Daur tilog‘ochi (Larix dahurica Turcz.). Bu daraxtning balandligi 30 metrgacha, diametri 1 metrgacha bo‘lib, shox-shabbasi keng konussimon shakllangan. Uning areali keng bo‘lib, Rossiya- ning Shimoliy hududlaridagi tog‘li va tekisliklarda tarqalgan. Tog‘li erlarda er bag‘irlab o‘sadigan shakllari mavjud. Ular quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi. Qubbasi mayda, uzunligi 2 sm. Ayrimlarining qubbalari qat-qat bo‘lib, sarg‘ish atirgulga o‘xshaydi. Qubbasi 10-25 ta yaltiroq tangachalardan iborat bo‘lib, tangachaning yuqorisi butun yoki kesik. Yosh qubbalar qizil yoki yashil. Yosh novdalari sarg‘ish-oqish rangda bo‘lib, oqish mum va siyrak tuk bilan qoplangan. Ninabarglari kuzda sarg‘ayib, Sibir tilog‘ochinikiga nisbatan kechroq to‘kiladi.
Daur tilog‘ochi har xil tuproqlarda ham o‘sa oladi. Sovuqqa juda chidamli, -500 sovuqqa chidaydi. Qulay sharoitlarda 300-400 yil yashaydi. Uning yog‘ochi mustahkam va chirishga chidamli bo‘lganligidan shpallar, telegraf stolbalari tayyorlanadi. Sellyuloza- qog‘oz sanoatida ham ishlatiladi. Bu tilog‘och turi gazlar, tutunlarga chidamli. Shuning uchun Rossiyaning shimoliy hududlaridagi shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalani-ladi. O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |