Referat mavzu: populyatsiya tuzilmalari (yosh, jins, hulqiy, fazoviy). Populyatsiya ekologiyasi reja



Yüklə 26,91 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü26,91 Kb.
#128425
növüReferat
REFERAT,Populyatsiya tuzilmalari.


REFERAT
MAVZU: POPULYATSIYA TUZILMALARI (YOSH, JINS, HULQIY, FAZOVIY).POPULYATSIYA EKOLOGIYASI
REJA:



  • Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari




  • Populyatsiyalarning yoshga qarab tuzulishi




  • O’simliklar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi




  • Hayvonlar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi.




  • Populyatsiyaning fazoviy yoki makonda tarqalishi tuzilishi.




  • Populyatsiyaning etologik tuzilishi.

Ma’lumki, tabiatda uchraydigan o’simlik va hayvonlart keragidan ortiq zahiralar (tanada yig’ilgan moddalar)ni o’sish va kamayishga sariflaydi. O’simliklar tomonidan yaratilgan birl;amchi maxsulotning fasllar bo’yicha o’zgarishi ular bilan ovqatlanadigan o’simlikxo’r hayvonlar va yirtqichlarning ham fasillar bo’yicha o’zgarishiga sabab bo’ladi. Tur vakillari populyatsiyada energiya va ozuqa moddalarning turli katta- kichik guruhlar orqali o’tishi ularning tabiatda doimiyligini ta’minlaydi va ekosistemada tabiiy zahiralarning to’planishi efektiv energiya xosil bo’lishiga olib keladi.


Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari.

Populyatsiya- bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalari xisobi8ni aks etdiradi. Populyatsiya a’zolarining hayotiy belgilari: tur vakillari qalinligi tug’ulishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotik patensiali ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genetik xususiyatlarga ham ega bo’lib bu xolati organizmning to’griudan-to’g’ri ekologik moslashishi qayta ko’payishi va tug’ilishiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobiliyatini saql;ab qolishidir (Dobsxansky, 1968).


Populyatsiya “biologik” va “guruhlik” xususiyatiga ega bo’ladi. Biolgik xususiyatiga: populyatsiya a’zolarining hayot sikli, o’sishga qobiliyati faqrlanishi va o’zining son sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani xosil qiluvchi organizmlarga taalluqlidir. Populyatsiya o’ziga xos ma’lum biologik tashkiliy tuzulishlariga ega. Populyatsiya belgilari ularning tuzulishi va sonlarning nisbati bilan bog’lanadi va umumiy genetik xususiyatlari bilan ham harakterlanadi.

Populyatsiyalar bir-birlari bilan asosan ekologik aloqalar orqali bog’lanib turadi. Populyatsiya ichidagi asosiy qonun-bu muhitdagi juda oz, chegaralangan zahiralardan foydalanib kelajakda avlod qoldirishdan iboratdir. Bu holat populyatsiya a’zolari miqdorining o’zgarishi, tur vakillarining o’z sonini boshqarib turishi orqali amalga oshiradi.


Populyatsiya-bu tur vakillarining guruhlik uyushmalari bo’lib, ular o’zlariga xos spetsifik xususiyatlarga egaki, bunday xislatlar ayrim vakillarga taalluqli emas.


Populyatsiya klasssifikatsiyasi. Populyatsiyani klasifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi,populyatsiyaning makonda tarqalishini prof.N.P.Naumov (1963) quyidagicha farqlaydi; elementar (boshlang’ich sodda),ekalogik va jo’g’rofik populyatsiyalar.Ularning qisqacha ta’rifi quyidagicha;


1)Elementar populyatsiya-bu uncha katta bo’lmagan, bir xil joyda uchradigan yig’indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti xar xil bo’lsa, papulyatsiyalarning soni ko’p bo’ladi va ko’p sonli papulyatsiyalar hosil qiladi.Bir xil sharoitda bunday holat kam bo’ladi;


2)Ekologik populyatsiya sodda ,elementar populyatsiyala yig’indisidan hosil bo’ladi. Ular ma’lum biogetsenozdan, tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi. Masalan, olmaxonning “qarag’ay”, “qora qarag’ay”, “oq qarag’ay” kabi populyatsiyalari uchraydi. Lekin, bu populyatsiyalar bir –biridan keskin chegaralanmaydi, ular o’rtasida genetik informatsiya tez-tez o’tib turadi.


3) Jo’g’rofiki populyatsiuya-ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi, bir xil jo’g’rofik sharoit va hududda uchraydi. Lekin jo’g’rofik ppulyatsiyalar yetarli darajada bir-biridan chegaralangan bo’lib o’lchamlari, ko’payish qobiliyatlari ekologik moslashishlari, fizologik va xulqiy xususiyatlari biln farqlanadi.


Populyatsiyalarning yoshga qarab tuzulishi.


Populkyatsiyalarning yosh bo’yicha tuzulishi uning muhim belgisi bo’lib, populyatsiyaning tug’ilishi va o’lishiga ta’sir qiladi. Populyatsiyadagi turli guruhlarning bir-biriga nisbati uning ko’payishini aniqlaydi. Tez ko’payayotgan populyatsiyalarning asosiy qismini yosh vakillar tashkil qiladi. Soni kamayib borayotgan populyatsiyalarda qari vakillar ham uning ancha qismini tashkil qiladi. Populyatsiyaning yosh bo’yicha tuzulishi uning soni o’zgarmasa ham o’zgarishi mumkin. Har bir populyatsiya uchun “o’rtacha” yoki turg’un yosh bo’yicha taqsimlanish xosdir. O’rtacha va turg’un holatning buzulishiga ko’p tug’ilish yoki o’lish sabab bo’lishi mumkin. Populyatsiya ichida tug’ilgan vakillarning ayrimlari balog’atga yetmasdan nobud bo’ladi va ulardan nasl qolmaydi. Uzoq yashaydigan onalik vakillari ko’p nasl qoldiradi va ulardan tug’ilgan yosh avlod soni populyatsiyada tug’ulganlarning o’rtacha sonidan ko’p bo’ladi. Agar onalik organzim bittadan ortiq onalik jinsi tug’sa, populyatsiyaning soni ortib boradi, ammo onalik jinslar o’zlarining o’rtacha sonini ta’min qilmasa, otalik ko’p bo’lsa, populyatsiyaning soni kamayib ketadi.


O’simliklar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi.


O’simliklarda senopopulyatsiyaning taqsimlanishi-bu ma’lum fitosenoz ichidagi guruhlar yoshi nisbatidan kelib chiqadi. O’simlik yoshini absolyut yoki kalendar yoshi bilan aniqlash qiyin, chunki o’simlik bir kalendar yoshda har xil yosh holati (bahorda unish, ko’karish, barg chiqarish, gullash; yosh faslida urug’ tugish, pishish va hk.)da bo’ladi. O’simliklarning siklik rivojlanish yoshlari (davri) urug’dan urug’gacha, ya’ni: urug’ zarodish o’simta (yuvenil davr, mustaqil oziqlanishga o’tish) immatur holat (o’simlikning hamma belgilari hosil bo’lgan, shakllanishning boshlanishi) turning hamma xislati yer usti va yer osti qismlarida yuzaga kelgan yosh generatiy organizmlarning rivojlanishi urug’, mavaning hosil bo’lishi o’simlikning generativ funksiyalari (o’sish, massa hosil qilish) pasayishi so’lish, qurishining boshlanishi ikkilamchi yuvenil belgilar (gullar, barg, novda chiqarish,masalan, olma, behi, paxta)ning hosil bo’lishi o’simlikning tinchlik davriga o’tishi (urug’ning hosil bo’lishi), ko’p yilliklar esa tinchlik davrida o’tishidan iborat. O’simnliklarning katta-kichikligi bir yoshli guruh ichida turli harakatchanlikni ettiradi. O’simlikning vegetativ va generativ organlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, u hayotchan, rivojlanish uchun energiya to’plagan, tashqi muhit omillariga chidamli bo’ladi.


Hayvonlar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi.


Hayvonlarning ko’payish xususiyatlariga ko’ra, ularning populyatsiya a’zolari bir yoki bir necha generatsiyataaluqli bo’lishi mumkin. Turli generatsiyalardan hosil bo’ladigan tur vakillari ikki: hayotda bir marta va ko’p marta ko’payadigan guruhlarga bo’linadi. Hayotda bir marta ko’payadigan hayvonlarga hashoratlardan xonqizi kiradi. Har yili generatsiyadan keyin o’z hayot siklini tomomlaydi, nobud bo’ladi, uning o’rnini yangi generatsiya egallaydi. Qayta ko’payadigan turlar populyatsiyasida yosh bo’yicha tug’ilish ancha murakkabdir. Bunga sabab: 1) Tur vakillari balog’atga yetgan vaqti qisqa yashaydi. 2) Balog’atga yetgan vakilar uzoq yashaydi va ko’p martalab ko’payadi. Birinchi holatda har yili populyatsiyaning ancha qismi almashadi, ularning soni qalinligi turg’un emas, qulay va noqulay sharoitli yillari keskin o’zgarib turadi. Masalan, Shimoliy Kaspiy dengizida uchraydigan molluska fasllar va bo’yicha o’zgaradi. Yana bir misol, dala sichqoni (Microtus agrestis) populyatsiyada o’tgan yili bahorda tug’ilgan vakillardan avlod paydo bo’ladi, keyin balog’atga yetish 1 va 2-bo’g’inda yuzaga keladi, populyatsiya butun katta-kichik avlodlar bilan qo’shilib keladi, kuzgi populyatsiya har-xil yoshdagi vakillardan tashkil topib, qarilar nobud bo’ladi. Balog’atga yetgan vakillarning uzoq yashaydigan va ko’p marta ko’payadigan populyatsiyalar tuzulishida turg’unlik bo’ladi va ular ichida turli bo’g’in vakillari uchraydi. Jumladan, Hindiston fillari 8-12 yoshda balog’atga yetadi, ular 60-70 yil yashaydi. Onalik vakillari 4 yilda bir marta bitta, qisman ikkita bola tug’adi. Fillar podasida balog’atga yetgan vakillar 80% ni tashkil eiladi. Yosh avlod vakillari taxminan 20% atrofida bo’ladi. Populyatsiya a]zolarining yosh bo’yicha tuzilishini tahlil qilish ular sonining o’zgarishini bir necha yillar davomida kuzatish imkonini beradi. Bunday prognoz baliqchilikda qo’llanib, ko’p yillar davomida baliq mahsuloti olishni rejalashtirish imkonini yuzaga keltiradi.


Populyatsiyaning fazoviy yoki makonda tarqalishi tuzilishi.


Populyatsiyaning hosil qiladigan tur vakillari har xil makonda turlicha tarqalish imkoniyatiga egadir. BU bilan ular o’zaro yashaydigan joy va ozuqa bilan ta’minlanadi hamda o’sish, ko’payish va rivojlanish, nasl qoldirish uchun muhitning abiotik va biotik omillari bilan aloqada bo’ladi. Populyatsiyada tur vakillari quyidagicha taqsimlanishi mumkin, ya’ni: a) tekis, bir xil; b) notekis; d) guruh-guruh (teng, doimiy, tasodifan emas) Tur vakillari har xil turda taqsimlanishi, ularning turli xislatlari, muhitning bir xilligidan kelib chiqadi va organzimlar turli guruhlarga birlashadi. Tabiatda teng taqsimlanishi juda kam uchraydi.


Tabiatda xol-xol va guruh-guruh bo’lib taqsimlanish keng uchraydi. Bu atrof-muhit va hayvonlarning xulqlari o’zgarishi bilan bog’liqdir. Tabiatda yakka-yakka uchraydigan parazitlar, yirtqichlar ayrim hollarda notekis tarqaladi, bunga ularning tasodifan uchraydigan o’lja (xo’jayin)ni qidirish sabab bo’lishi mumkin. Populyatsiya a`zolarining makonda tarqalishiga qushlardan ham misol keltirsa bo’ladi. Qushlarning xulqi bo’yicha Peru ousha qushlarining inlari bir-birlaridan ma’lum uzoqlikda joylashdiki, ularning uyda o’tirgan balog’atdagi vakillar bir birlarini cho’qib tashlamaydi (Riklefs, 1979).


Populyatsiya vakillarining makonda taqsimlanishini tabiiy sharoitda aniqlash uchun organzimlar tarqalishiga qarab, ma’lum joylar tanlab olinadi. Ular bir-birlaridan vakillarining soni, qalinligi, yosh va jins bo’yicha tuzulishlari bilan farqlanadi. Ko’pincha ularning qalin joyi atrofini siyrak vakillari o’rab turadi. Masalan, beda urug’I onalik (urug’ bergan poya) oldiga tushadi va shu yerda qalin bedapoya hosil bo’lib boradi, agar urug’ nariga borib tushsa, u yerda bedaning yangi tupi yangi o’sib chiqadi.


O’simliklarga qaraganda hayvonlarning harakatchanligi tufayli, ular egallaydigan maydonlar xilma-xil bo’ladi. Hayvonlar makondan foydalanishi bo’yicha o’troq va ko’chib yuruvchi guruhlarga bo’linadi. O’troq yashashda, hayvonlar


chegaralangan tabiiy maydon va u yerdagi zaxiralardan foydalanadi. Bunga, olmaxon, qaldirg’och,chug’ur-chug’urlar, uy kaptarlari, tovuqlar, Pomir tog’ sug’;urlarini misol qilib keltirish mumkin.


Hayvonlarning makonga bo’lgan egalik uchun aktivligi quyidagi ikki holat bilan aniqlanadi, ya’ni:


1) O’zining yashab qolishini ta’minlash uchun (ozuqa tanlash, topish, maydonni kengaytirish, inlar kavlash) yo’nalgan aktivlik;


2) Qo’shni vakillar guruhlari bilan aloqa qilish (o’z joyini saqlash uchun signal berish, tovush chiqarish, saqlash) uchun aktivlik.


Hayvonlarda o’z maydonini “mustahkamlash” turli yo’llar bilan amalga oshiradi, ya’ni: 1) O’z joyining chegaralarini qo’riqlash, begonalarni kiritmaslik, ularni haydab chiqarish; 2) Begonalarni o’z joyiga kiritmaslik uchun maxsus qo’rqinchli o’yinlar, tashlanish; 3) Maxsus signallar (tovush, pishqirish, yernmi tepish) bilan joy band ekanligini (ayiqlar, yovvoyi mushuklar) bildiradi. Hayvonlarning joy bo’yicha xulqiy moslashishlari ko;’payish vaqtlarida ochiq namoyon bo’ladi. Jumladan, dala chumchuqlari o’zlarining polaponlari, chumchuqchalari uchadigan vaqtda gala bo’lib, bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi. O’tqor tur vakilarining populyatsiyalari makonda tuzilish bo’yicha quyidagi 4 ta: 1) sochjilgan (diffuz); 2) mozaikali (koshinkor, aralash-quralash); 3) uzilib-uzilib; 4) davriy (siklik) turlarga birikadi. Ko’chib yuradigan hayvonlar populyatsiyalarining hayoti ma’lum joydagi ozuqa zaxiralariga va ularning turlariga bog’liq emas. Populyatsiya a’zolari makonda yakka-yakka yursa, ularning yirtqichlar ta’sirida nobud bo’lishi xavfi ortadi. Shu sababli hayvonlar bir joydan ikkinchi joyga guruh-guruh, gala, poda bo’lib ko’chadi. Qushlar va baliqlar gala bo’lib harakat qilganda, qushlar-aero, baliqlar esa gidrodinamik sharoitda uchadi va suzadi. Hayvonlar populyatsiyasining makonda tuzilishi fasllar bo’yicha, organizmlarning moslashishi, ozuqa manbalari kabi omillarga bog’liq. Abiotik fartorlarning makondagi eng sodda tuzilishi-bu o’z chegrasini qo’shni vakillardan saqlamaslik bo’lsa, eng murakkab tuzilish-o’z chegarasini saqlab, yot vakillarni kiritmaslikdir, bunda populyatsiya vakilarining turlar ichidagi aloqasi kuchayadi.


Populyatsiyaning etologik tuzilishi.


Populyatsiyaning etologik tuzilishi, uning a’zolari o’rtasidagi qonuniy aloqalar bo’lib, uning asosida hayvonlar xulqlarini o’rganadigan ish yotadi. Hayvonlarni xulqi-bu populyatsiya a]zolarining birining ikkinchisiga bo’lgan munosabatidir. Hayvonlar turlari yakka-yakka va guruh (koloniya, gala, poda) bo’lib yashashga moslashgan.


Qushlar galasi asosan fasllar bo’yicha o’tadigan migratsiya davrida qishlash joylarida paydo bo’ladi. Bo’rilar galasi faqat qishki ov qilish vqtida hozir bo’lib, ular katta tuyoqli hayvonlarga ham hujum qiladi. Shunday galalar chiyabo’rilar, itlar va koyotlar populyatsiyasida ham hosil bo’ladi. Poda-hayvonlar populyatsiyasining uzoq va doimiy birligi bo’lib, ularni ozuqa topish, yirtqichlardan saqlanish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, yosh avlodni tarbiyalsh kabi biologik xususiyatlari birlashtiradi. Poda ichidagi asosiy qonun: populyatsiya a’zolari farqi va dominantlik-boqinish munosabatidan kelib chiqadi. Poda tuzilishi-bu guruh ichida vaqtincha yoki doimiy lidr (boshliq)ning bo’lishi va poda bir butun birlik sifatida liderga boqinishidir. Masalan, shimol bug’ulari podasini tajribali sardorlar boshqarib yuradi. Populyatsiyada kuchsiz vakillar kuchlilar (A>B>V>S) oldida “bosh egish”, ozuqaga hammadan keyin kelishi, yaxshi joydan chiqib ketishi kabi holatlar kuzatiladi. Maymunlar ichida bir-biriga iyerarxiya bo’yicha boqim bo’lish ikki qatorda, ya’ni, bir-qator-otaliklar,ikkinchi qator-onalik vakillari ichida bo’ladi. Hayvonlar podasi dam olish uchun (masalan, arxarlar to’xtagan joylarda), populyatsiya ichida ma’lum saqlanish tashkil qilinadi (15-16-rasm; Baskin, 1970) Maymunlarda esa oldida yetakchi, orqada onalik vakillari, poda o’rtasida eng yosh vakillar o’rab boriladi. Otlarda yetakchi populyatsiyaning butun harakatini boshqaradi, xavfli joylardan olib ketadi, yirtqichlardan saqlaydi, otlar o’rtasidagi “kurash-janjal”ni to’ztatadi, ozuqali, suvli joylarni topadi, yosh toychoqlarni qo’riqlab yuradi. Guruhlar ichidagi kelishmovchiliklarning yetakchi hal qiladi yoki uning qatnashishida janjal hal bo’ladi. Guruhning effekti ham ma’lum darajagacha bo’ladi, populyatsiya vakilarining soni, qalinligining ortishi bilan joy va ozuqa zaxiralarining yetishmasligi tufayli populyatsiyaning soni, qalinligi, tug’ilishi darajasi keskin kamayib ketadi va hk. Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari koloniyalar, galalar va podalar hisoblanib, ularning shakllanishida populyasiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi.


Koloniyalar o`troq hayot kechuruvchi hayvonlarning birgalikdagi yashash shaklidir. Ular uzoq vaqt yoki ko`payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniyani tashkil etuvchi individlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar nihoyatda xilma-xildir. Eng oddiy ko`rinishlardan biri xemotaksis asosidagi to`planish, murakkabroq shakldagisi esa bir-birlari bilan kelishib (xabar berib) biror-bir hayotiy funksiyani bajarishdan iborat. Ekologiyada populyatsiya haqida tushuncha. «Populyatsiya» - bu tur ichidagi organizmlar guruhi bo’lib, u malum chegaralangan erda hayotiy jamoaning rivojlanayotgan qismini egallab turadi.


«Populyatsiya» - lotincha «rorulus» so’zidan olingan bo’lib, xalq, aholi degan manoni beradi. Ekologiyada populyatsiya deb - birgalikda umumiy maydonni egallaydigan hamda o’zaro bir - biriga tasir qiladigan, bitta turga tegishli bo’lgan individlar yig’indisiga aytiladi. Populyatsiyaga xos xususiyatlardan biri - o’zini son jihatdan boshqarishidir. Tug’ilish va nobud bo’lish (o’lim) orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar tasirida o’zgarib turadi. Populyaiiya sonining kamayishiga o’limning ko’payishi na hosildorlikning kamayishi tasir qiladi.
Boshqarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi kuzatilganda bo’ladi. Zichlik meyordan oshib ketsa, ovqat etishmasa populyatsiyada o’z - o’zini boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni boshqarish ro’y beradi. Baliqlarda, kalamushlarda populyatsiya zichligi malum darajaga etganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat etishmasligi natijasida bo’ladi. Gormonal o’zgarishlar bo’ladi, u esa jinsiy hulq - atvorga tasir qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota - onasi tamonidan bolalarining eyilishiga, bosqinchilik holati oshadi. Populyatsiya zichligi oshishi bilan hayvonlarning tuxum qo’yishi kamayadi, o’simtklarda urug’ hosil bo’lishi kamayadi. Joy etishmasligi bilan migratsiya boshlanadi. Bir xil populyatsiyalar tug’ilish orqali boshqarilsa, boshqalari o’lish orqali boshqalariladi. Demak, populyatsiya boshqarish vositasi ham hisoblanadi.
Ayni sharoitda individlarning optimal miqdorda saqlanib turilishi populyatsiya gomeostazi deyiladi. «Gomeo» - o’xshash, «staz» - holat degan manoni anglatadi. Demak, populyatsiya guruhli hayot tarzi yoki birlashma hisoblanadi, individlar orasida o’zaro aloqalar va yashab turgan joylari bilan ham aloqada bo’ladi. Guruhli hayot tarzi populyatsiyalar uchun o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi: populyatsiya soni, zichligi, tug’ilish, o’lish (nobud bo’lish), populyatsiyaning o’sishi, o’sish surati. Shu munosabat bilan populyatsiya o’z qonuniyatlari bilan ekologiyaning asosiy obekti deb qaralishi lozim. Individlarning malum xududda tarqalishi, jins va yosh nisbatlari, morfologik, fiziologik, xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. Populyatsiyaning individlari bir - biridan yoshi, jinsi, hayot tsiklining turli fazalariga, beqaror guruhchalarga (poda, koloniya, oila va h.) mansubligi bilan farq qiladi. Populyatsiya soni - o’simlik va hayvonlarning muayyan joydagi umumiy miqdori. U xech qachon doimiy bo’lmaydi va ko’payish hamda o’lish tezligi nisbatiga bog’liq bo’ladi.
Populyatsiya zichligi deganda, malum maydon birligiga to’g’ri keladigan individlar soni tushuniladi. (hayvon va o’simliklar miqdorini ko’rsatadigan kattalik). Populyatsiyaning miqdori va zichligi bir - biri bilan chambarchas bog’liq, shuning uchun u yoki bu populyatsiya haqida gap borganda uning soni va zichligi barobar etiborga olinadi.
Populyatsiya zichligini o’rganishga tadqiqotchilar turlicha yondashadilar. Zoologlar – pulyatsiyadaga individlar sonini maydon birligida, mikrobiologlar – tuproqdagi yoki gumusdagi massa birligida, suvdagi sodad hayvonlar va suv o’tlari, tuproq mezo va mikrofaunalari suv va tuproqning hajm birligida hisobga oladilar. Ushbu yondashish to’g’ri hisoblanib, hakiqatan ham biogeotsenozga hayvonlar va mikroorganizmlar, individlar soni bilan, o’simliklar esa biomassasi bilan tasir etadi.
Populyatsiya o’lchami – har xil turlarning populyatsiyasi bir - biridan o’lchami bilan farq qiladi.
Masalan: bir gektar o’rmonda qushlardan o’nlab individlar; sichkonsimon kemiruvchilardan o’nlab va yuzlab; hasharotlar va yomg’ir chuvalchanglaridan millionlab uchratish mumkin. Turlar populyatsiyasi zichligining o’zgarib turish sabablaridan biri individlarning katta - kichikdigidir. Individlar qanchalik yirik bo’lsa, populyatsiya chegaralari katta: zichligi esa past bo’ladi.
Populyatsiya zichligi vaqt davomida o’zgarib turadi. Har qanday o’zgarishning quyi va yuqori chegaralari, shuning bilan o’rtacha o’lchamlari bo’ladi. Populyatsiya zichligining yuqori chegarasi individlar sonining ortib ketishi va o’z - o’zini cheklash bilan bog’langan, quyi chegarasi esa populyatsiyaning kelajakda yashay olishi yoki o’limga yuz tutishi, yani minimal o’lchamga tushib qolishi bilan belgilanadi. Har bir populyatsiya malum sharoitda o’rtacha zichlikka ega bo’ladi, bunda barcha hayotiy jarayonlar samarali borib, uning natijasi populyatsiyaning yuqori maxsuldorligi, hayotchanligi va boshqalarda ko’rinadi. Bu qanuniyat ekologiyada Olli qoidasi nomini olgan.
Turlarning populyatsion tuzilmasi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. Populyatsiya tuzilishi barqaror emas. U doimo o’zgarib turadi. Organizmlarning o’sishi, rivojlanishi, yangisining tug’ilishi, har xil sabablarga ko’ra o’lish, atrof - muhit sharoitining o’zgarishi, dushman sonining ko’payishi va kamayishi - bularning hammasi populyatsiya ichida, har xil nisbatlarning o’zgarishiga olib keladi. Populyaiiyaning jinsiy strukturasi tuzilmasi deganda turli yoshdagi guruhlarda erkak va urg’ochi individlarning son jihatidan nisbati tushuniladi. Populyatsiyada jinslar bo’yicha organizmlarning nisbati va ayniqsa ko’payotgan urg’ochi individlarning bir qismi keyinchalik ularni sonining o’sishi uchun katta ahamiyatga egadir. Populyatsiyadagi jinslarning nisbati birinchidan genetik qonuniyatlarga (jinsiy xromosomalarning qo’shilishi) bog’liq bo’lib, populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan: odamlar populyatsiyasining potentsial o’sishi - o’smir va qariyalarga nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri kelar ekan. Ikkinchidan, malum darajada tashqi muhit ham tasir etishi mumkin. Masalan: o’rmon chumolilari harorat 20 °S dan past bo’lganda faqat erkak, yuqori haroratda deyarli urg’ochi chumolilar rivojlanadi. Populyatsiyalarning yosh tuzilmasi – qayta tiklanishning tezligi, nobud bo’lish darajasi va nasllar tallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. Zichlik
O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi. Fitotsenozdagi alohida turlarning har xil holatdagi individlar yig’indisi tsenopopulyatsiya deyiladi. Bularga gulli o’simliklar misolida ko’rsak, tuproq va uning yuzasida hayotchanligini yo’qotmagan urug’, nixol, har xil yoshdagi individlar, yani o’t o’simliklarining
tinim holatidagi ikkilamchi er ostki organlari - ildizpoya, tuganak, piyozbosh kiradi. Turlarning o’zi esa populyatsiyalar tizimidan iboratdir. Jamoada har bir tur tsenopopulyatsiyasi maydon birligiga to’g’ri keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. T.A. Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklar hayotini yoshi bo’yicha quyidagi asosiy davrlarga bo’ladi: Latent davri. Bunda o’simlik spora, urug’ yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o’simliklarda har xil davom etadi. Qulay sharoit vujudga kelishi bilan unib chiqadi. Terakning urug’i hayotchanligini 3 - 4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, bazi bir begona o’t o’simliklar esa urug’ining hayotchanligini bir necha o’n yillab saqlay oladi. Virginil davri. Bu davrda o’simlikning nihollik, yosh o’simliklar va voyaga etgan holatidir. Nixollar yosh o’simliklardan urug’palla barglarining bo’lishi bilan farqlanadi.
Generativ davr. O’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko’payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi. Senil (qarilik) davri. O’simliklarning yoshi kattalashgan sari generativ ko’payish xususiyatini yo’qotadi, shundan boshlab o’simlikning qarish davri kuzatiladi. T.A. Rabotnov bo’yicha invazion, normal va regressiv turlardagi populyatsiyalar ajratiladi. Invazion tipdagi populyatsiya deyilganda, o’simlik jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiyalar
tushunilib, uni nihollar, yosh o’simlik hamda voyaga etgan holda uchratish mumkin. Bunday populyatsiyaning urug’lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o’rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasliga ham mumkin.
Regressiv populyatsiya - generativ ko’payish xususiyatini yo’qotgan populyatsiyadir. U odatda gullamaydi yoki gullasa ham unuvchanligini yo’qotgan bo’ladi. Ana shu holat populyatsiyaning fitotsenozda o’lib, yo’qolib chirib ketayotganligidan dalolat beradi. Normal o’simliklar populyatsiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to’liq o’tkazuvchi o’simliklardir. Ular spora yoki urug’laridan tortib to voyaga etgan o’simliklar ko’rinishida uchraydi. Tsenotik nuqtai nazaridan ular o’simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. O’simlik va hayvon populyatsiyasining yosh tuzilmasiga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Ammo biz populyatsiyaning yosh tuzilmasini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga oid malumotlarni misol qilib keltiramiz. Odamning tug’ilgan kunidan boshlab to qarishigacha bo’lgan davri:
1. Yangi tug’ilgan bola
2. Emizikli davrdagi bola
3. Go’daklik
4. Ilk bolalik
Bolalik
5.O’spirinlik
6. Yoshlik
7. Voyaga etishning birinchi davri
8. Voyaga etishning ikkinchi davri
9. Yoshi qaytgan (keksaygan) davr
10. Qarilik
11. Uzoq umr ko’rish (uzoq yashash)
1 - 10 kungacha.
10 kundan ikki yilgacha
1 - 3 yosh
4 - 7yosh
8 - 12 yosh (o’g’il bolalar)
8 - 11 yosh (qiz bolalar)
13 - 16 yosh (o’g’il bolalar)
1 2 - 1 5 yosh (qiz bolalar)
17 - 21 yosh (o’spirinlar)
16 - 20 yosh (qizlar)
2 2 - 3 5 yosh (erkaklar)
21 - 35 yosh (ayollar)
36 - 60 yosh (erkaklar)
36 - 55 yosh (ayollar)
6 1 - 7 4 yosh (erkaklar)
56 - 74 yosh (ayollar)
75 - 90 yosh (erkaklar, ayollar)
90 yoshdan yuqorisi.


Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi. Bunda ayrim individ va guruhchalarning tarqalish xarakteri ifodalanadi. Odatda tur va ayrim populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, sababi yashash sharoiti, yani ozuqa resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Har qanday populyatsiyadagi individlarning malum darajada bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishi kuzatiladi. Bazi individlar tug’ilgan joyida umrining oxirigacha yashab qolsa, bazi birlari uzoq masofaga ko’chib ketadi. Individlarning uch turda tarqalishi malum: bir tekis, tasodifiy va guruhli.
Yüklə 26,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə