H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlari



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə32/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlari
yig’ilishi – adsorbillanish deyiladi. Umuman moddaga tashqi muhitdan boshqa
moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi. 
O’z sirtida boshqa modda zarrachalarini yutgan modda adsorbent 


(sorbent), yutilgan modda esa adsorbtiv (sorbtiv) deb ataladi. Adsorbilanishga
oid dastlabki ilmiy tekshirish ishlari rus olimi T.E.Lovits nomi bilan bog’liq. U 
1972 yilda eritmalarni turli qo’shimchalaridan tozalash uchun qattiq adsorbent
sifatida ko’mirdan foydalandi. Adsorbillanish hodisasi faqat ko’mirgagina emas, 
balkiboshqa barcha g’ovak moddalarga ham xosdir. Masalan, turli gellar o’z sirtiga
har xil bo’yoqlarni yutadi. 
Modda sirtida yutilgan modda zarrachalari hamma vaqt qolavermaydi. 

Ba’zan yutuvchi moddaning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin. Agar






61


modda qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa adsorbsiya yoki fizikaviy adsorbsiya 
deb, uning ichki qismiga yutilganda esa, absorbsiya deb ataladi. Agar modda 
geterogen sistemada bo’ladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa

xemosorbsiya deyiladi. Xemosorbsiya vaqtida yangi faza vujudga keladi.
Xemosorbsiya ko’pincha, qattiq jismning barcha hajmiga tarqaladi. Xemosorbsiya, 
odatda, qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu holda adsorbentning issiqlik
effekti kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish issiqliklariga yaqin keladi. Ba’zan 
gazsimon modda sorbsiya vaqtida qattiq jism g’ovaklarida kondensatlanib,
suyuqlikka aylanadi. Bu hodisa kapilyar kondensatsiya deyiladi. 
Agar suyuqlik adsorbent sirtini yaxshi ho’llasa, adsorbentdagi kapilyar 

ichida botiq menisk paydo bo’ladi, so’ngra qolgan bug’ ana shu menisk ustida


suyuqlikka aylanib, adsorbentning barcha g’ovaklarini suyuqlikka to’ldiradi. 
Kapilyar kondensatsiya ikkilamchi hodisa bo’lib, uning vujudga kelishida
adsorbsion kuchlar ishtirok etmaydi. Balki suyuqlikning botiq meniskiga bug’ning 
tortilishi asosiy rol o’ynaydi. Kapilyar kondensatsiya katta tezlikka ega bo’lib u bir
necha minut davomida tugaydi. 
Adsorbilangan gaz qattiq jism sirtida bir yoki bir necha qatlam 

molekulalaridan


iborat bo’lishi mumkin. Shunga qarab adsorbillanish 



Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə