I bob. Fizikaviy kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari



Yüklə 379,92 Kb.
səhifə11/15
tarix28.11.2023
ölçüsü379,92 Kb.
#135381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5-ma\'ruza. ma ye 2-kurs

Eslatma! NaOH suvda eritilganda ko‘p miqdor issiqlik chiqadi, shuning uchun suvni oz-ozdan quyish kerak, bunda kolba ostiga tutilib, doim sovutib turiladi.
Eritma xona temperaturasigacha sovugandan keyin ichida tayoqchasi bor ampulaga quyiladi, ampula esa oldinroq tortib qo‘yilgan bo‘ladi: eritma solingan ampula tortib ko‘rilib, og‘irliklari farqiga qarab, ishqor eritmasining og‘irligi topiladi.
Sirka kislota eritmasi bilan ishqor eritmasi tayyorlangandan keyin, ishqor solingan ampulaning tagi extiyotlik bilan teshiladi, bunda ishqor eritmasi kаlorimetrdagi kislota eritmasiga sekin oqib tushishi lozim, eritmani aralashtirib, 5 – ishda ko‘rsatilgan usulda ∆ttopiladi. Neytrallanish issiqligi quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:
Q = K∆t
Bunda:Q- neytrallanishda chiqqan issiqlikning umumiy miqdori;
K- kаlorimetr doimiyligi;
∆t – tajriba vaqtida kuzatilgan temperaturaning oshishi.
Neytrallanish uchun – 0,1 mol kislota va – 0,1 mol ishqor olingan edi.
Shu miqdor kislotaning neytrallanish issiqligi topilgandan keyin bir gramm – ekvivalent kislotaning neytrallanish issiqligi Q1 hisoblab chiqariladi.
Kuchli kislotalar kuchli asos yordamida neytrallansa, 13,65 kkal issiqlik chiqishi ma’lum, shunga binoan Gess qonunidan foydalanib, sirka kislotaning dissotsiyalanish issiqligi
Q dissot. = 13,65 – Q3 topiladi.
Qilingan natijalar haqida hisobot
1. Dissotsiyalanish issiqligini topish uchun qurilma chizma-sini chizish;
2. Kollorimetr doimiyligini hisoblab chiqarish;
3. Neytrallanish uchun olingan miqdor moddalaridan foyda-lanib, kuchsiz kislota kuchli asos yordamida neytrallanganda chiqqan neytrallanish issiqligini hisoblab chiqarish;
4. Dissotsiyalanish issiqligini hisoblab chiqarish.


B. Neytrallanish issiqligini va neytrallash uchun
sarf bo‘lgan kislota miqdorini topish
Tajriba:
NaOH ning 10%li eritmasidan 50ml tayyorlanib, 500ml li o‘lchov kolbaga quyiladi, o‘lchov kolba ilgariroq tortilgan bo‘ladi (og‘irligi gr). Shundan keyin kolbaga o‘lchov chizig‘iga yetguncha istillangan suv quyib, eritma suyultiriladi: eritma solingan kolba tortiladi (og‘irligi g2) va eritma kаlorimetrga qo‘yiladi. O‘qituvchi-dan 15-20 ml xlorid kislota eritmasi olinib, ampulaga quyiladi, ampula oldinroq tortilgan bo‘ladi (og‘irligi m1): shundan keyin kislota eritmasi quyilgan ampula tortiladi (og‘irligi m2). Og‘irliklar farqiga qarab, xlorid kislota eritmasi bilan ishqor eritmasining og‘irligi aniqlanadi.
Ishqor eritmasi bilan kislota eritmasining temperaturasi xona temperaturasiga etgandan keyin ampulaning tagi shisha tayoqcha yordamida teshiladi, bunda kislota ishqor eritmasiga sekin oqib tushishi kerak. Eritma aralashtirilib, ishqor kislota yordamida neytrallanganda temperatura qancha oshgani (∆t) aniqlanadi.
Neytrallanish issiqligi quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:
Q=K∆t
Kislota eritmasi ishqor eritmasiga quyilganda neytrallanish jarayonidan tashqari, issiqlik effektining o‘zgarishi bilan boradigan yana ikki jarayon yuz beradi: kislota eritmasi ishqor eritmasiga quyilganda kislota eritmasi va ishqorga kislota quyilganda ishqor eritmasi suyuladi. Eritmalar suyultirilganda chiqqan issiqlik suyul-tirish issiqligi deb ataladi. Kislota ishqorni suyultirganda sezilar sezilmas issiqlik effekti chiqadi, chunki ishqor eritmasining miqdori qo‘shiladigan kislota miqdoriga qaraganda ancha ko‘p. Ishqor kislotani suyultirganda ancha issiqlik chiqadi, bu issiqlik neytral-lanish issiqlik effektining 10 protsentiga barobar keladi. Issiqlik effektini aniq o‘lchash kerak bo‘lsa, ishqor kislotani suyultirganda chiqadigan issiqlik effektini alohida topish lozim, buning uchun hajmi shuncha keladigan kislota eritmasi ishqor hajmicha keladigan toza suvga quyiladi va suyultirish issiqligi topiladi. Вunda neytral-lanish issiqlik effekti chiqarilmaydi va faqat suyultirish issiqligi topiladi.
Xlorid kislota suyultirilganda issiqlik chiqadi, neytrallanish issiqlik effektidan shu issiqlikning qiymatini ayirib tashlash kerak. Neytrallash uchun olingan kislota miqdori quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:



Bunda Q – neytrallanish issiqlik effekti, kkal;
q – kislotaning suyultirish issiqligi, kkal;
n – kislotaning qidirilgan normalligi;
V – tajriba uchun olingan kislota hajmi, ml.
Kislotaning hajmi, shu kislota og‘irligining solishtirma og‘ir-ligiga bo‘lgan nisbatiga teng.
Tajriba uchun olingan xlorid kislota eritmasining solishtirma og‘irligi toza suvning solishtirma og‘irligidan faqat 7-8 % ko‘p bo‘ladi. Shuni nazarda tutib, tajriba uchun olingan eritmaning hajmi shu eritmaning grammlar bilan hisoblangan og‘irligiga teng, yani eritmaning solishtirma og‘irligi suvning solishtirma og‘irligiga teng deyish mumkin. Bunda suyultirish issiqligiga tuzatish kiritilmasa ham bo‘ladi. U xolda formula (1) ning surati haqiqiy qiymatidan taxminan 10% ortiq, maxraji esa 7-8% ortiq bo‘ladi. Demak, shu formula bilan hisoblab chiqarilganda yo‘l qo‘yiladigan xato 2-3% dan oshmaydi. Buni nazarga olmasa ham bo‘ladi.
Neytrallanish issiqligini aniq o‘lchash talab etilganda bu tariqa soddalashtirish yaramaydi.

Yüklə 379,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə