘icha qo‘shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o‘rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo‘lmaydi. Bu o‘rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo‘lsa ''negativizm'' tushunchasidir, bu individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay, lekin mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydn.
Guruhlardan yana bir jarayon-bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil — bu o‘sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo‘nalishi va mazmunini bilishdagi g‘oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiylik uyushqoqlikka ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.
Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi, uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi.
Konformizmi va nonkorformizm xodisalarining mohiyati
Konformizm - bu real yoki tasavvurlardagi guruhning shaxs e’tiqodi va xulq-atvoriga ta’sirini tushuntiruvchi xodisadir. U ikki xil namoyon bo‘lishi mumkin:
 yon berish - qalban qo‘shilmasa-da, tashqi xaraktada ko‘pchilik firiga ergashish;
 ma’qullash - e’tiqod va qarashlarning ijtimoiy tayziqqa to‘la mos kelishi.
Konformizmning tabiatini tushuntiruvchi eksperimentlar (masalan, Muzafer SHerif, Solomon Ash, Milgram va b.q.) ma’lum ma’noda bizga hayotda yoqmaydigan narsalarning kelib chiqishini, masalan, johillikning, o‘g‘rilik yoki boshqa illatlarning tabiatini tushunishga imkon beradi, ya’ni, johillik yoki yomonlik, albatta yomon odamlarning borligi uchun kelib chiqmaydi, balki odamlarning turli vaziyatlarda noxaqlikka ko‘nikishlari yoki xudbinlik yoki yovuzlikni ko‘rib o‘tib ketaverish, ularga nisbatan isyonni namoyon qilmaslik oqibatidir.
Konformizm xodisasini eksperimental yo‘l bilan o‘rgangan tadqiqotchilarning fikricha, bu - ma’lum shart-sharoitlarning oqibatidir. Masalan, konformizm guruhning katta yoki kichikligiga, uning hajmiga bog‘liq. Odamlar o‘zlari uchun biroz bo‘lsa-da, obro‘li yoki yoqimtoy bo‘lgan odamlar soni uch yoki undan ortiq bo‘lgan sharoitda ularning gaplariga juda tez ishonib, ergashib ketaveradilar. Bundan tashqari, yuqori darajali konformizm xolati biror masala yuzasidan javoblar ko‘pchilik ichida berilganda, yoki oldindan biror javobga sha’ma qilinmagan sharoitda tez sodir bo‘ladi.
Nima uchun odamlar konformizmni namoyon etadilar, bu aslida inson tabiatiga zid emasmi? degan savol tabiiy. YOki bo‘lmasa, ko‘pchilikning ta’siriga o‘ylamay-netmay berilaverish yaxshimi? Bu shaxsning o‘zligiga, mustaqilligiga putur etkazmaydimi, degan savol o‘rinli bo‘lib, uning javobini ikki manbadan - jamiyatning insonlar uchun ishlab qo‘ygan normalari tizimidan, shunga mos tarzda odamning o‘zgalar tomonidan tan olinishiga intilishidan va odamlarning o‘zaro kommunikativ ma’lumotlar almashinishlari jarayonida so‘zlar va iboralar orqali bir-birlariga etkazadigan ta’sirlari orqali tushuntirishga xarakat qiladi.
Kim ko‘proq konformli, degan savolga ko‘pchilik mualliflar ayollarning erkaklarga, yoshlarning kattalarga nisbatan ancha ishonuvchan va ta’sirlarga beriluvchan ekanliklarini e’tirof etadilar. Bundan tashqari, olimlar bu xodisaning milliy-xududiy o‘ziga xosliklarini va bu kabi xulq-atvor ayrim tang, sust vaziyatlarda odam irodasining pastlashi sifatida namoyon bo‘lishini aytishgan. Nima bo‘lganda ham, bizningcha, shaxsning tashqi tayziqlarga berilishi, tanqidsiz u yoki bu xarakat tiplariga ergashib ketaverishi individual xususiyatlarga ega bo‘lib, u odamning dunyoqarashiga, mentalitetiga va ma’lumoti darajasiga bog‘liqdir.
Nokonformizm-chi? Kimlar o‘zgalar fikriga ergashmaydi? SHunday insonlar toifasi borki, ular ko‘pchilikka, qolaversa, ikkilanuvchilarga ergasholmaydi. Ular hakida ba’zan liderlar termini, ba’zida esa, «qo‘shilmaslar» iborasi ishlatiladi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? O‘zbeklarda «Podadan ajraganni bo‘ri eydi» degan maqol bo‘lishiga qaramay, aynan ana shunday yagonalar, kamchilikni tashkil etuvchi «qo‘shilmaslar» tarixiy shaxslar yoki jamiyatda tub islohotlarni boshlovchilar bo‘lib chiqadi. Agar bunday qobiliyat tug‘ma - xarizmatik bo‘lib, buni odamlar qalban xis qilsalar, ular norasmiy liderlarga aylanadi, agar bunday intilish ataylab, boshqalarga ko‘rsatib qo‘yish uchun namoyish etilsa, ular rasmiy liderlarga - rahbarlarga aylanib qoladilar. Nima bo‘lganda ham liderlik va rahbarlik muammolari ham ijtimoiy psixologiyaning ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
SHaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida, shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhida, jamoada bo‘lgan takdirda ro‘y beradi. SHuning uchun ham mutaxassislar jamoalarda ro‘y beradigan shaxslararo ta’sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda odamlar mehnatini tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak.
Har bir shaxsning fe’l-atvorida, hatti-harakatlarida u mansub bo‘lgan millat, halk, xudud, professoinal toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi mukim guruhi, oilasining ta’siridan paydo bo‘lgan sifatlari va xususiyatlari bo‘ladi. Tarixiy shart-sharoit, davr, davlat tuzimi va o‘sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta’sirlar haqida yuqorida gapirgan edik. Bu ta’sir makro bosqichdagi ta’sirlar deb atalib, yaqin muhitning tasiri - mikro bosqichdagi ta’sirlar deb yuritiladi. Ikkala bosqichdagi ta’sirlar ham ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli va tarbiyaviy mohiyatga egadir. CHunki har bir sharoitda shaxs o‘ziga xos ijtimoiy rollarni bajaradi va o‘zining «qiyofasini» namoyon etadi. Mehnat jamoasida professoinal rollarni bajarish jarayonidagi xulq-atvori shaxsning ma’naviy va psixologik ko‘rinishidagi asosiy omil bo‘lib, katta yoshdagi odam psixologiyasini tubdan o‘zgartirish uchun uning professional faoliyatini ham o‘zgartirish kerak, deyiladi.
SHunday qilib, shaxsga bir vaqtning o‘zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri bo‘lib turadi. To‘g‘ri, ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta’siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilik yillarida maktabdagi o‘quvchilar guruhining ta’siri mahalladagi o‘rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo‘lishi, yangi xonadonga kelin bo‘lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri talabalik guruhinikidan kuchliroq bo‘lishi tabiiy. Lekin har bir alohida daqiqada biz doimo ma’lum guruhlar ta’sirida bo‘lamiz. Xo‘sh, guruhning o‘zi nima? Guruh - ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to‘plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror faoliyatning bo‘lishligi (mehnat, o‘qish, o‘yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u erda odamlarning o‘zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo‘ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, g‘oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo‘ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deb ataladi. Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar.
Normativ guruhlar - bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal guruhlarni kiritish mumkin. Masalan, o‘zbek halki uchun dasturxon atrofiga o‘tirgan zaxoti yuzga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga «Xush kelibsizlar» deyishlari norma hisoblanadi va har bir oilada shunday harakatlarga nisbatan ijobiy ustanovka shakllanadi. Bunda bola uchun referent rolini ota-onasi, kattalar, mahalladagi hurmatli insonlar o‘ynaydi.
Qiyoslash guruhlari - bu shunday guruhki, shaxs o‘sha guruhga kirishni, uning ma’qullashiga muxtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z harakatlarini yo‘lga solishda unga asoslanadi va korreksiya qiladi. Masalan, talabalar guruhida shunday yoshlar bo‘lishi mumkinki, shaxs ular bilan umuman muloqotda bo‘lmaydi, ularning fikrlari yoki qarashlarini yoqlamaydi, lekin bu guruh aynan o‘shalarga o‘xshamaslik va o‘z ustida ko‘proq ishlashga o‘zini safarbar qilish uchun kerak. YOki talaba yoshlar sessiya yakunlariga ko‘ra differensial stipendiya oladilar. O‘rtacha o‘zlashtiruvchi talaba uchun «hamma talabalar» oladigan stipendiya mikdorini nazarda tutib, o‘zini tinchlantiradi, a’lochi esa, o‘zinikini nafaqat oddiy, o‘rtachalar bilan balki, davlat stipendiyalari oladiganlar bilan ham solishtiradi. Ko‘rsatgichlar qanchalik yuqori bo‘lsa, shunga mos da’vogarlik darajasi ham yuqori bo‘ladi, shaxsning qiyoslash guruhlari ham ortiqroq bo‘ladi.
Negativ guruhlar - shundayki, shaxs ularning hatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutloq farq qiladi. Masalan, ikki qo‘shni bir-biri bilan murosalari kelishmasa, hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni ikkinchisi tanlamaydi. Biri «oq» desa, ikkinchisi - aksincha, «qora» deb turaveradi.
Guruhlarning turlari
Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo‘ladigan, vaqtini birgalikda o‘tkazadilar kishilar guruhi ham turli xil bo‘ladi. Masalan, agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisani tomoshabini bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, agregatsiya(olomon) deb atashadi. haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi kerak. Amerikalik psixolog CH. Kuli hamkorlikning darajasi mezoniga ko‘ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etgan edi. Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir «yuzma-yuz, bevosita» ro‘y beradi. Masalan, oila davrasidagi, sinfdagi, hisobchilar xonasida o‘tirganlar birlamchi guruhga misoldir.
Ikkilamchi guruhlarda har doim ham odamlarning bevosita muloqotda bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi. Masalan, yirik bir tashkilotdagi tizimlar orqali muloqot, kasaba uyushmasiga birlashgan odamlar, «Vatan» taraqqiyoti partiyasi a’zolarining bog‘liqligi ikkilamchi guruhga misol. Ularda ham umumiylik bo‘ladi, masalan, o‘sha partiyani oladigan bo‘lsak, ular Qashqadaryoda bo‘ladimi, Farg‘onadami, baribir umumiy g‘oya atrofida birlashishadi, a’zolik badallarini vaqtida to‘lab turishadi, saylov oldi kompaniyalarida bir - birlarini qo‘llab-quvvatlab turadilar.
Ko‘pincha guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga ham bo‘lib o‘rganishadi. Rasmiy guruhdagi munosabatlar rasmiy normalar va huquq burchlar tizimi bilan belgilangan bo‘ladi. Masalan, guruhda boshliq bilan xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlovchi guruh rasmiy bo‘lsa, norasmiy - ichki, bevosita psixologik munosabatlarni ta’minlovchi guruh hisoblanadi. Masalan, do‘stlar guruhi, yoki talabalar guruhidagi barcha qizlarning tanaffus paytidagi muloqoti guruhi.
Guruh o‘lchamlari va uning tizimi
Guruhlar ulardagi odamlar soniga ko‘ra katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Psixologiyada ko‘proq kichik guruhlar o‘rganiladi. Uni necha kishi tashkil etishi, necha kishi hamkorliklagi faolityati ko‘proq samara berishi masalasi amaliy ahamiyatga egadir. Ko‘pchilik olimlar guruhning boshlangich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan ikki kishini - diadani tan olishadi. Polyak olimi YAn SHepanskiy bunga qo‘shilmasa-da (uning fikricha kamida uch kishi - triadadan boshlanadi), har qalay diada o‘ziga xos uyushma sifatida tan olingan. Masalan, yangi oila qurib, birga yashayotgan kishilar, sevishganlar, ikki do‘st - o‘ziga xos kichik guruh. Har qanday kichik guruhga xos sifat shuki, uning a’zolari bir-birlari bilan bevosita muloqotga kirishish, «yuzma-yuz» bo‘lish imkoniyatga ega bo‘ladi. Har bir kishi uchun shu guruh juda ahamiyatli bo‘lib, uning normalariga o‘zi xohlab-xohlamay bo‘ysuna boshlaydi. Kichik guruhning chegarasi masalasi ham ko‘p muhokama qilinadi.
G.M. Andreeva bu chegarani 12-15 kishi deb hisoblasa, amerikalik Moreno o‘z vaqtida bu chegarani 30-40 gacha surgan edi. Lekin bizningcha, uning yuqori chegarasi necha kishi bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zaro bevosita muloqot imkoniyatini berishi va har bir a’zo bir-biriga ta’sir ko‘rsata olishi kerak.
Har bir o‘ziga xos psixologik tizimga ham ega. Uni tashkil etuvchi elementlar nisbatan barqaror bo‘lib, ular guruh a’zolari xulq-atvorini muvofiqlashtirib turadi. Avvalo guruhning maqsadini ajratish kerak. Maqsad - odamlarni jamoa mehnati atrofida uyushtirib, birlashtiruvchi psixologik elementdir. Masalan, barcha talabalarning maqsadi - o‘qish, professoinal malaka orttirib, mutaxassis bo‘lib etishish.
Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har bir odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.
Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi va uyg‘gunlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.
Guruhning uyushganligi ham dinamik ko‘rsatgichlardan bo‘lib, shu nuqtai nazardan har bir guruh bir-biridan farq qiladi. Masalan, odamlar hamkorlikda bajarayotgan ishning qiziqarli va hamma uchun manfaatli ekanligi, guruh normalarining a’zolar tomonidan umuman olganda qabul qilinishi, qadriyatlar tizimini tasavvur qilishdagi fikrlar mosligi uyushqoqlikning mezonlaridir.
Guruhning tizimi yana uning katta-kichikligiga ham bog‘liq. Masalan, 5-10 kishidan iborat guruhdagi munosabatlar yaxshiroq, uyg‘unroq va faoliyat samaraliroq hisoblanadi. CHunki bunday guruhlarda norasmiy muloqot uchun ma’qul sharoit mavjud bo‘ladi. Bunday guruhlarda «guruhbozlik» degan illat ham bo‘lmaydi. Guruhning hajmi ortib borgan sari ularda rasmiyatchilik, rasmiy yuzaki munosabatlar ko‘payadi va bu odamlar o‘rtasidagi insoniy munosabatlarda o‘z aksini topadi.
Jamolarda psixologik o‘zaro moslik
Guruh hayoti va undagi a’zolarning o‘zlarini yaxshi his qilishlari ko‘p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir-birlariga ijobiy munosabatda bo‘la olishlariga bog‘liq. Bu hodisani tushuntirish uchun psixologiyada psixologik moslik tushunchasi mavjud. Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi. Moslikning mezoni sifatida N. Obozov quyidagilarni ajratadi:
a) faoliyat natijalari;
b) a’zolarning sarflagan kuch - energiyalari;
v) faoliyatdan qoniqish.
Ikki xil o‘zaro moslik farqlanadi: psixofiziologik va ijtimoiy psixologik. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish ritmi va tempidagi uyg‘unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo‘nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko‘proq konveyer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo‘lsa, bu oliygoh o‘qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ularda ko‘proq ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati kattadir.
O‘tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko‘plab qirralari bo‘lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni birlashtirgan bo‘lsa, o‘sha maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg‘unlikning bo‘lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Gruppaviy qarorlar qabul qilishda o‘zaro ta’sir masalasi
Guruhda odamlarning bir-birlarini yoqtirishlari yoki aksincha, inkor qilishlari ko‘pincha turli xil qarorlar qabul qilish jarayonida ro‘y beradi. Grupaviy qarorlar qabul qilish individual qarorlar qabul qilish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida ham avval muammo aniqlanadi, ma’lumotlar to‘planadi, bir nechta takliflar ilgari suriladi va nixoyat, eng ma’quli qabul qilinadi. Lekin guruhda bu jarayon biroz boshqacharoq kechadi va nizolar ko‘pincha aynan shu jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi.
Amerikalik psixolog T. Mitchellning fikricha, o‘zaro ta’sir gruppa sharoitida quyidagi omillar vositasida ro‘y beradi:
1) ayrim a’zolar boshqalariga nisbatan ko‘proq gapirishga moyil bo‘ladilar;
2) yuqoriroq mavqega ega bo‘lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga tazyiq o‘tkazishadi;
3) guruhda ko‘p vaqt o‘zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini olishga ketib qoladi;
4) guruhda ayrim odamlar ta’sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga nomuvofiq qarorlar qabul qilish xollari kuzatiladi;
5) barcha a’zolar o‘zlari sezmagan holda konformlilikka berilishlari va guruh ta’siriga tushib qoladilar. SHuning uchun ham ba’zan majlisni olib boruvchi rais kun tartibini e’lon qilgan bo‘lsa-da, undan chalg‘ib ketishi va o‘rinsiz qarorlar qabul qilishi mumkin.

Nazorat uchun savollar:


1.Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik nima?
2.Moslikning mezoni sifatida N. Obozov nimalarga e’tibor qaratgan?
3. Kichik guruhlarda shaxslar soni nechtagacha bo’lishi mumkin?
4. Kichik guruhning tuzilishi va dinamik xarakteristikasini yoriting.
5. Kichik guruhlarning shakllanishi nimalarga e’tibor beriladi?
6. Konformizm hodisasi nima?
7. Guruhiy qarorlar qabul qilishda nimalar nazarda tutiladi?
8 Ijtimoiy fasilitatsiyasi va ijtimoiy ingibitsiyahodisasi.
9. Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
10.R.S.Nemov kichik ijtimoiy guruhlarni qanday klassifikatsiya qilgan?

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə