Ishlar va davlat xavfsizlik tizimini isloh etish



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.05.2022
ölçüsü232,96 Kb.
#87825
  1   2   3   4
142733 (1)



11-MAVZU: 2017-2021 YILLAR: QUROLLI KUCHLAR, ICHKI 
ISHLAR VA DAVLAT XAVFSIZLIK TIZIMINI ISLOH ETISH 
Mavzuni o‘rganishdan maqsad: 
Talabalarga Qurolli kuchlar, ichki ishlar 
va davlat xavfsizlik tizimini isloh etish mavzusining ob’ekti, predmeti va
vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davrlarda tadqiqotchilar 
tomonidan mavzuga doir ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning dolzarb
ekanligidan ularni boxabar etish. 
Kalit so‘zlar:
Milliy xavfsizlik,armiya, serjantlar tayyorlash maktabi, 
brigada, terrorizm, kontrabanda, norkamaniya, uyushgan jinoyatchilik, odam 
savdosi. 
Asosiy masalalar (Reja):
1.
Harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy davlatlar bilan 
harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, 
2.
 
Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya qilish va 
qayta jihozlash.
 
3.
 
Aholini favqulodda vaziyatlarda himoya qilish borasidagi qonunchilik 
tizimining takomillashishi
 
 
1. Harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy davlatlar bilan 
harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish. 
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, O'zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va 
hududiy yaxlitligini, fu-qarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinligini himoya 
qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiyani tuzish zarur 
ekanligi dastlab Oliy Kengashning 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan 
«O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi bayonotida 
ko'rsatilgan. Bu bayonot xuddi shu kuni qabul qilingan «O'zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy 
qonunda huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Qonunda suveren respublikaning 
Mudofaa ishlari vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqo-
bil xizmatni tashkil qilish, shuningdek, O'zbekiston hududida joy-lashtirilgan sobiq 
SSSR Qurolli Kuchlarini boshqarish masalalarida harbiy siyosatai amalga oshirish 
huquqi ko'zda tutilgan edi. Ushbu hujjatlar O'zbekiston Respublikasining o'z 
Qurolli Kuchlarini tuzishida huquqiy asos bo'ldi. 
«O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi 
Konstitutsiyaviy 
qonunni 
bajarish 
yuzasidan 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni-ga asosan Mudofaa ishlari vazirligi 
tashkil qilindi. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo'lib o'tgan 
12-chaqiriq 10-sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlari tizimini takomillashtirishda 
muhim voqea bo'ldi. Sessiyada «Mudofaa to'g'risida», «Umumiy harbiy majburiyat 
va harbiy xizmat to'g'risida» va «Muqobil xizmat to'g'risida» muhim qonunlar, shu-
ningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirishtartibi qabul 
qilindi. Mustaqil O'zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqaruvini yanada 


takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga 
binoan Mudofaa ishlari vazirligi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga 
aylantirildi. 
Bizga ma’lumki, O‘zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridanoq Respublika 
suverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni ta'minlash 
tamoyillari o'rtaga tashlangan edi. Dunyoning yetakchi davlatlari tajribasiga 
tayanib bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo'li tutildi. 
Milliy xavfsizlik masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan 
strategiyasi ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24-fevralda bo'lib o'tgan 
birinchi sessiyasida ko‘rib chiqilgan. Unda jahonda yuz bergan yangi siyosiy-
iqtisodiy voqelikdan so'ng, davlatlararo munosabatlar muxolifiikka emas, balki 
xalqaro huquqiy me'yorlarga mos yangi tartibotga asoslangan bo'lishi kerakligi 
to'g'risidagi g'oya ilgari surildi.Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini 
ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurligi 
ko'rsatib berildi. 
Ana shu ko'rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24-
aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida ma'qullangan to'rt bo'lim, yigirma 
sakkiz moddadan iborat bo'lgan «Milliy xavfsizlik to'g'risida»gi Qonun loyihasi 
muhokama qi-lindi. MilUy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni 
ta'minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplari-ni huquqiy 
normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko'rib chiqildi. 
1997 yil avgust oyida Oliy Majlisning IX sessiyasida O'zbekiston 
Respublikasining Milliy xavfsizlik konsep-siyasi qabul qilindi. 
Ma'lumki, XX asrning so'nggi yillari jahon taraqqiyotida buri-lish yasadi.Bu 
mavjud ikki siyosiy tuzum o'rtasidagi raqobatning yo'qolishi, yangicha ijtimoiy-
siyosiy jarayonlarning vujudga keli-shi bilan bevosita bog'liq. Jumladan, sobiq 
Ittifoqning tarqalishi jahon siyosatida shaklan va mazmunan yangi bosqichni 
boshlab berdi. Mafkuraviy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan ikki qarama-qarshi blok 
ta'sirida shakllangan qurollanish poygasi, harbiy zo'ravonlik, milliy xavfsizlik 
tushunchalari butunlay o'zgara bordi. 
Ko'pchilik xalqaro tashkilotlar ham ana shu ikki tuzum siyosa-ti, ularning 
o'zaro raqobati avj olgan davrlarda vujudga kelgan va mazkur ijtta|©iy.siyosat 
jarayonlari qobig'idan chiqib ketolmayotgan edi. Ular oz mavqeini saqlab turishga 
va ta'sirini o'tkazish o'rniga ko'proq, hech bo'lmaganda, ikki qarama-qarshi 
tomonning muvoza-natini muvofiqlashtirib turishgagina qodir edi, xolos. Shuning 
uchun ham mazkur tashkilotlarning faoliyati birmuncha sust, yuzaki tartib-qoidalar 
doirasida qolib ketgan edi. 
O'zbekiston jug'rofiy-siyosiy jihatdan o'ta muhim nuqtada joylashgan. U bir 
qator mamlakatlararo va mintaqalararo aloqalarni eng maqbul shaklda birlashtirib 
turish uchun qulay im-kpniyatga ega. Qadimdan mag'rib-u mashriq, shimol-u 
janub ana shu mamlakat orqali aloqada bo'lgani, o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlarning rivojlanishi va dunyo taraqqiyoti barqarorligi-ni saqlab turish 
uchun muhim omil, tayanch nuqtasi ekanligini ko'rsatib berdi. 
Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarini yaxshilik sari burib turishda, insoniyat ravnaqi va hayotining 


daxlsizligini ta'minlashda, qolaversa butun Yer shari «muvozanati»ni saqlashda 
hozirgi O'zbekiston tutgan siyosiy mavqe jug'rofiy jihatdan katta strategik 
ahamiyatga ega. 
Ayni paytda O'zbekiston dehqonchilik va sanoat ishlab chiqa-rishi, beqiyos 
yerosti va ustki boyliklari mavjud bo'lgan mo'jizaviy makon. Unda jahon 
taraqqiyotiga daxldor bo'lgan fan, madaniyat va boshqa aqliy imkoniyatlar ham 
mavjudki, bu bevosita uning dunyo sahnasiga chiqishiga keng yo'l ochib berdi va 
yangi dunyo uchun hayotbaxsh kuch bo'lib xizmat qildi. 
O'zbekiston rahbarining o'rtaga tashlagan takliflari dunyo siyo-satdonlari 
tomonidan ancha o'rganildi, tahlil etildi va ma'qullandi. Natijada 1995-yil 15-16-
sentabr kunlari Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik 
masalalariga bag'ishlangan seminar-kengashi bo'lib o'tdi. 
O'zbekiston rahbarining BMT, YXHT va boshqa bir necha o'nlab tashkilotlar 
minbarlaridan turib, shuningdek, davlat tashrif-lari chog'idagi uchrashuvlar va 
suhbatlarda mintaqaviy mojarolar, xalqaro terrorizm xavfi xususida bildirgan 
butunlay yangi g'oyalari keyinroq, ya'ni 1997-yili yaxlit strategik konsepsiya - 
«O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot kafolatlari va 
barqarorlik shartlari» nomli asar sifatida dunyoga keldi. Jahon ja-moatchiligi 
e'tirofini qozongan ushbu kitob jahon siyosatida favqu-lodda yangilik sifatida 
qabul qilindi va dunyoning bir necha o'nlab mamlakatlarida tarjima qilinib, nashr 
etildi. 
«So'nggi yillarda voqealar fojiali tus olganligining yana bir sababi shundaki, 
afg'on mojarolariga ma'lum etnik nizolardan tashqari yana diniy tus ham 
berildi.Islomning keskin siyosiyla-shuv jarayoni sodir bo'lmoqda. U o'ta radikal tus 
oldi - hokimi-yat teppasiga chiqishga da'vogarlik qilish va barcha dindoshlar-ni 
madadga chaqirgan holda bunga qurolli yo'l bilan erishishga ochiqdan-ochiq 
urinish yuz bermoqda. Dinimizning insonpar-varlik g'oyalari va asoslariga hech bir 
aloqasi bo'lmagan ana shu jarayon tog'li Badaxshondan tortib to Kaspiygcha 
bo'Igan juda katta hududdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bevosita yoki bilvosita 
salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mintaqadagi davlatlarda afg'on ssenariysini o'z xalqlariga 
zo'rlab qabul qildirishga tayyor tur-gan ekstremistik kayflyatdagi unsurlar topilib 
qoldi.Afg'oniston voqealari esa fojiali oqibatlarga olib kelganligiga hali biz ham 
baho beramiz, kelgusi avlodlarimiz ham baho beradi». To'g'risi bugun sof vijdonli 
tinchliksevar xalqlar afg'on voqealarini, xususan uni o'z hududlariga - kindik qoni 
to'kilgan muborak Vatanlariga majburan, zo'ravonlik bilan «eksport» 
qilayotganlarni keskin qorala-moqdalar. Kelgusi avlodning bahosi esa bugungidan 
ham battarroq, bugungidan ham achchiqroq va, hatto, ayanchliroq bo'ladi. Bunday 
bahoni tarix sahifasidan o'chirib ham, o'zgartirib ham bo'lmaydi. 
O'zbekiston davlatining qudrati, uning yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi 
borasidagi siyosiy yo'li ana shunday qat'iy! Zotan, O'zbekiston Mustaqil Davlatlar 
Hamdo'stligi orasida o'zining barqa-ror rivojlanish yo'liga chiqib olganligi, jahon 
siyosiy maydonida o'z so'zi va o'z fikri bilan alohida mavqega ega bo'layotganligi, 
dunyo voqealariga qat'iyat va nihoyatda aniqlik bilan yondashayotganli-gi bois 
juda katta nufuzga ega bo'lmoqda. Bularning hammasining tagida juda katta 
e'tiqod, tanlab olingan yo'lga sobitlik fazilatlari yotadi.Xalq ishiga, Vatan 


osoyishtaligiga qaratilgan siyosat yuksak e'tiqod darajasiga ko'tarilgan taqdirdagina 
u har qanday tahdidga tahdid sola biladigan, har qanday tajovuzni yenga oladigan, 
uni bar-bod qilishga qodir bo'lgan mo'jizaga aylanadi. 
1999-yilning 18-19-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shah-rida Yevropada 
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi yig'ilishi bo'ldi. Anjumanda 
asosiy muhokama qilingan masala Yevropada Xavfsizlik Xartiyasi bo'ldi.Xartiya 
nafaqat tashkilotga a'zo bo'lgan 54 mamlakatning, balki butun dunyoning kelgusi 
asrdagi xavfsizligini ta'minlash borasidagi muhim hujjatdir.Ushbu anjumanda 
birinchi bo'lib O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovga so'z berildi.O'zbekiston 
rahbari mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ko'targan muammolar, ilgari surgan 
g'oyalar naqadar real ekanligini vaqt yaqqol ko'rsatib berdi. 
O'zbekistonning bugungi siyosiy-jug'rofiy hola-ti ham biror-bir harbiy blokka 
kirish amaliyotiga to'g'ri kelmaydi. Mabodo shunga amal qilinadigan bo'lsa, 
mintaqadagi xavfsizlik mu-vozanatiga putur yetkazib qo'yish mumkin.garchand 
mintaqamiz-dagi ayrim davlatlar o'z sa'y-harakatlari bilan mintaqa xavfsizligiga 
rahna solayotgan bo'lsa-da, O'zbekiston rahbariyati bularga qarshi harakat 
qilmasligini ochiq-oydin ma'lum qilgan. Aksincha, bizning maqsadimiz 
mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni, farovon hayot-ga erishishni ta'minlashdir. 
O'zbekiston - NATO munosabatlariningasl mohiyati ham shu - davlatimizning 
xavfsizligi va tinchligini ta'minlash, qolaversa, mintaqada barqarorlikni qaror 
toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan 
ibo-rat. 
Bugungi kunda dunyodagi 19 mamlakat NATOning to'laqonli a'zosi sanaladi, 
qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik qiladi.Mazkur Shimoliy alyans, 
NATOga a'zo hamda unga she-rik davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish 
O'zbekiston uchun juda muhim. 
Harbiy sohadagi davlatimiz tashqi siyosatining asosiy yo'na-lishlari 1996-yil 
26-dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining 
asosiy tamoyillari» haqidagi Qo-nunda mujassamlangan. 
Bu qonunda «O'zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok 
etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday 
xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o'z ixti-yorida qoldiradi», deb qonuniy 
rasmiylashtirgan. Qonunning ahami-yati va kerakliligi yaqqol ko'rinib turibdi. Bu 
qonun O'zbekistonning tinchliksevar siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida 
integratsiyaga intilishini yana bir bor ko'rsatmoqda. 
Qurolli Kuchlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirishda 1997-yil 29-
avgustda tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi 
konsepsiyasi» haqidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni alohida ahamiyatga 
egadir. 
Bu konsepsiyada diniy ekstremizm, millatlararo va etnik ziddiyatlarning 
kuchayishi, qurollarning, jumladan yadro quroli-ning tarqalishi, xalqaro terrorizm, 
uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, narkotik moddalarning tarqalishi hamda 
ekologik tanazzul ko'rinishidagi mintaqaviy va yalpi tahdid mavjudligi 
ta'kidlanadi. 


Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Konsepsiya davlatning muhim 
vazifalaridan bin - milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O'zbekistonning 
mintaqaviy va yalpi xavfsizlikni ta'minlovchi kollektiv hamkorlik tizimiga kirishini 
taqozo etadi. 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə