Mehnatni boshqarish usullari



Yüklə 118,99 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü118,99 Kb.
#148988
Axmadov Baxriddin

Mehnatni boshqarish usullari

Bajardi: Axmadov Baxriddin

Tekshirdi: Qilichov Bobur

REJA

  • Mehnatni boshqarish xarakteri.
  • Mehnatni boshqarish turlari.
  • F.Teylorning zamondoshi.

1-Reja


O’zining xarakteri bo’yicha mehnat hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo’lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil qilish va tartibni taqazo qiladi.
Kimdir xodimlar oldiga maqsadni qo’yishi, vazifalarni taqsimlashi, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlari ni muvofiqlashtirishi kerak.
Mehnatni boshqarishning xarakteri, uning usullari va vositalari doimiy bo’lib qololmaydilar. Pirovorida ular ishlab chiqarishning o’zining rivojlanganligi darajasi va uning ijtimoiy shakli bilan belgilanadilar.
G’arbiy adabiyotlarda mehnatni boshqarishni rivojlanishi bosqichlarini XX asr menejmenti nazariyachilar F. Teylor, E. Meyo, R. Likert va boshqalarning ishlari bilan bog’laydilar.
Ba’zi bir tadqiqotchilar iqtisodiy o’sishning sanoatlashganga qadar, sanoatlashgan va ilmiy-texnik variantlariga mos keluvchi mehnatni boshqa- rishning hunarmandchilik, texnokratik va innavatsion turlarini ajratishni taklif qiladilar.

2-Reja


Hunarmandchilik turi mehnatni boshqarishning oddiy shaklidan iborat bo’lgan.
Sexli tuzilma doirasini buzgan holda, manufaktura oldinlari mustaqil bo’lgan kasblarni kombinatsiyalashtirgan, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga mehnat taqsimotini kiritgan.
Shuning bilan bir tomondan ishchilarning o’zlarini ierarxik chegaralash, boshqa tomondan esa – oldin mustaqil bo’lgan ishchini yagona jamoaga va intizomga bo’ysindirish zaruriyati paydo bo’lgan.
F.Teylor shunday usullarni ishlab chiqqanki, ularga ko’ra ishning har bir turi, har bir operatsiya uchun xronometraj va ishchining harakatlarini sinchiklab o’rganish yordamida berilgan ishni bajarishning yagona, eng ratsional usuli belgilangan.
Barcha xatolar, befoyda harakatlar bartaraf qilingan, eng mukammallari tanlab olingan.
    • Yuqori unumdor mehnatga nisbatan iqtisodiy majbur qilishdan foydalanilgan:
    • Ishbay ish haqining alohida tizimi (me’yorni bajargan va oshirib bajarganlar uchun oshirilgan tarif stavkalari va baholashlar; bajarmaganlar uchun – stavkalarni 20-30% ga pasaytirilishi, jarimalar);

Vazifalarni bajarilishi va oshirib bajarilishiga ko’proq darajada yordam beruvchi sharoitlarni yaratish:
batavsil yo’l-yo’riq ko’rsatish
mehnatni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish
maxsus qurollar bilan ta’minlash
hisob
nazorat

3-Reja


F.Gilbret xronometrajning kashfiyotchisi hisoblanadi.
Amerika kompaniyalari birining boshqaruvchisi R.Vulf mehnat unumdorligini oshirishning bir qator yangi moddiy rag’batlarini kiritgan va ishchilarni boshqaruv ning ba’zi bir masalalarini hal qilishga jalb qilgan.
Sotsiolog M.Follet korxonadagi nizolar muammosi bilan, rahbarlik uslubi bilan shug’ullangan.
Garvard universiteti professori G.Myunsterberg mehnat unumdorligini psixologik omillarga bog’liqligini ta’kidlagan. U birinchi testning va muxandislik psixologiyasining birinchi tizimli ocherkining muallifi bo’lgan, kasblarni tanlashga ilmiy yondoshishni boshlab bergan. Muxandislar va ishlab chiqarishning boshqa mutaxassislari bilan bir qatorda psixologlar halokatlar va jarohatlarni oldini olish muammosi, hamda atrofdagi jismoniy sharoitlar – yoritish, isitish, shamollatish va h.k.larning mehnat unumdor ligiga ta’sirini tadqiqot qilish bilan shug’ullanganlar. Ularning g’oyalari zamonaviy fanda rivojlana boshlagan, uni Yevropada ergonomika, AQShda esa – sotsial injeneriya deb ataydilar.
Ushbu olimlar asarlarida shakllangan “mehnatni ilmiy tashkil qilish” tamoyillari ko’p yillar davomida mehnatni texnokratik boshqarishning asoschisi bo’lganlar.
Yüklə 118,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə