Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


Ofitserning pedagogik mahoratini, qobiliyatlarini takomillashtirishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə7/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Mustaqil ish HRM

Ofitserning pedagogik mahoratini, qobiliyatlarini takomillashtirishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Ofitserlarni kerakli ilmiy bilimlar bilan qurollantirish.
2. Turli vositalar va metodlar yordamida ofitser shaxsiga maqsadli va tizimli pedagogik ta’sir ko‘rsatish.
3. Harbiy qismdagi xizmat va turmushni harbiy nizomlar talablari asosida tashkil etish.
4. Ofitserlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kengroq jalb etish.
5. Ofitserning o‘z bilimlarini, umumiy madaniy saviyasini, harbiy-pedagogik mahoratini oshirish maqsadida o‘z ustida mustaqil ishlashini, o‘z faoliyati, xulqini nazorat qilishini tashkil etish va boshqalar.
Ofitserning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun pedagogdan doimiy ravishda o‘zining bilimi hajmini va saviyasini oshirish, ilmiy izlanishlar olib borish, mamlakatimiz va jahon fani yangiliklari bilan tanishib borish, o‘z ustida mustaqil ishlashi talab qilinadi. Buning uchun keng imkoniyatlar mavjud. Malaka oshirish kurslarida o‘qish, ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etish, turli adabiyotlar ustida ishlash va boshqalar ana shunday imkoniyatlar jumlasiga kiradi.
Afsuski, ba’zan bir necha yil davomida harbiy xizmat faoliyatini yuritayotgan ofitserlar orasida oliy harbiy o‘quv yurtida o‘qish davomida egallagan bilimlari bilan kifoyalanib qolgan, o‘zining bilimi doirasini kengaytirish, yangi, zamonaviy bilimlar bilan boyitish ustida ishlamayotganlar ham uchrab turadi. Inson, qaysi kasb egasi bo‘lmasin, bilim olishdan to‘xtab qolmasligi va charchamasligi darkor. Chunki fan bir joyda to‘xtab qolmaydi, u doimo harakatda bo‘ladi, rivojlanib boradi. Boshqalarga ta’lim va tarbiya beruvchi shaxs esa har doim ana shu harakatning, rivojlanishning oldingi saflarida bo‘lishi lozim. Pedagog o‘z bo‘ysunuvchilarini eskirib qolgan kechagi bilimlar bilan emas, balki ertangi kunga asos yaratadigan yangi bilimlar bilan qurollantirib borishi kerak.
Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish uchun pedagog ta’lim jarayonining xususiyatlarini, qonuniyatlarini chuqur bilish, psixologik va pedagogik bilimlarni puxta egallashi lozim. Shuningdek, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish, tajriba almashish, boy pedagogik tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar o‘tadigan mashg‘ulotlarni kuzatish va o‘zi ham ochiq mashg‘ulotlar o‘tib, ularning fikrini bilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish ham pedagog-ofitserning kasbiy qobiliyatlarini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə