Hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi


-prinsip. Test topshiriqlari mazmunining fanning hozirgi zamon holatiga mosligi prinsipi



Yüklə 18,67 Mb.
səhifə31/40
tarix03.04.2022
ölçüsü18,67 Mb.
#84997
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
6-sinf ikkinchi kitob

6-prinsip. Test topshiriqlari mazmunining fanning hozirgi zamon holatiga mosligi prinsipi.

Mazkur prinsip test topshiriqlari mazmunini jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlar, huquqiy me’yorlar, fanning o‘quv kursi ta’lim mazmuniga kiritilgan fan yangiliklariga moslashni talab etadi.

Shuni qayd etish kerakki, o‘quv kursi mazmuni tahsil oluvchilar tomonidan shu kursga oid ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘ziga xos va mos proeksiyani hosil qiladi.

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, test topshiriq­larining mazmuni ham zamonaviy, ham tahsil oluvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish bosqichlariga mos bo‘lishi lozim.



7-prinsip. Test topshiriqlari mazmunining majmuali va muvozanatlashgan bo‘lishi prinsipi.

Mazkur prinsip test topshiriqlari mazmunini tanlashda maqsadga muvofiqlikni keltirib chiqaradi, ya’ni Reyting tizimining oraliq va yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlarining mazmuni uning turi va qo‘llanishini e’tiborga olingan holda bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini to‘liq qamrab olishini taqoza etadi.

Shuningdek, yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlari o‘zida kursning nazariy masalalari, tushunchalar, qonunlar va qonuniyatlar, gipotezalar, faktik materiallar, masala va mashqlarni mujassamlash­tirishi lozim.


Yüklə 18,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə