20
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq,
quyidagilarni nazarda tutgan holda:
maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada
takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng
foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini
rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha
ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini
ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini
tayyorlash,
qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga
mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan
ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash;
b) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
(keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
v) 2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
g) 2025-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.