Iqtisodiy ta'limotlar


Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

1.2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar 
Yuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik 
klassik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. qa-
dimgi Gretsiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma 
jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qi-
lishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik 
munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch 
hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g`oyalar 
Gomerning "Iliada" va "Odisseya" poemalarida aks ettirilgan bo`lib, iqti-
sodiyotning natural xo`jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Ges-
iod (m.a.VIII-VII asrlar) ning "Mehnat va qonunlar" asarida boylikning 
kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug`laydi, bu sohada 
qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida 
mehnat ancha qadrlangan. qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan xa-
vfsiragan shoir go`yoki ilgari hukm surgan "oltin asr", ijtimoiy jabr va 
og`ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo`lmagan davrni ham yoritgan. 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi 
shakllanib bo`lgach, qulchilik keng tus oladi, urug`chilik mulki xususiy 
mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo`rlik tez rivojlanadi. 
Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo`jaligining afzalligini 
ko`rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. 


25 
Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar mu-
him ahamiyat kasb etdi. qurilish, hunarmandchilik, savdo o`sdi. Shu davr-
da fuqarolar va fuqaro bo`lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi 
qo`yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va 
savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo`jaligini 
rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi. 
Qulchilik o`z tabiatiga ko`ra insonga yot, u majburiylikni talab 
etgan, oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda 
iqtisodiy g`oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya 
qilish, natural xo`jalikni yoqlash yo`lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga 
ega bo`la boradi. Bu yo`nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), 
Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-
322 yy.) larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo`ldi. 
"Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va 
"nomos" - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida 
mazmuniga ega bo`lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi 
bo`lgan. 
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, 
qulchilikni tabiiy, obyektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga 
asoslangan natural xo`jalikni ulug`laydi. U ayniqsa qishloq xo`jaligi, 
dehqonchilikni farovonlik manbayi deb bilgan. Dehqonchilik tufayli 
odamlar o`zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ish-
lash sog`liq uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi. 
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar 
jismoniy mehnat bilan shug`ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin 
odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo`lishlari kerak. Xo`jalik 
faoliyati davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari yaratiladi. 
qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo`lib, mehnat taqsimotining 
ahamiyatini tushundi, ko`proq, ortiqcha foyda olish, "xo`jalikni boyitish" 
uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. 
Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati 
orasida uzviy bog`lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala 
vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg`arish funksiyasini ham tan olgan 
(pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi). 
Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat 
qanday bo`lishi kerakligini ochib bermoqchi bo`ldi. Uningcha, bu davrda 
xususiy mulk va erkin xo`jalik tashabbusiga o`rin yo`q. U aholini uch 
toifaga ajratgan: 
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar; 


26 
2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo`lib, 
ular biror mulk egasi bo`lish huquqiga ega emas, iste'mol qilish esa 
ijtimoiy xarakterga ega bo`lishi kerak. 
3. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo`lib, ular 
mulk egasi bo`lishi kerak. 
Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va 
savdogarlarning 
ajralib 
chiqishi 
o`rtasidagi 
aloqadorlik to`g`risidagi fikrini o`sha davr uchun 
buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo, 
Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo`jalikni 
himoya 
qildi, 
pul 
funksiyasini 
muomala 
doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni ja-
miyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb 
bildi; u sudxo`rlik operatsiyalarini inkor etdi va 
baholarni me'yorda saqlash yo`li bilan savdo-
garlarning foydasini chegaralashni talab qildi. 
Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi 
(demak, ular mulk egasi ham bo`lishi mumkin emas). qullar mayda ishlab 
chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining cheklanmagan 
talab-ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirishlari kerak edi. Shunday qilib, Aflo-
tun o`zining ideal, ya'ni bekamu ko`st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni 
abadiy saqlash tarafdori edi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə