H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə30/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Ho’llanish issiqligi. Ho’llanish sirt energiyaning kamayishi bilan sodir
bo’ladigan o’z-o’zicha boradigan jarayondir. Agar berilgan suyuqlik miqdori sirt
bilan o’zaro ta’sirlashadigan miqdordan ortiq bo’lsa, bu holda kuzatiladigan 
issiqlik to’g’ridan-to’g’ri ho’llanish issiqligi deb yuritiladi.
Qattiq jism sirtiga quyilgan tomchi ustiga yana tomchilar qo’shilsa, o’sha 

vaqtda sistemaning differensial ho’llanish issiqligi kamaya boradi. Binobarin,


differensial ho’llanish issiqligining maksimal qiymati qattiq jism sirtidagi suyuqlik 
miqdori nolgateng bo’lgan holatdagi ho’llanishga, ya’ni fazalarning ajralish
chegarasiga muvofiq keladi. Differensial ho’llanish issiqligi doimo musbat 
qiymatga ega. Chunki ho’llanish paytida har doim issiqlik ajralib chiqadi. Sirt
suyuqlikning yakka-yakka molekulalari qavati (monomolekulyar qavat) bilan 
to’lganida issiqlik nolga teng bo’ladi. Sirtda monomolekulyar qavat hosil
bo’lganda issiqlik ho’llanish issiqligiga teng bo’ladi. Umumiy sirti katta bo’lgan 
sistemalar (kukun va g’ovak jismlarning) ho’llanish issiqligi j/m
2
yoki j/g bilan 

ifodalanadi. Ko’pincha uning qiymatlari 5-1000 j-g atrofida bo’ladi. Ho’llanish


vaqtida issiqlik chiqarishi suyuqlik hajmi kattalashishiga asoslanib tajribada 
ho’llanish issiqligini aniqlash mumkin. Buning uchun D’yuar idishi olib uning




58


ichiga kapilyar naychaga ulangan probirka tushiriladi; bu probirkaga bir-biridan
ajratilgan sinaladigan suyuqlik va qattiq jism joylashgan bo’ladi. 
Kapilyar naychaga hajmi issiqdan kattalashadigan suyuqlik (masalan, toluol) 

solingan


va

naycha
darajalangan 


bo’ladi.
Probirka 
chayqatilganda
ho’llovchisuyuqlikka ho’llanuvchi qattiq jism, odatda kukun holatda, tekkanida 
ho’llanish issiqligi chiqishi tufayli kapilyar naychadagi toluolning sathi
balandlashadi. Bu balandlikni o’lchab ho’llanish issiqligini hisoblab chiqarish 
mumkin.
Quyidagi jadvalda ba’zi moddalarning ho’llanish issiqliklari qiymatlari 

keltirilgan.


1-jadval 
Ba’zi moddalarning ho’llanish issiqliklari
Ho’llanuvchi 
modda
Ho’llanish issiqligi (kal/g) 

Suv
Benzol

Silikagel’
19,4

-
Ko’mir

11,6
28,3

Tuproq
9,5

2,9
Torf

14,8
2,6

Agar-agar
44,8

1,28

Qutbli molekulalardan iborat moddalarning qutbli erituvchilardagi ho’llanish
issiqligi katta bo’ladi, qutbsiz molekulalardan tuzilgan moddalar esa qutbsiz 
suyuqliklarda katta ho’llanish issiqligi namoyon qiladi.
Moddalarning ho’llanish issiqligiga uning solishtirma sirti nihoyatda katta 

ta’sir ko’rsatadi. Biror moddaning qutbli suyuqlik, masalan, suv bilan o’zaro ta’sir


etish intensivligini xarakterlash uchun o’lchov sifatida ayni modda suvda 
ho’llanish issiqligi Q
1
ning uglevodorodlarda ho’llanish issiqligi Q

2
nisbatan d dan 


foydalanishni taklif etdi:
2
1


Q

Q

d

Agar α>1 bo’lsa, sirt gidrofil; α<1 bo’lganida sirt gidrofob bo’ladi. Qattiq 


jismning suyuqlik bilan ho’llanishiga oid turli jarayonlarda gaz faza bilan suyuqlik




59


chegarasidagi sirt sferik, do’ng yoki botiq ega bo’lganligi tufayli kapilyar bosim
yuzaga chiqadi. Sirt do’ng bo’lsa, sirtda turgan molekulani suyuqlik ichiga 
tortadigan molekulalar soni tekis sirtdagiga qaraganda ko’proq bo’ladi. Botiq sirt
bo’lgan holda molekulalar orasidagi o’zaro tortishuv kuchliroq ifodalanadi. Shu 
sababdan qattiq jism ho’llanganida suyuqlik sirtining tekis holati bilan sferik
holatida namoyon bo’ladigan bosimlar orasida kapilyar bosim deb ataladigan 
ayrim bosim yuzaga keladi.

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə