3
Kirish
Maktabgacha yoshdan bolalarda matematik bilimlarning etarli bo‘lishiga
katta ahamiyat berish muhimdir. CHunki, inson hayoti davomida matematik hisob-
kitoblarga tez- tez duch keladi, ya’ni matematik bilimlar har qadamda kerak bo‘ladi.
Agar biz maktabgacha yoshdan bolalarni matematika
olamiga turli qiziqarli
usullardan foydalangan holda olib kira olsak, matematik bilimlar bilan etarli
darajada qurollantirsak, ular maktabda a’lo baholarga o‘qib,
yuqori natijalarga
erishadilar, hayoti davomida xalqimiz uchun foydali kasbni tanlash va chuqur
egallashda qiynalmaydilar. Chunki qaysi kasbni olmaylik uni mahorat bilan
bajarishga albatta matematik bilimlar kerak bo‘ladi. SHu sababli turli ta’limiy
usullar, qiziqarli she’rlar, topishmoqlar orqali bolalarning yoshiga mos matematik
bilimlar berib borishga katta ahamiyat berish muhimdir.
1
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr
kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish
masalalariga
bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti xabar berdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat
maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatda milliy
genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar
etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 16 avgust
kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta'lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari
belgilab berildi. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh
qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yilgan edi.
Prezidentning joriy yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim
muassasalari davlat va
1
https://kun.uz/uz/news/2017/10/20/mirzieev-maktabgaca-talim-tizimi-bujica-jigilis-utkazdi
4
nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga
bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya
jarayonlariga zamonaviy
ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama
intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va
takror aytishga
to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident.
Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-
bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: