Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə3/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ish HRM

Maxsus qobiliyatlar esa bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko‘rsatkichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, pedagogik qobiliyatlarga pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bilimlarni o‘zgalarga berishga ehtiyoj kabi qator individual sifatlar kiradi. Xuddi shunga o‘xshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish mumkin.
2.Pedagogik qobiliyatlarning tavsifi pedagogik faoliyatning samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun ofitserda qobiliyatning bir necha xil turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab yetishtirilmog‘i lozim.
psixologik-pedagogik adabiyotlarda pedagogik qobiliyatlarning quyidagi turlari keltiriladi:
1. Ilmiy bilish qobiliyati pedagogning fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, fanning, turmushning turli sohalaridagi yangiliklarni, kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, kerakli bilimlarni, axborotni ola biladi va tahlil qila oladi. Bu turdagi qobiliyat unga zamonaviy ilmiy fikr bilan yonma-yon yurishiga imkon beradi.
2. Tashkilotchilik qobiliyatibo‘linma pedagogik jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantira olish va o‘z ishini to‘g‘ri tashkil eta olish (o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirish va nazorat qila bilish, konkret sharoitlarga moslasha olish va hokazolar)da namoyon bo‘ladi. Bu turdagi qobiliyat pedagogga o‘zining shaxsiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishiga yordam beradi. pedagog shaxsining intizomlilik, aniqlik, og‘ir-bosiqlik, o‘z vazifasiga ma’suliyatli munosabatda bo‘lish kabi bir qator shaxsiy sifatlari uning tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanganligidan dalolat beradi.
3. Didaktik qobiliyato‘quv materialini tushuntira olish, tinglovchi ongiga qiziqarli, aniq tarzda yetkaza bilish, ilmiy izlanuvchanlik, fan va texnika yangiliklaridan ta’lim-tarbiya jarayonida unumli foydalana olish qobiliyati. Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan pedagog o‘z faoliyatiga ijodiy yondashadi, tinglovchida aqliy faollikni uyg‘ota oladi.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə