Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


AGAR MUNOSABATLAR VA QISHLOQ XO`JALIGIDA ISHLAB CHIQARISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə12/16
tarix28.02.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#101673
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
mavzularrrrrrrrr

AGAR MUNOSABATLAR VA QISHLOQ XO`JALIGIDA ISHLAB CHIQARISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:



  1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni.
  2. Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Rеnta munosabatlari.


  3. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiyislohotlar tizimi


  4. Qishloq xo’jaligida yer, suv, mulk, baho, soliq, moliya va kredit islohotlari va ularning natijalari



Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lеkin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi.

Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik organizm (hayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo’ladigan o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqiladi.


Ushbu bobda dastlab agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, kеyin e’tibor yer rеntasiga qaratiladi. Yer rеntasining vujudga kеlishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi bеriladi.
Agrosanoat intеgratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to’xtalib o’tilib, bob so’ngida agrobiznеs va uning turlari bayon etiladi. Agrar munosabatlar–bu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish va qishloq xo’jaligi vositalarini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan turli-tuman subyektlar o’rtasidagi munosabatlardir.
Agrar munosabatlar – bu qishloq xo’jaligi subyektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning keng doirasidir. Ayniqsa, mehnatda band aholining sezilarli darajada katta qismi qishloq xo’jaligida band bo’lgan mamlakatlar uchun agrar munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot sohalarida band bo’lgan aholining uchdan bir qismi qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilmoqda.
Agrar munosabatlar deganda biz, qishloq xo„jalik ekinlarini ekish, yetishtirish, ishlov berish, yig’ib-terib olish, xom ashyo mahsulotiarini qayta ishlash, qishloq xo„jalik oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, ayirboshlash, daromadni taqsimlash bilan bog’liq agrosanoat majmui jarayonida subyektlar hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslaming ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟rifiy va tashkiliy-texnikaviy jabhalardagi faoliyatni tushunamiz.
Aholini qishloq xo’jalik mahsulotlariga boigan ehtiyojlarini qondirish, qishloq xo’jalik infratuzilmasini rivojlantirish, mulkchilikni shakllantirish, mahsulotni yetishtirish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish bilan ijtimoiy munosabatlami tartibga solishda qishloq xo’jaligiga oid xususiy tamoyillarinstitutlar, qoida-talablar va tuzilmalar bilan birgalikda boshqa asosiy sohalarining ma’lum bir jarayonidagi munosabtlami tartibga solishga qaratilgan qoida-talablari keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jalik sohasi sifatida keng qamrovli, ko’p qatlamli tizimdan iboratdir.
Qishloq xo’jalik yersuvlaridan foydlanish va muhofaza qilish bilan bog’liq munosabatlar ekologiya, yer va suv qonunchiligi;
qishloq xo’jaligida mehnat bilan bog’liq jarayonlar mehnat huquqi;
mulkiy va xo’jalik yuritish jarayoni fuqarolik va xo’jalik qonunchiligi;
agrosanoat majmuini boshqarish esa ma’muriy qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy - huquqiy shakllari respublika mustaqilligining dastlabki yillaridayoq to’g’ri yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik to’g’risida”gi qonunga (1992-y.) ko„ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat:
- yakka tartibdagi mehnat faoliyati;
- ayrim fuqaro tomonidan yo’llanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
- bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi.
Tadbirkorlik faoliyatini tadbirkorlik subyektlari tomonidan (korxona) tuziladi.

Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə