I kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 3,11 Mb.
səhifə10/11
tarix21.02.2022
ölçüsü3,11 Mb.
#83989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
жахонгир

X
ULOSA

Tog’li xududlardagi, zarafshon archasini tabiiy archazorlarini, tabiiy tiklanishi bo’yicha, olib borgan kuzatuvlarimiz va xo’jalikning xisobot materiallari xamda adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib quyidagicha xulosa va takliflarni keltiramiz:



Archazor 509 ming gektar maydonni yoki tog’dagi barcha o’rmonlarning 85 % ini tashkil etadi. O’zbekiston tog’larining 105 ming gektarini o’rmon egallagan bo’lsa, shundan 85,6 ming gektarini yoki 81 %i archazorlardir. Archa daraxtlarining umumiy yog’och zaxirasi, (siyrak joylarni xisobga olmaganda) 5,46 million kub metr. Bu tog’dagi o’rmon zaxirasining 97 %ini, respublikadagi barcha o’rmon zaxirasining esa 67 %ini tashkil etadi.

Archazorlarda daraxt zichligi 0,5-0,7 bo’lsa, tuproq yuvilmaydi. 0,4 qalinlikda bo’lganda, yiliga 55 kub metr, 0,3 qalinlikda bo’lganda yesa 242 kub metr,tuproq eroziyaga uchraydi. Siyrak archazorlarda yesa bir yilda gektariga 1500 kub metrgacha tuproq yuviladi.

Tabiiy sharoitlarda, zarafshon archasi taxminan 30-50 yoshlarda meva bera boshlaydi. Yalpi ravishda meva xosil qilishi, taxminan 100 yoshida kuzatiladi. Ko’pincha baland tog’larda, 800-100 yoshli daraxtlarda, tana chirindisi bilan zararlanganlari, tez uchrab turadi. Ammo meva berishi to’xtamaydi. Lekin bunday daraxtlarda, g’uddalar maydaroq bo’lib, ko’p urug’lari puch bo’ladi.

Zarafshon archasining tabiiy nixolchalarini rivojlanishi, vegetatsiyaning qisqa davrida kechadi. Yozgi davrida 2-3 oydan oshmaydi. Vegetatsiyaning boshlanishi, xaroratning yetishmasligidan nixolchalar nobud bo’ladi.

Boysun o’rmon xo’jaligi xududidagi, archa o’rmonzorlari ko’p asrlar davomida, kuchli antropogen taьsirida bo’lib, asosan yog’och va o’tin tayyorlash uchun xizmat qilgan. Yaylovlarda mol sonining normaga nisbatan, bir necha marta ortib ketishi va xar yili uzoq vaqt yaylovdan foydalanish, archa fitotsenozini vayron bo’lishiga, olib kelgan va yaylov xosildorligini kamaytirib yubordi. Bizni olib borgan ilmiy izlanishimiz shuni ko’rsatdiki, archazorlarda, xozirgi kunga kelib, o’zining qadimiy fitotsenozini saqlab qolgan, o’rmonlari qolgani yo’q. Ularning xammasi xar xil o’zgarishlarga duch kelib, o’z xoliga qaytib kelmaydigan bo’lib qolgan.

Archalarning tabiy ko’payishi, janubiy tik qiyaliklarda kam ekanligi aniqlandi. Bu yerlarda archazorlarning o’zidan, tabiy tiklanishi juda og’ir sharoitta o’tadi. CHunki ularda, tuproq qatlamida chirindi (gumus) miqdori kam va tuproq qoplamida, toshlar juda ko’p bo’ladi.

Archa o’rmonzorlarida o’rnatilgan, xisoblash maydonchalarida olib borilgan, o’lchovlarda zarafshon archasining urug’ ko’chatlar, o’rtacha soni 319 ta bo’ldi, yosh daraxtlarning o’rtacha soni 89 ta bo’ldi. Maydonchalarda katta archa daraxtlarining soni oshib, ularning to’liqligi, yuqorilagan sari, urug’ ko’chatlar va yosh archalar soni ko’paygani aniqlandi.

Maydondagi daraxtlar soni ko’paygan sari, undagi yosh daraxtlar va nixollar soni ortib borgani aniqlandi. Bu xodisa xamma qiyalaklarda xam shunday bo’ladi.

Boysun o’rmon xo’jaligi xudududidagi zarafshon archasining tabiiy tiklanishi qoniqarli darajada deb hisoblanadi.

Zarafshon archasining onalik daraxtlari, atrofida 5-8 dona yosh nixollari va yosh daraxtlar bo’lsa, unda onalik daraxtning, pastki novdalarini kesib, yosh daraxtlarga, quyosh nuri va yorug’likni tushishini taьminlash kerak.

Agarda onalik daraxtlarinig atrofida 12-15 dona yosh daraxtlar bo’lsa, unda onalik daraxtini kesib tashlash kerak.




Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə