Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


 Pedagogning kasbiy imkoniyatlari tuzilmasi



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə10/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Mustaqil ish HRM

3. Pedagogning kasbiy imkoniyatlari tuzilmasi.
Jadvalda ko‘rsatilgan pedagogning kasb-korga oid fazilatlarining mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
pedagogik faoliyat qirralari:
Bilimdonlik:
o‘qitadigan fanini puxta bilishi;
notiqlik san’atiga (o‘quv materialini tushunarli va ravon tilda bayon qila olish malakasiga) ega bo‘lishi;
bilimlarni gumanitarlashtira olishi;
o‘qitish vositalari (tevarak-atrofdagi buyumlar, harakatlar. modellar, chizmalar, sxemalar, jadvallar va hokazolar, o‘qitishning texnikavositalari: diapozitivlar, diafilg‘mlar, o‘quv kinofilg‘mlari, ovoz va videoyozuvlar, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv qo‘llanmalari, talabalar bilimi, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish uchun moslamalar, mikrokompyuterlar)ni egallanganligi;
talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tahlil qila olishi va ularni baholay olishi;
bilimlarni uzluksiz mustaqil egallab borishi;
ofitser-o‘qituvchining shaxsiy sifatlari (mehnatsevarlik, ishga ijodiy yondashish, mustaqillik, kamtarlik, yuksak madaniyatlilik, e’chillik, hozirjavoblik, vazminlik, mahsuliyatlilik, sinchkovlik, qat’iyatlilik, batartiblik, sabotlilik, tirishqoqlik, ijrochilik, vijdonlilik, xolislik, har tomonlama bilimdonlik, kuzatuvchanlik, xushmuomalalik, talabalarni sevish va ular shaxsini hurmat qilish va boshqalar).
Rivojlantiruvchilik:
talabalarning yosh xususiyatlari, ularning o‘quv imkoniyatlarini bilishi;
talabalarda o‘z faniga qiziqish uyg‘ota olishi;
ta’limning turli usullari (bayoniy-tasviriy, reproduktiv, muammoli ta’lim, qisman-izlanuvchan yoki evristik usul, tadqiqot usuli)ni egallaganligi.
Yo‘naltiruvchilik:
o‘qitish tamoyillari tizimi (tarbiya va o‘qitish jarayonida talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ilmiylik va bilimlarning talabalar imkoniyatiga yarasha qiyinlik darajasi, o‘qituvchi rahbarligida talabalar ongliligi va ijodiy faolligi, o‘qitishda ko‘rsatmalilik va talabalarning nazariy tafakkurini rivojlantirish, tizimlilik va izchillik, o‘qitishdan bilimlarni mustaqil egallashga o‘tishni ta’minlash, o‘qitishni hayot, o‘qitish natijalarining ‘uxtaligi va talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish, o‘qitishda ijobiy hissiyot yaratish, o‘qitishning jamoa tusidaligi va talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish)ni o‘zlashtirganligi.
Safarbarlik:
darsda talabalarning diqqatini barqarorlashtirishi;
har xil tipdagi darslar (yangi bilimlarni o‘zlashtirish, malaka va ko‘nikmalarni egallash, va ularni qo‘llash, bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish, aralash dars)ni o‘tkaza olishi;
politexnik ta’limga oid va kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshira olishi;
egallangan bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirishi;
hazil-mutoyibani uddalay olishi;
mehnatni ilmiy asosda tashkil qila olishi va unga qo‘yiladigan estetik va gigienik talablarga rioya qila olishi.
Loyihachilik:
o‘z mutaxassisligiga oid ta’lim muassasasi kursini puxta bilishi;
o‘z fanining metodikasini bilishi;
o‘qitish va talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish uchun o‘quv manbalarini tanlay olishi;
o‘qitishda ‘redmetlararo ichki va tashqi aloqalardan foydalanish malakasi;
kerakli hujjatlarni to‘g‘ri olib borishi va rasmiylashtirishi;
asosiy tarbiyaviy ishlarning turlarini aniqlash va uni o‘tkazish shakllarini tanlashi;
fan kabineti uchun zarur vositalarni aniqlash va uni qo‘lda yasalgan ko‘rsatmali qurollar hisobiga boyitib borish malakasi.
Vositachilik:
guruh jamoasini boshqara bilishi;
o‘qitishni tashkil qilish shakllari (frontal, individual, guruh)ni egallagan bo‘lishi;
talabalarning ota-onalari bilan ishlay olishi;
muloqot jarayonida axloqiy normalarga rioya qilishi;
lektor-targ‘ibotchi malakasini egallagan bo‘lishi.
Tashkilotchilik:
darsni tashkil qila olishi;
guruh rahbari ishini rejalashtirishi;
guruhdan va darsdan tashqari ishlarni, o‘z faniga oid ommaviy tadbirlarni tashkil qilishi va ularni mohirona o‘tkazishi.
Tadqiqotchilik:
dars, Shuningdek o‘quv-tarbiya tadbirlarini tanqidiy tahlil qila olishi;
ta’lim-tarbiyaga oid uncha murakkab bo‘lmagan pedagogik tajribalarni o‘tkazishi va ishlab chiqishi;
boshqa ofitser-o‘qituvchilarning tajribalarini tahlil qilish va ulardan tanqidiy foydalanishi;
ilmiy va pedagogik ijodiyotga qiziqishi;
mulohaza yuritganda fikrlashning dialektik usulini qo‘llashi.
Ko‘rib o‘tganimizdek pedagogik faoliyat muhim ijtimoiy-pedagogik hodisa. Uni aniq tashkil qilish, talaba-yoshlar bilim olish jarayonini, ularning ehtiyojlari, qiziqishlari, motivlari, maqsadlari, amalga oshirish shakllarini to‘g‘ri yo‘naltirish harbiy raxbar mahoratining shakllanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Har qanday faoliyat singari, pedagogik faoliyat ham maxsus tayyorgarlik (ma’lumotlilik), tajriba, ixtisoslik bo‘yicha bilimga ega bo‘lishini talab etadi.
pedagogik faoliyatning tuzilishi uning boshqa jihat va sohalarga qaraganda kam o‘rganilgan. Lekin, bu sohadabahzi bir tadqiqotlar amalga oshirildi. Sankt - ‘eterburg universitetining professori N.V. Kuzminaning ilmiy - tadqiqot ishlarini pedagogik mahoratni shakllantirish yo‘nalishidagi pedagogik faoliyat to‘g‘risida yaratilgan ilmiy ishlardan deb alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. O‘qituvchilarning faoliyatini uzoq vaqt kuzatish, natijalarni ilmiy asosda ishlab chiqish, ta’lim muassasasi rahbarlarining o‘qituvchilar haqidagi fikrlarini sinchiklab o‘rganishlari natijasida olima N.V.Kuzmina pedagogik faoliyat tuzilmasini uch asosiy sohadan: 1) konstruktiv; 2) tashkilotchilik; 3) pertseptiv, ya’ni o‘qituvchi-talabalar munosabatidan iborat deb biladi. pedagogning ish sohasida talabalar, ularning ota-onalari va hamkasblari bilan aloqasidan iborat yaxlitlik pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat asosini tashkil etadi.
N.V, Kuzminaning pedagogik faoliyat tuzilmasidagi o‘qituvchining konstruktiv faoliyati talabalarga beriladigan materialni tanlash, ulardan eng asosiysini aniqlab olish hamda bu materialni talabalarning yoshi, individual xususiyatlariga moslab qayta ishlab chiqish va Shu asosda dars, suhbat tashkil etish, tarbiyaviy ishlar olib borish, talabalar shaxsi, bilim saviyasi, dunyoqarashini aniqlash va rivojlantirishni nazarda tutsa, ushbu tuzilmadagi o‘qituvchiningtashkilotchilik faoliyati esa, ishni tashkil etish va talabalarning darsda va darsdan tashqari vaqtlarda o‘zlariga hamda mehnatlariga rahbarlik qilish, shu bilan birga ular faoliyatini tashkil etishdir.
Agar, ofitser-o‘qituvchi talabalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, aloqa o‘rnata olsa, uning konstruktiv va tashkilotchilik faoliyati ham muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bu esa pedagogik ishning sifat va xislatlariga, talabalar psixologiyasini tushunishiga, o‘quvchi-yoshlar bilan o‘zaro munosabatini yo‘lga qo‘yishga, ularning yosh hamda individual xususiyatlarini e’tiborga olishiga, Shuningdek talabalarga ta’sir eta bilishiga bog‘liqdir. Bu harbiy raxbar mahoratini shakllantirishning birinchi sharti hisoblanadi.
Harbiy raxbar mahorati – bu ofitser-o‘qituvchining kasbiy va shaxsiy faoliyati natijasining umumlashmasi sifatida, muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi va o‘zining shakllanishi jarayonida bir necha yo‘lini bosib o‘tadi:
- birinchi yo‘l – o‘quv-pedagogik faoliyat yo‘li bo‘lib, u o‘z o‘quv ‘redmetini, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini ilmiy texnikaviy taraqqiyot va davr talablari darajasida bilishni nazarda tutadi.
ikkinchi yo‘l – shaxsiy faoliyat yo‘li bo‘lib, u o‘ziga, o‘z ishiga, hamkasblariga, o‘quvchilarga, ularning ota-onalariga bo‘lgan munosabatinibildirib, o‘z mavqeini tushunishi, o‘z-o‘ziga baho berish, o‘z-o‘zini anglash, mustaqil ravishda bilimini oshirishga intilish, o‘zini-o‘zi kamolotga yetkazish, bunyodkorlikka, ijodkorlikka, tadbirkorlikka layoqatini yangilikka muntazam intilishini anglatadi.
uchinchi yo‘l – ijtimoiy-pedagogik faoliyat yo‘li bo‘lib, u ofitser-o‘qituvchining o‘quvchilarni, jamoani “ko‘ra bilishini”, o‘quvchi yoshlarning qiziqishi va talablarini, ular duch keladigan qiyinchiliklarni oldindan anglay olishini; har bir o‘quvchi-tarbiyalanuvchining individual-psixologik xususiyatlarini ilg‘ay olishini; darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarning shakllanganligini; turli ijtimoiy-foydali ishlarga o‘quvchilarni jalb eta olishini; fanga, hayotga, sahatga, ijtimoiy-foydali mehnatga havas uyg‘ota olish kabi qobiliyati qirralarining mavjudligini anglatadi;
- to‘rtinchi yo‘l – axborot-kommunikativ faoliyat yo‘li bo‘lib, u ofitser-o‘qituvchining ma’lumot-axborotga ega ekanligini; voqelik, pedagogik olamdagi voqea-hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qurollanganligini; axborot va kommunikativ texnologiyalardan ma’lumotlar ola bilishini, uni o‘z tafakkur elagidan o‘tkazib, hamkasblari, o‘rtoqlari, o‘quvchilariga yetkaza olishqobiliyatiga ega ekanliginiko‘rsatadi.
Qayd etib o‘tilgan hamda tavsiflangan pedagogik mahoratni egallashning mazkur yo‘llari o‘qituvchi-tarbiyachi uchun dasturulamal bo‘lib, kasb-mohiri bo‘lish uchun katta imkoniyatlar yaratishga, o‘quv-tarbiya samaradorligini oshirishga amaliy yordam ko‘rsata oladi.
Harbiy raxbar mahoratini shakllantirishning yana muhim jihatlaridan biri pedagogning kasbiy imkoniyatlar tuzilmasini inobatga olishidir. pedagogik mahoratni egallashda pedagogning kasbiy faolligi jihatlarini tadqiq qilgan I.’. Podlasiy o‘qituvchi-tarbiyachining ma’naviy-axloqiy qiyofasini yorituvchi “pedagogning kasbiy imkoniyatlari tuzilmasi”ni ishlab chiqdi va unda pedagogik mahoratni shakllantirishga xizmat qiluvchi omillarni aks ettirdi. Buni jadvalda kuzatish mumkin.



Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə