Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari



Yüklə 264,27 Kb.
səhifə7/11
tarix11.12.2023
ölçüsü264,27 Kb.
#144249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Akramov Muxammadqodir Ibrohimjon o‘g‘li tahrir

Pul daromadining
qo‘shimcha o‘sishi
(talab)



=

Ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sishi (taklif)

Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
yoki ,
bu erda:
I – har yillik sof kapital qo‘yilmalar;
∆I – sof kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha o‘sishi;
∆I/I – sof kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati;
1/a – multiplikator, bu erda a –jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik;
 - kapital samaradorligi.
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to‘la bandligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq ishlashini ta’minlovchi sof investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati  x a ga teng bo‘lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investitsiyalarning potensial o‘rtacha samaradorligi 0,3 ga, jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik 0,2 ga teng bo‘lsa, u holda investitsiyalarning o‘sish sur’ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bo‘ladi.
R.Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni ga asoslanadi. U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
,
bu erda:
G – milliy daromadning o‘sish sur’ati (∆Y/Y);
S – kapital sig‘imi (I/∆Y);
S – milliy daromad tarkibidagi jamg‘arishning ulushi (S/Y).
2-formula quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topadi:
,
bu erda:
Gw – haqiqiy jamg‘arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlovchi o‘sishning kafolatlangan sur’ati;
Cr – kapital koeffitsientining talab etilayotgan miqdori.
Neokeynschilarning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan o‘sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo‘lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga keldilar.
Iqtisodiy o‘sishning muhim modellaridan biri bo‘lib tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo‘lgan hamda AQShga o‘tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi.
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali o‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.
«Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. SHunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘griligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) mehnat resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
1) Manbalar o’lchami va tarqalishi iqtisodi unumdorlik o’sishining uchinchi va to’rtinchi manbalari bo’lib birgalikda ishlab chiqarish o’sishining 15 foizini bildiradi.
2) Ta’lim Berish va Tayyorlash. Ben Franklin aytganidek “mutaxassislikka ega odam boylikka ega bo’ladi,” buning ma’nosi ilm va tayyorgarlik ishchi kuchi kapital zaxirasiga hissa qo’shsa bilim va ko’nikmalar ishchining unumdorligini
ta’minlaydi. Inson kapitalaiga investitsiyalar bu nafaqat rasmiy ta’lim bundan tashqari ishdagi o’rganishga ham bog’liq. Jismoniy kapitalga investitsiyalar kabi inson kapitaliga investitsiyalar mehnat unumdorligi va foyda tushunchalari uchun muhim. Hisoblarga ko’ra 15% unumdorlik o’sishi odamlarning ta’limi va ko’nikmalariga qilingan investitsiyalar.
Aholining mehnat sifati ko’rsatgichlaridan biri bu ta’lim, tayyorgarlik darajasidir. 1960 yilda AQSh xalqining faqatgina 41 foiz 25 yosh va undan kata aholisi kamida maktab ta’limiga ega edi; va 8 foizigina kollej yoki kollejdan keyingi ta’limga ega edi. 2004 yilga kelib bu ko’rsatgichlar 58 va 28 foiz ko’rinishiga keldi. Shunisi aniqki oxirgi vaqtlarda AQShda ta’lim olish ko’proq odam uchun imkoniyatli bo’ldi.
3) Kapital Qiymati. Ishlab chiqarishning o’sishiga ikkinchi asosiy hissa bu kapitalning o’sishi va u 30% ga yaqin unumdorlikning o’sishi bilan tushuntiriladi. Ko’proq va yaxshiroq qurilma va uskunalar ishchilarni unumliroq qiladi. Va davlat foydaning bir qismini saqlab qolish bilan ko’proq kapital oladi va uni zavodlar va uskunalarga investitsiya qiladi.
Ba`zi kapital mehnatni o’rnini bosishda ishlatilsada koproq kapital mehnatni to’ldiruvchi hisoblanadi – bu mehnatni unumliroq qiladi. Mehnat unumdorligining asosiy aniqlovchisi har bir ishchi uchun foydalanish imkoniyatidagi capital miqdoridir. Agar kapital maxsulotlar jami zaxirasi va ishchi kuchi miqdori ikkalavi ham berilgan davr mobaynida o’sha ishchining yaxshiroq uskunalar bilan ta’minlanishi va unumdorlikni o’sishi kerak bo’lmaydi. Lekin har bir AQSh ishchisiga kapital asosiy foydalanish imkoniyati bor uskunalar vaqt o’tishi bilan tez o’sdi (2003 yilda bu har bir ishchiga 83 466$ edi).
Davlatning AQSh infratuzilmasiga investitsiyalari (avto’yo’llar va ko’priklar, ijtimoiy tranzit tizimlari, oqava suvlar tizimi, suv ta’minoti imkoniyatlari, aeroport, ta’lim va shu kabilar) ham yillar davomida os’di. Bu ijtimoiy kapital (infratuzilma) shaxsiy kapitalni to’ldiradi. Yangi avto’yo’llarga investitsiya qilish shu yo’llar bo’ylab yangi ishlab chiqarishlar va magazinlar uchun shaxsiy investitsiyalar imkonini yaratadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratilgan sanoat parklari ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarni jalb etadi.
Infratuzilmaga xususiy investitsiyalar ham iqtisodiy o’sishda muhim o’rin tutadi. Bir misol bu yillar davomida aloqa tizimlari bilan bog’liq shaxsiy kapitallarning oshishidir.
4) Texnologik O’sish. Ishlab chiqarish unumdorligining iqtisodiy o’sish uchun muhimligi unumdorlik o’sishiga xossasini qo’shuvchi omillarni kengroq tushuntirilishini talab etadi. Eng katta hissa qo’shuvchi bu texnologik o’sish bo’lib u unumdorlik o’sishining 40% ni tashkil etadi. Iqtisodchi Pol Romerning fikriga ko’ra “insoniyat tarixi bizni iqtisodiy o’sishning asosi bu qancha ko’p ovqat qilish emas uni yaxshiroq retseptlardan foydalangan holda qilishga bog’liqligini o’rgatadi”.
Texnologik rivojlanish o’z ichiga faqat innovatsion ishlab chiqarish texnikalarini emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi yangi boshqaruv usullari va yangi tadbirkorlikni tashkil etish yo’llarini oladi. Umuman olganda, texnologik rivojlanish bu yangi bilimlarning ixtirosi bo’lib unumdorlikni rivojlantiruvchi rivojlangan yo’llar bilan manbalarni qo’shish imkoniyatini beradi. Bir marta ixtiro qilingan va qo’llanilgan yangi bilimlar yaqin orada barcha tadbirkorlar va korxonalar uchun nisbatan pastroq narxlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Texnologik rijojlanish shuning uchun butun iqtisod orqali tarqalib unumdorlik va iqtisodiy o’sishni o’stiradi.
Texnologik rivojlanish va kapital kiritish yaqindan bog’liq chunki texnologik rivojlanish odatda yangi qurilmalar va uskunalarga investitsiyalar uchun imkoniyat yaratadi. Aslida texnologik rivojlanish yangi kapitalda o’z aksini topadi. Masalan, yangi kompyuterlar olinishi sanoatga tezroq va kuchliroq yangi texnologiya kompyuterlarini olib kiradi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda» Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potentsialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1. YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;
2. YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
3. YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
Iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
70 qoidasi deb nomlangan matematikya qinlashivi iqtisodiy o’sishning miqdoriy jihatdan tushunishga yordam beradi. Bundan foydalanib, yillik o’sish foizi berilgan bo’lsa, biror o’lchamni ikki baravar oshishiga olib keladigan yilla sonini 70 soniga bo’lish orqali topish mumkin.
Iqtisodiy o’sish modellari va omillari
Iqtisodiy o’sishning barcha modellari «ishlab chiqarish funktsiyasi» kabi mahsulot chiqarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurslar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy o’sishning ko’pchilik modellarida ishlab chiqarish real hajmining ko’payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat (L) va kapital (K) miqdorining o’zgarishi bilan bog’lanadi
Iqtisodiy o’sish modellari:
Kengaytirilgan Jami Talab Jami Taklif Modeli
Quyidagi rasmda biz jami talab – jami taklif modelidan AQSh iqtisodiy o’sishini ko’rsatish uchun foydalandik. (Model qisqa muddatli va uzoq muddatli jami taklif o’rtasidagi farqni ko’rsatish uchun kengaytirilgan).
Deylik iqtisodning jami talab egri chizig`i, uzoq muddatli jami taklif egri chizig`i va qisqa muddatli jami taklif egri chizig`i boshida AD1, ASLR1 va AS1 ko’rsatilganidek. Narx darajasi muvozanati va real ishlab chiqarish darajasi P1 va Q1 . P1 narx darajasida qisqa muddatli jami taklif AS1 ; u tepaga bukilgan chunki qisqa muddatda narx darajasidagi o’zgarishlar korxonalarni ularning ishlab chiqarishlarini o’zgartirishlariga sabab bo’ladi. Uzoq muddatli istiqbolda lekin narx darajalaridagi o’zgarish iqtisodning real ishlab chiqarishiga ta’sir qilmaydi, uzoq muddatli jami taklifni iqtisodning potensial ishlab chiqarish darajasida Q1 da vertikal qoldiradi. Bu potensial ishlab chiqarish darajasi oldinroq gaplashilgan taklif va samaradorlik omillariga bog’liq.
Endi deylik taklif omillaridagi o’zgarishlar (manba va texnologiyalarning miqdori va sifat) uzoq muddatli jami taklif egri chizig`ini o’ngga ASLR1 dan ASLR2 ga suradi. Iqtisodning potensial ishlab chiqarishi real ishlab chiqarishning Q1 dan Q2 ga kengayishida ko’rsatilgandek o’sadi. Jami talabdagi o’zgarishlarsiz va uzoq muddatli jami taklifda ASLR1 dan ASLR2 ga o’sadi, real YIMni kengaytiradi va narx darjasini pastaytiradi.
AQShdagi o’sishni jami talab – jami taklif modeli orqali ko’rsatadi. Uzoq muddatli jami taklif va qisqa muddatli jami taklif vaqt o’tishi bilan ASLR1 dan ASLR2 ga va AS1 dan AS2 ga kabi o’sdi. Shu vaqtning o’zida jami talab o’ngga AD1 dan AD2 ga surildi. Bu birlashgan surilishlarning real natijasi real ishlab chiqarishdagi Q1 dan Q2 ga o’sish ko’rinishida ko‘rsatilgan iqtisodiy o’sish bo’ldi, shu bilan birga narx darajasida P1 dan P2 ga o’sish xolatida ko’rsatilgan past inflyatsiya bo’ldi1.
2. E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud bo’lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va maµsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog’liq bo’lishini ko’rsatadi. Unga ko’ra investitsiyalarning o’sish sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko’payishining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.
3. R.F.Xarrod modeli - Bu modelga «tabiiy» o’sish sur’ati tushunchasi kiritiladi. Bu faol aµoli soni ko’payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib chiqadigan o’sish sur’ati bo’lib, u mehnat va kapital omillarining to’liі bandligini ta’minlaydi.
4. R.Solou modeli - Ishlab chiqarish omillarining o’zaro o’rnini bosish mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart-sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi, ishlab chiqarish miqiyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi, investitsion lagning mavjud emasligi hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sishning 6 asosiy elementlari mavjud. Biz ularni taklif, talab va samaradorlik omillari sifatida guruhlashimiz mumkin.

Yüklə 264,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya