Reja: Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/4
tarix09.08.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120461
  1   2   3   4
Ekologiya Xaydarova N


Oriental Universiteti
Pedogogika va psixologiya fakulteti
2-kurs 16-guruh talabasi
Xaydarova Nodiraning
Ekologik madaniyat fanidan
Mustaqil ishi
Tekshirdi: Boyjonov F
Mavzu: Populyatsiya ekologiyasi
 
Reja:
1. Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari
2. Populyatsiyaning guruhlik xislati
3. Populyatsiya klassifikatsiyasi
4. Populyatsiyaning tuzulishi
Ma’lumki, tabiatda uchraydigan o’simlik va hayvonlar keragidan ortiq zaxiralar (tanada yig’igan moddalar) ni o’sish va ko’payishga sarflaydi. O’simliklar tomonidan yaratiladigan birlamchi mahsulotning fasllar bo’yicha o’zgarishi ular bilan ovqatlanadigan o’simlikxo’r hayvonlar va yirqichlarning ham fasllar bo’yicha o’zgarishiga sabab bo’ladi.Tur vakillari populyatsiyada energiya va ozuqa moddalarning turli katta – kichik guruhlar orqali o’tishi ularning tabiatda doimiyligi ta’minlaydi va ekosistemada tabiiy zaxiralarning to’planishi effiktiv energiya hosil bo’lishiga olib keladi.
Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari.
Populyatsiya – bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib, ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funsiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a’zolarning hayotiy belgilari : Tur vakillari qalinligi, tug’ulishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotic potensiali, ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genitik xususiyatlarga ham ega bo’lib, bu holati organizmning to’rg’ridan – to’g’ri ekologik moslashishi, qayta ko’payishi va turg’unligiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobilyatini saqlab qolishdir. Populyatsiya «biologik» va «guruhlik» xususiyatiga ega bo’ladi. Biologik xususiyatlarga: populyatsiya a’zolarning hayot sikli, o’sishga qobilyati, farqlanishi va o’zining son – sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani hosil qiluvchi organizmlarga taaluqlidir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə