Informatika fanida modullashtirish tushunchasini keltiring


math ichidagi ayrim funksiyalar



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə6/7
tarix18.03.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#102783
1   2   3   4   5   6   7
INFORMATIKA FANIDA MODULLASHTIRISH TUSHUNCHASINI KELTIRING

math ichidagi ayrim funksiyalar
Funksiya
Funksiya ta'rifi
ceil(x)
x dan katta yoki teng bo'lgan eng kichik butun sonni qaytaradi
fabs(x)
x ning absolyut qiymatini qaytaradi
floor(x)
x dan kichik yoki teng bo'lgan eng yaqin butun sonni qaytaradi
exp(x)
xex^exe
ni qaytaruvchi funksiya
cos(x)
cos⁡(x)\cos(x)cos(x)
ni qaytaruvchi funksiya
sin(x)
sin⁡(x)\sin(x)sin(x)
ni qaytaruvchi funksiya
tan(x)
tan⁡(x)\tan(x)tan(x)
ni qaytaruvchi funksiya
degrees(x)
x burchakning radian qiymatini darajaga konvertasiya qilish
radians(x)
x burchakning daraja qiymatini radianga konvertasiya qilish
e
Matematik konstanta
eee
(2.71828...)
math moduli ichidagi barcha funksiyalar bilan Pythonning rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin.
random MODULI
Random moduli tasodifiy sonlar bilan ishlash uchun qulay funksiyalarga boy. Keing ulardan ayrimlari bilan tanishamiz.
randint(a,b)
Bu funksiya a va b oraligi'da tasodifiy butun son qaytaradi.
import random as r # random modulini r deb chaqirayapmiz
son = r.randint(0,100) # 0 va 100 oralig'ida tasodifiy son
print(son)
choice(x)
x ning ichidan tasodifiy qiymatni qaytaruvchi funksiya. Bunda x bir necha elementdan iborat o'zgaruvchi (matn, ro'yxat) bo'lishi kerak.
ismlar = ['olim','anvar','hasan','husan']
ism = r.choice(ismlar) # ismlar dan tasodifiy ism tanlaymiz
print(ism)
print(r.choice(ism)) # ismdan tasodifiy harf tanlaymiz
Har bir yangi dasturning kodini yozish ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon
hisoblanadi. Shu sababli, tayyor qism dasturlardan foydalanish har bir dasturchi uchun qulaydir. Zamonaviy dasturlash tillarida bu jarayonni yengillashtirish uchun
tayyor dastur kodlarini saqlovchi kutubxonalar mavjud.
Modullar – alohida faylda yozilgan bo‘lib, turli dasturlarda qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan kodlar majmui.
Boshqa dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilining standart kutubxonasi ham
ko‘plab tayyor kod fragmentlari (modullar, standart funksiyalar va b.)dan tarkib topgan.
Python dasturlash tilini yanada takomillashtirish uchun foydalanuvchi tomonidan yozilgan modullarni kutubxonaning alohida qismiga yuklash ham mumkin.
Python dasturlash tilida juda ko‘p modul mavjud bo‘lib, ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.

Modul nomi

Modul tavsifi

math

Modul murakkab matematik ifodalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi

random

Modul tasodifiy sonlarni tanlab oladi yoki ro‘yxat
elementlarini tasodifiy tartibda joylashtiradi

tkinter

Modul foydalanuvchi va dastur o‘rtasida o‘zaro aloqa
o‘rnatish uchun oyna, tugmacha va boshqa grafik
elementlardan foydalanish imkonini beradi

datetime

Modul joriy sana va vaqtni ko‘rsatish hamda sanalarni
hisoblash, sanalar ustida amallar bajarish imkonini beradi

socket

Modul kompyuterlarni internet orqali birbiriga ulash uchun qo‘llaniladi

turtle

Modul ekranda chiziq va figuralarni chizish uchun qo‘llaniladi

locale

Modul sonlarni formatlashda belgilangan tartibni
aniqlash muammosini hal qilish uchun qo‘llaniladi

decimal

Modul o‘nli kasr sonlari bilan ishlash va
ularni yaxlitlash uchun qo‘llaniladi

os

Modul katalog va fayllar bilan ishlash uchun
bir qancha imkoniyatlarni beradi

copy

Modul nusxalash bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan

sys

Python interpretatorida dasturni bajaruvchi muhit hisoblanadi

pygame

ovoz va maxsus o‘yin grafikasi bilan ishlash imkonini
beruvchi, videoo‘yinlar yaratish uchun mo‘ljallangan

Dasturda modullardan foydalanish uchun avval uni dasturga yuklash kerak bo‘ladi. Bu esa uning tarkibida saqlanuvchi kod fragmentiga murojaat qilishni talab qiladi. Modullarni dasturga yuklashning uch xil usuli mavjud.
1-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usulida murojaat etilayotgan kod fragmentidan oldin modulning nomi ko‘rsatilishi lozim. Bunday
dasturlarni o‘qish juda oson, chunki kod qaysi modulga tegishli ekanligini tez aniqlash mumkin.
Sintaksisi:
import modul fayli nomi
import modulni yuklovchi kalit so‘z
>>> import math
Har bir funksiyadan oldin modulning nomi ko‘rsatiladi.
2-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usuli uncha katta bo‘lmagan dasturlar uchun qulay. Katta dasturlarda esa dasturni tushunish qiyin kechadi, ya’ni funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligini aniqlash uchun biroz urinish
kerak bo‘ladi.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import *
from ... import * – modulni yuklovchi kalit so‘z

3-usul. Moduldan faqat funksiyalarning o‘zini yuklab olish ham mumkin. Agar dasturdan faqat bitta funksiya kerak bo‘lsa, u holda funksiyalarning barchasini emas, kerakli funksiyaning o‘zinigina yuklab olgan ma’qul.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import funksiya nomi
>>> from random import *
>>>randint(1,5)
Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligi ko‘rsatilmaydi.
>>> from random import randint
>>>randint(1,5)
Standart kutubxonadan random modulining randint funksiyasi yuklab olindi.
Python dasturlash tili tayyor modullar bilan keladi, modullarning to'liq ro'yxatini quyidagi bo'glama orqali kirib ko'rishingiz mumkin:
Python Module Index — Python 3.9.5 documentation
docs.python.org
Python kutubxonasining math moduli o‘z ichiga matematik, trigonometrik va logarifmik amallarni bajaruvchi funksiyalarni qamrab olgan.

Funksiyalar

Tavsifi

ceil(x)

Eng yaqin katta butun songacha yaxlitlaydi. Ceil(1.5)==2, ceil(–1.5)= = –1

round(x, n)

x sonini nuqtadan keyin n ta belgi qolgunga qadar yaxlitlaydi

floor(x)

Eng yaqin kichik butun songacha yaxlitlaydi.
floor(1.5)==1, floor(–1.5)= = –2

round(x)

x sonini yaxlitlaydi.

log(a, b)

b asosga ko‘ra a logarifmini hisoblaydi

log10(x)

x sonining o‘nli logarifmini hisoblaydi

sqrt(x)

x ning kvadrat ildizini hisoblaydi

pow(x, n)

x ning n-darajasini hisoblaydi

factorial(x)

x faktorialni hisoblaydi

abs(x)

x ning modulini hisoblaydi

cos(x)

x ning kosinusini hisoblaydi

sin(x)

x ning sinusini hisoblaydi

tan(x)

x ning tangensini hisoblaydi

acos(x)

x ning arkkosinusini hisoblaydi

asin(x)

x ning arksinusini hisoblaydi

atan(x)

x ning arktangensini hisoblaydi

degrees(x)

Radiandan gradusga o‘tkazadi

radians(x)

Gradusdan radianga o‘tkazadi

exp(x)

ex ni qaytaruvchi funksiya

fabs(x)

x ning absolyut qiymatini qaytaradi

Bu modulda matematik hisob kitoblarni bajaruvchi funksiyalar va o'zgaruvchilar joylashgan. Keling ularga ba'zi misollarni ko'ramiz.
sqrt() - qavs ichida berilgan qiymatning kvadrat ildizini qaytaradi



5.0

pow(x,y) - x ning y-darajasini qaytaradi



125.0

pi ning qiymatini aniqlaymiz.



3.141592653589793


Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə