Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix24.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#159325
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson me

 
1.
 
Yorug’likning asosiy tavsiflari va o`lchov birliklari 
 
Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o`ringa ega 
hisoblanadi. Ko`rish inson uchun asosiy ma`lumot manbai hisoblanib, umumiy 
olinadigan ma`lumotning tahminan 90% ko`z orqali olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar 
yetkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma 
qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Yorug’lik ko`zni 
qamashtirmaydigan bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko`zga 
to`g’ridan-to`g’ri tushmasligi kerak. 
Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi 
atrofdagi buyumlarning ranglarini to`g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib 
turuvchi soyalar bo`lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda 
katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga 
tez-tez o`zgartirib turishi natijasida ko`zining akkomodatsiya hususiyati buzilib, 
ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. 
Shuning uchun ham korxonalarni me`yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab 
chiqarishni ta`minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yahshilaydi, ishchilarni 
charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi. 


95 
Me`yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning 
kayfiyati yahshi bo`ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning 
natijasida bahtsiz hodisalar keskin kamayadi. 
Inson ko`zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo`lgan yorug’lik 
nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va 
son ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko`rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik 
kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientilari kiradi. Yuzaga 
tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsienti bilan 
belgilanadi(0,02-0,95 gacha).
 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə