I bob. Fizikaviy kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari


Kuzatish natijalarini yozilish tartibi



Yüklə 379,92 Kb.
səhifə12/15
tarix28.11.2023
ölçüsü379,92 Kb.
#135381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5-ma\'ruza. ma ye 2-kurs

Kuzatish natijalarini yozilish tartibi:
Ishqor eritmasi uchun hozirlangan bo‘sh kolbaning og‘irligi ..g1;
Kolbaning ishqor eritmasi bilan birgalikdagi og‘irligi.g2;
Ishqor eritmasining og‘irligig= g2 – g1;
Kislota solish uchun bo‘sh ampula va tayoqchaning og‘irligi m1;
Ichiga kislota solingan ampulaning og‘irligi m2;
Kislotaning og‘irligi m= m2-m1;
Kalorimetr doimiyligi K;
Neytrallanish vaqtida temperaturaning o‘zgarishi ∆t;
Neytrallanish issiqligining jami Q-K∆t, kkal.
Qilingan ish haqida hisobot
1. Tajribadan olingan ma’lumotlardan foydalanib, xlorid kislota eritmasi ishqor eritmasi bilan neytrallanganda chiqqan neytrallanish issiqligini hisoblab chiqarish.
2. Olingan ma’lumotlardan foydalanib, xlorid kislota necha normalli ekanini hisoblash.


5-Labaratoriya ishi
Mavzu: Suyuqliklarning to‘yingan bug‘ bosimini aniqlash
Usulning fizik ma’nosi: Dinamik usul suyuqlikning qaynash temperaturasidagi to‘yingan bug‘ bosimi tashqi bosimga tengligiga asoslangan. Suyuqlikning turli bosimlarda qaynash holatigacha olib borib, qaynash temperaturasi aniqlanadi va p=f(T) bog‘liqlik o‘rga-niladi. Bunda tashqi bosim mustaqil o‘zgaruvchi bo‘lib, qaynash temperaturasi tajriba olib boruvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rnatiladi.
Ishning bajarilishi: qaynatgichga tekshirilayotgan suyuqlik quyiladi. Suyuqlikning o‘ta qizib ketishi va buning natijasida temperaturaning noto‘g‘ri o‘lchashni oldini olish maqsadida qaynat-gich ichiga shisha kapillyar kirgiziladi. Qaynatgich sovutgich orqali sistemadagi havoni so‘rib olib vakuum hosil qiluvchi nasosga va bir tarafi ochiq bo‘lgan manometrga ulangan bo‘ladi. Sovutgichning vazifasi suyuqlik bug‘larining sistemaga hamda manometrga kondensatsiyalanishini oldini olishdir. Vakuum nasosdan oldin sistemaga qo‘shimcha idish ulangan bo‘lib, uning yordamida sistemaga bir tekisda havo kiritilishi boshqariladi. O‘rganilayotgan suyuqlikning xona temperaturasida qaynab ketishidan avvalroq, ya’ni bosim undan 20-30 mm s.u. ga yuqoriroq bo‘lganda sistemadan havo so‘rib olishni to‘xtatish lozim (masalan, suv uchun 18-20oC da ushbu bosim 35-45 mm s.u. ga teng), chunki yuqori vakuumda suyuqlik isitilmasdanoq qaynab ketadi va o‘lchashlarni olib borish mumkin bo‘lmasdan qoladi. Sistemadan havo so‘rib olingandan so‘ng nasos o‘chiriladi va darhol vakuum yo‘lidagi jo‘mrak havo bilan tutashtiriladi, aks holda atmosfera bosimi ostida nasosdagi moy vakuum yo‘lini to‘ldiradi. Sistemaning germetikligi tekshiriladi: agar 10-15 minut davomida sistemadagi bosimning o‘zgarishi 1-2 mm s.u. dan ortmasa, sistema germetik hisoblanadi. Isitgich yoqiladi va isish tezligi 5oC/min atrofida bo‘lishiga erishiladi. Temperatura ko‘tarilishi to‘xtagach (ya’ni ushbu bosimda suyuqlik qaynash holatiga kelib, dinamik muvozanat qaror topgach), manometrning h1 va h2 hamda termometrning ko‘rsatkichlari yozib olinadi. So‘ngra vakuum sistemani atmosfera bilan ulovchi jo‘mrak ochiladi va bosim 10-15 mm s.u. ga o‘zgarguncha sistemaga havo yuboriladi. Bunda sistemada avval qaror topgan dinamik muvozanat buziladi. Yangi bosimga mos keluvchi muvozanat temperaturasi o‘rnatilguncha suyuqlikni qizdirishni davom ettiramiz va yangi dinamik muvozanat holatiga yetishganda manometrning va termo-metrning ko‘rsatkichlarini yozib olamiz. Xuddi shu tartibda sistemadagi bosim atmosfera bosimi bilan tenglashgunga qadar 15-20 ta o‘lchashlar o‘tkazamiz.
Sistemadagi manometr ochiq bo‘lganligi sababli ning qiymati barometrda o‘lchangan atmosfera bosimi P atm. ning qurilma ichidagi bosimdan qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Shu sababli qaynash kuzatilayotgan bosim barometrik bosim bilan manometr ko‘rsatayotgan bosim orasidagi farqqa teng bo‘ladi:

Ishning aniqligi suyuqlikning bir tekis qaynashiga bog‘liq bo‘lgani uchun, ayniqsa, tajriba boshida sistemada yuqori vakuum bo‘lgan holda suyuqlikning sachrab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun tajriba boshlayotganda suyuqlikka yangi kapillyar tushirish foydalidir. O‘lchovlar termometrda 0,50C va manometrda 0,5 mm s.u. aniqligida olib boriladi. Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yoziladi.:
1-jadval

Yüklə 379,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə