Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar


Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix05.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120360
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
64-variant

Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona mehnatga haq to ’lash shakllari, tizimlari 
va miqdorini, shuningdek boshqa qo’shimcha haq va ustama haqlarni respublika 
qonun hujjatlari asosida mustaqil ravishda belgilaydi. 
Ish haqi xodimlar daromadining asosiy manbasi hisoblanadi va korxona 
ishining pirovard natijalarini hisobga olgan holda ularning ishlab chiqarishga 
qo’shgan mehnat hissasi bilan belgilanadi. 
Ish haqi mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish) 
xarajatlarining kattagina qismini tashkil etadi. Ish haqi ishlab chiqarish (muomala) 
chiqimlarining bir qismi sifatida mahsulot tannarxini shakllantirishga va pirovardida 
- korxona tomonidan foyda olinishiga ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ish vaqtidan 
tashqari mehnatga haq to’lash va bir me'yordagi ish sharoitidan boshqa chetga 
chiqishlar singari ish haqiga doir noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va 
ularga yo’l qo’ymaslikka e'tibor berish muhimdir. 
Korxona buxgalteriyasining muhim vazifasi - ish haqini to’g’ri hisoblash va 
uni o’z vaqtida berishdir. 
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi va u imzolangandan keyin 
korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to’g’risida imzolagan buyrug’i 
chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi. 
Korxona bo’yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, unda 
barcha xodimlarning ro’yxati bo’lib, ular maoshining miqdori ko’rsatiladi. 
Xodimlar bo’limida har bir xodimga shaxsiy varaqa to’ldiriladi, rahbar 
xodimlar va mutaxassislarga shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul 
qilish paytida tabel raqami beriladi. Keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga 
olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo’yiladi.


Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy 
hisobvaraqa ochiladi, unda xodimning ish haqi to’g’risidagi ma'lumotlar oyma-oy 
jamlanib boriladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə