|
Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya-jadval
Immunomodulyatorlarning asosiy gruppalari
|
səhifə | 37/38 | tarix | 21.06.2023 | ölçüsü | 0,54 Mb. | | #118394 |
| ИммунологияBu səhifədəki naviqasiya:
- Kelib chiqishi Immunomodulyator preparatlar
- Tabiiy birikmalar (mikroorganizmlar va ularning komponentlari) Sintetik yuqori va past molekulyar preparatlar
- Polifosfatlar, polikarboksilatlar, polisul- fatlar, levamizol, inozipleks, diutsefon va boshq.
- Preparatlar Asosiy tasir mexanizmi
- Levamizol T-limfotsitlar va fagotsitlar funksiyasini korreksiyalash xususiyatiga ega
- Miyelopeptid B-limfotsitlarni faollashtirish xususiyatiga ega
- Fagotsitlar, B-limfotsitlar xususiyatini leykopoez, monotsitlarning sitotoksik xususiyatini faollashtiradi
- T-aktivin, timozin, timotropin, timalin, immunmodulin
- Polifosfatlar va polikarboksillar lmmunkompetent hujayralarni poliklonal faollashtiradi
- Stafilokokk qiyalantirilgan oziqli agarga ekiladi.
- Bakteriya suspenziyasi 70-80° С da bir soat davomida suv hammomida qizdiriladi.
- Reaksiya 2 ta bosqichda qoyiladi
33-jadval
Immunomodulyatorlarning asosiy gruppalari
Kelib chiqishi
|
Immunomodulyator preparatlar
|
Endogcn Ekzogen
|
Sitokinlar
Tabiiy birikmalar (mikroorganizmlar va ularning komponentlari) Sintetik yuqori va past molekulyar preparatlar
|
II., IFN, kolonaaktivlashtiruvchi faktor, FNO, eritropoetin va boshq. Bakteriya va virus vaksinalari, LPS, glikanlar, prodigazan, salmazan, pirogenal, ribomunil, imudon va boshq.
Polifosfatlar, polikarboksilatlar, polisul- fatlar, levamizol, inozipleks, diutsefon va boshq.
|
34-jadval
Klinik ahamiyati mavjud bo'lgan immunomodulyatorlar
Preparatlar
|
Asosiy ta'sir mexanizmi
|
Diutsefon
|
IL-2 sekretsiyasini aktivlashtiradi
|
Levamizol
|
T-limfotsitlar va fagotsitlar funksiyasini korreksiyalash xususiyatiga ega
|
Izoprinozin
|
T-limfotsitlarni faollashtirish xususiyatiga ega
|
Miyelopeptid
|
B-limfotsitlarni faollashtirish xususiyatiga ega
|
Dibazol, metiluratsil, pentoksil, pirogenal, prodigiazan, enterobak- teriyalar-LPS, salmazan
|
Fagotsitlar, B-limfotsitlar xususiyatini leykopoez, monotsitlarning sitotoksik xususiyatini faollashtiradi
|
IL-4, IL-5, IL-6
|
B-limfotsitlarning shakllanishini faollashtiradi
|
T-aktivin, timozin, timotropin, timalin, immunmodulin
|
T-limfotsitlar funksiyasini korreksiyalaydi, IL-1, IL-2, IL-3 va limfoid hujayralar sintezi va sitotoksik aktivligini oshiradi
|
Polifosfatlar va polikarboksillar
|
lmmunkompetent hujayralarni poliklonal faollashtiradi
|
IFN induktorlari
|
INF sintezini faollashtiradi
|
INF
|
100 dan ortiq effektlari aniqlangan
|
Stafilokokk aulovaksinasini tayyorlash bosqichlari. O'ldirilgan autovaksina bemor organizmidan bevosita ajratib olingan qo'zg'atuvchi shtammidan tayyorlanadi:
Stafilokokk qiyalantirilgan oziqli agarga ekiladi.
O'stirilgan kulturaning tozaligi (mikroskop ostida surtma tayyorlab) tekshiriladi.
Mikrob hujayrasining birlamchi suspenziyasi natriy xloridning 5 ml izotonik eritmasi bilan yuvib tayyorlanadi.
Bakteriya suspenziyasi 70-80° С da bir soat davomida suv hammomida qizdiriladi.
Qizdirilgan suspenziyani oziqli muhitga ekib, uning sterilligi tekshiriladi.
Optik standart yordamida vaksinalar standartlanadi: 1 ml qizdirilgan mikrob suspenziyasi natriy xloridning ma'lum miqdoridagi steril izotonik eritmasi bilan suyultiriladi, quyqaligi optik standart bilan solishtiriladi - 1 mlrd/lml; bakteriya suspenziyasining qolgan qismiga natriy xloridning izotonik eritmasidan tegishli miqdorda qo'shilib suyultiriladi.
Flokkulatsiya reaksiyasi. Toksin yoki anatoksinning toksinga qarshi zardob bilan o'zaro birlashishi natijasida parcha-parcha flokkulat cho'kmasi hosil bo'ladi (67- rasm). Antigen va antitela ekvivalent nisbatda bo'lgan probirkada flokkulatsiya («initsial») erta sodir bo'ladi va yaqqol ko'rinadi.
Reaksiya 2 ta bosqichda qo'yiladi:
1. Standart qon zardobi yordamida toksinning 1 ml dagi Lf (Limes flocculationis) soni aniqlanadi. Lf toksini, uning miqdori, ya'ni («initsial») flokkulatsiya bera oladigan xalqaro birlik (XB) bilan aniqlanadi. Toksin kuchi aniqlangach, zardob kuchi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|