Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
Sarf va bosim o‗lchashlardagi yangiliklar ? 
Sarf bu nima? 
Xajmli sarf oʻlchash usuli? 
Ekspertiza, o‟lchash vositalarini davlat sinovlarinidan o‟tkazish, malakani tekshirish provayderi va 
xalqaro munosabatlar ilmiy ishlab chiqarish bo‟limi faoliyatini o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
Ekspertli usullar. Ekspertlarning tajribasi, ziyrakligi, bilimdonligiga asoslangan. 
Ekspertlarning xulosalari yuqori aniqlikda, ishonchli, asoslangan, yanglishmagan, jamoa fikridan mustaqil, 
yangilangan, dadil va keng ko‗lamli bo‗lishi lozim. Ekspert usullari obyekt to‗g‗risida nazariy yo‗l bilan yoki 
eksperimental usullar bilan ma‘lumotlar olish imkoni bo‗lmagan hollarda qo‗llaniladi. Quyidagi ekspert usullari 
mavjud: evristik (aqliyhujum, ssenariyli, anketali) vajamoali ekspertizalar. Ekspertlar guruhi doirasida jamoali 
ekspertiza usuli yanada xolisona va istiqbolli usul bo‗lib hisoblanadi. Biroq, muayyan sharoitlarga bog‗liq holatlarda 
bu usullardan kombinatsiyalashgan holda foydalaniladi. 
Bo‘limning asosiy vazifalari: 
– O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini va o‘lchash natijalarining ishonchliligini ta‘minlash;


46 
– O‘zbekiston Respublikasi metrologik xizmatini mustahkamlash va rivojlantirish
– O‘zbekistonda o‘tkazilgan o‘lchov va sinov natijalarining xorijiy hamkorlar tomonidan tan olinishiga 
ko‘maklashish; 
– metrologiya va akkreditatsiya sohasidagi nohukumat xorijiy loyihalard a ishtirok etish; 
– ―O‘zMMI‖ DK rahbariyati tomonidan chet el delegatsiyalari va vakillarining qabul qilinishi bilan bog‘liq 
protokol tadbirlarni bajarish, shuningdek uchrashuv bilan bog‘liq materiallarni o‘rganib, maqsadga muvofiqligidan 
kelib chiqqan holda tavsiyalar ishlab chiqish; 
– xorijiy hamkorlar va kompaniyalar bilan shartnoma va bitimlar tuzish hamda ularni amalga oshirishdan 
iborat. 
―O‘zMMI‖ DK qoshidagi O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish, metrologik ekspertiza qilish, 
ilmiy – tadqiqot faoliyati va xalqaro munosabatlar bo‘limi quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatadi: 
- O‘lchash vositalari davlat reestriga O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan va unga import qilinadigan 
o‘lchash vositalarini kiritish maqsadida o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish; 
- O‘lchash vositalarini sinash «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan 
davlat metrologik tekshiruv va nazoratining tarqalish doirasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan O‘zDst 8.009:2004 
me‘yoriy hujjatga muvofiq respublikada o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishda yoki Respublikaga to‘plab olib 
kirishda o‘tkaziladi. 
Bo‘lim PVG – 06 – 2001 MDH mamlakatlarining davlatlararo kelishuvi «O‘lchash vositalarini sinash va 
turini tasdiqlash, qiyoslash, metrologik attestatlash natijalarini tan olish tartibi»ga muvofiq turni tasdiqlash 
sertifikatlarini tan olish tartibotini amalga oshiradi. Tan olingan turni tasdiqlash sertifikatlari o‘lchash vositalarini 
Respublika hududida davlat metrologik tekshiruv va n azoratining tarqalish doirasida birlamchi qiyoslash muddati 
tugaguncha ishlatish huquqini beradi. 
Bo‘limda yangi ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalariga quyidagi me‘yoriy hujjatlar ekspertizasi ham 
o‘tkaziladi: 
– o‘lchash vositalari texnik shartlarining ekspertizasi; 
– o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarining ekspertizasi; 
– o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarining ekspertizasi; 
– o‘lchash vositalari va tizimlarini attestatlash uslubiyatlarining ekspertizasi; 
Tadbirkorlik sub‘ektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarining loyihalari 
va yakuniy tahrirlarini attestatlash, tasdiqlash va davlat reestrida ro‘yxatga olish, ularning amal qilish muddatini 
uzaytirish maqsadida ekspertiza qilish, shuningdek xorijiy ishlab chiqaruvchilarning O‘lchash vositasini tan olish 
tartibotini amalga oshirish uchun IDXYAP (YEPIGU) orqali arizalar qabul qilish tizimi joriy qilingan. 
―O‘zstandart‖ agentligining 2016 yil 17 iyuldagi 415 – sonli buyrug‘iga asosan ―O‘zstandart‖ agentligining 
metrologiya bo‘yicha vaqtinchalik Ilmiy – texnik komissiya (ITK) a‘zolarining tarkibi tasdiqlangan. 10 – bo‘lim 
boshlig‘i metrologiya bo‘yicha Ilmiy – texnik komissiya kotibidir. Metrologiya bo‘yicha ITK yig‘ilishlarida O‘V 
tasdiqlangan turini tan olish, O‘V turini tasdiqlash bo‘yicha sinovdan o‘tkazish maqsadida hujjatlar to‘plamini 
ko‘rib chiqish va tasdiqlangan turdagi O‘V sertifikatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqiladi. 
Ushbu yig‘ilishda ―O‘zstandart‖ agentligi bosh metrologi tomonidan tasdiqlanadigan ITK bayoni olib boriladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə